Kasb tanlash sirlari Reja
Hunar - texnika bilim yurti o‘quvchilarining o‘quv faoliyati motivlari
Download 36.85 Kb.
|
Kasb tanlash sirlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kollej o‘quvchilarining o‘qish faoliyati motivlari
Hunar - texnika bilim yurti o‘quvchilarining o‘quv faoliyati motivlari.
1. Uz ishining ustasi, yaxshi mutaxassis bo‘lishga intilish. 2. O‘qishga qiziqish. 3. Mehnatga muxabbat. 4. Jamiyatga foyda keltirish uchun intilish. 5. Urtoklari orasida xurmat - e’tiborga erishish xoxishi. 6. Bilim yurtini tamomlaganda keyin durustroq maosh uchun xarakat. 7. Emon mehnat qilishganda jazo olishdan kutilish uchun xarakat. 8. Jamoa oldidagi javobgarlik. Yuqoridagi keltirilgan o‘quv motivlarini aniklashga muljallangan metodika sakkizta motivlardan tuzilgan bulib, hunar - texnika bilim yurti o‘quvchilarining o‘qish motivlarini tadqiq qilishga qaratilgandir. Ushbu metodikani maxalliy sharoitga moslashtirish natijasida motiv va motivatsiyalarning etnopsixologik jabxalari va xususiyatlarini o‘rganish imkoniyatini vujudga keltiradi. Bundan tashqari, motivlar va motivatsiyalarning turli faoliyat doirasida yuzaga kelish omillarini xamda manbalarini aniklashga kulay shart - sharoit yaratadi. Mazkur metodikani bir nechta vazifani bajarish niyatida kullab kurish, uning foydalanilmagan imkoniyatlari buyicha kushimcha ma’lumotlar beradi. Motivlarning xilma-xil bulganligi, motivatsiya doirasining kengligi sababli ularning xar ikkalasi xam hayot va faoliyatning juda ko‘p kirralarida ishtiroq etadi, shuning bilan birga mazkur faoliyatning maxsuldorligi, samaradorligi, barqarorligi, uzluksizligini ta’minlaydi. SHu bilan bir katorda mehnat faoliyatiga oid motivlarning etnopsixologik xususiyatlarini topishga yordam beradi. Bilim yurti o‘quvchilarining o‘quv faoliyati motivlari majmuasi 1 - jadvalda tartibga keltirildi. Mazkur jadvalni taxlil qilish motivlar to‘g‘risida kengroq ma’lumot tuplash imkoniyatini beradi. 1-jadval Kollej o‘quvchilarining o‘qish faoliyati motivlari
Hunar - texnika bilim yurti o‘quvchilarining birinchi va ikkinchi o‘quv yilda o‘qish faoliyati motivlarining xususiyatlari yakkol kuzga tashlanadi. Motivlarning axamiyatlilik darajasiga qarab, ularning uch balli shkala buyicha baholash uz natijalarini ko‘rsatdi. Olingan natijalarining psixologik taxlili ko‘rsatishicha, birinchi kurs talabalari uchun eng muxim motivlar yaxshi mutaxassis bo‘lishiga intilish (2,96), jamoa oldidagi mas’ullik (2,45), bilim yurtini tamomlagandan keyin durustroq maosh olish istagi (2,45), jamiyatga foyda keltirish uchun intilish (2,36), mehnatga muxabbat (2,36). Ikkinchi kurs talabalari uchun Yuksak va axamiyatli motivlar bulib quyidagilar xisoblanadi: uz ishining ustasi, yaxshi mutaxassis bo‘lishga intilish (2,71), jamoa oldidagi mas’ullik (2,51): urtoklari orasida xurmat - e’tiborga erishish xoxishi (2,51), o‘qishga qiziqish (2,48) jamiyatga foyda keltirish uchun intilish (2,32). Demak, xar ikkala kurs o‘quvchilari uchun ustuvor motivlar faoliyatiga yo‘naltirilgan va jamoaviy xususiyatga egadir. Inson uchun ishda eng muxim narsalar nimalardan iborat deb xisoblaysan? degan mehnat faoliyati motivlariga oid muloxazalar 2 - jadvalda mujassamlashtirildi. Download 36.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling