Kasb tanlash sirlari Reja
Download 36.85 Kb.
|
Kasb tanlash sirlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`z va iboralar
Kasb tanlash sirlari Reja: 1. Kasb tanlashga yo‘llash psixologik muammo sifatida. 2. Kasb tanlash bosqichlari va ularning psixologik tavsifi. 3. Kasb tanlash motivlari va ularning psixologik moxiyati. (Kasb tanlash motivirovkasi. Motivlarning adekvatligi, ob’ektivligi). 4. Kasbiy motivatsiyaning etnopsixologik xususiyatlari. Tayanch so`z va iboralar:Psixologiya, kasb, layoqat, motivatsiya, malaka,metod, kuzatish, eksperiment, suhbat,diagnostika, test, biografiya, anketa. O‘qish motivlari muammosini tadqiqot kilgan jaxon psixologlari ularni ikki kategoriyaga yoki guruhga ajratib tekshirishni lozim topadilar. Birinchi kategoriyaga taallukli motivlar o‘quv faoliyatining mazmuni. moxiyati xamda uning jarayonlari, sharoitlari bilan bevosita uygunlashgandir. Ikkinchi kategoriyaga kiruvchi motivlar tizimi o‘quvchilarning atrof - muxit bilan keng ko‘lamdagi uzaro munosabatlariga ularning begona, uzga kishilar bilan muomalaga kirishish extiyojiga, ijtimoiy turmush vokeliligiga nisbatan shaxsiy qarashiga boglikdir. O‘quv faoliyati mazmuni bilan uzviy boglik motivlar tizimini shartli ravishda ikki guruhga ajratib, ularni ijobiy (musbat, pozitiv) va salbiy (manfiy, negativ) deb nomlash mumkin. Bunday atamalarni kullashdan asosiy maqsad maxalliy an’ana, ijtimoiy tajriba (stereotipizatsiya darajasidagi ta’sirchan kuchli tashqi omil) ekstremal xolat ta’sirida keskin ruxiy burilishlar yasashga kodir psixologik mexanizmlarni aniklashdan iboratdir. Odatda salbiy (negativ) motivatsiya shunday vaziyatda vujudga kelishi mumkinki, kachonki o‘quvchi bilimlarni uzlashtirmaslik okibati qanday ko‘ngilsiz xolatlarga olib kelishini anglab etsa (jazolanish, ota - onalar tanbexi, sinfdoshlar e’tirozi, yomon baho olish, jamoa a’zolari orasida obrusizlanish va boshqalar) va ana shunga muvofiq sa’i - xarakatlarni amalga oshirsa. Salbiy motivatsiyaga ega bulgan o‘quvchi kamroq musibatli (mushkul axvol) yo‘lni tanlab ta’lim jarayonida katnashishda davom etadi. Bunday o‘qish motivatsiyasiga alokador o‘quvchilar yuqori ko‘rsatkichlarga, muvaffakiyatli uzlashtirish imkoniyatiga ega bulmaydilar, chunki ishtiyoksiz darsga katnashish tuyg‘usi, bilim va o‘quv predmetiga nisbatan qiziqishning mavjud emasligi bunga ma’noviy tusik bulib xizmat qiladi. Buning natijasida uzlashtirmovchi, bush uzlashtiruvchi, sust o‘quvchilarning safi taboro kengayib boradi, bu narsa kundalik odatga aylana borsa, u stereotip darajasiga usib utishi mumkin. Mustaqil va muvaffakiyatli o‘qish esa shaxsdan faol, katiy, ijodiy izlanishlarni takozo qiladi va shunga uxshash talablarni uzlashtiruvchi oldiga qo‘yadi. SHaxsning mazkur xolatlarga tayyor emasligi, undagi imkoniyatlarning cheklanganligi sababli uzlashtirmovchilar katorini tuldirishga, bir sinfda yoki kursda ikki yil o‘qishga olib keladi, usha kiyinchiliklar bilan uz sinfi, kursini tamomlaydi. Bunday toifadagi o‘quvchilar yoki talabalar o‘quv faoliyati motivatsiyasini qayta kurish evaziga ijobiy natijalarga erishish mumkin. O‘quvchilar va talabalarda o‘qishga nisbatan salbiy motivatsiya birdaniga vujudga kelmaydi, balki uni keltirib chikaruvchi bir necha xususiyatli omillar ta’sir etishi extimol. Ma’lumki, birinchi sinf, kollej, akademik litsey o‘quvchilari, oliy maktab talabalari uta kuchli xoxish, qiziqish Yuksak ezgu niyatlar bilan sinfga va auditoriyaga kiradilar. Ularning barchasida tevarak - avtor va ijtimoiy bulib, yangi vaziyatda muayyan faoliyatni amalga oshirish ishtiegini keltirib chiqaradi. YAngicha vaziyat, o‘ziga xos talab, koidalar, munosabatlar muxitdagi xos birinchi sinf o‘quvchisi, xox kollej tinglovchisi, xox talaba bo‘lishidan katii nazar ularning xar qaysisi o‘qishga qiziqib, mas’uliyat sezib, vijdonan, ijobiy munosabatda bo‘ladi. Ammo ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ayrimlarida o‘qishga nisbatan ijobiy munosabat asta - sekin suna boshlaydi. YAngi muxit, ilm dargoxlaridagi majburiyatlar, pozitsiyalar, qonun - koidalar uz axamiyati, nisbiy yangilik xususiyatini yukota boradi, xis - tuyg‘ularga serob, kuvnoklar davrasiday tasavvur etilgan sinf (auditoriya) gayri tabiiy ko‘rinish kasb etadi. O‘qishga nisbatan sabok oluvchilar munosabatini aniklashga xarakat kilgan o‘qituvchi qanday o‘zgarishlar yuz berayotganligini qayd qilish uchun ayrim mezonlarni ta’kidlay boshlaydi: a) xayolparishonlik vujudga keladi; b) vijdondan endoshish yukoladi; v) boshqalardan kuchirib olishni odat qiladi; g) yolgon suzlash va bahona kidirishga urganadi; d) darslarni koldiradigan bulib koladi; e) mustaqil topshiriklarni bajarmay qo‘yadi va boshqalar. O‘qituvchi yoki o‘qituvchilar jamoasi Yuqorida taxmin qilingan o‘quvchilardagi salbiy o‘zgarishga nisbatan an’anaviy tartib - intizom metodlarini tatbik qiladi: a) kundaliklarga ogoxlantirish yozish; b) ota-onalarga bu to‘g‘risida ma’lumot berish; v) sinf raxbari, maktab raxbariyatiga xabar berish; g) darsdan keyin olib kolib kattik uyaltirish; d) bilim dargoxidan xaydash masalasini quyish va xokazo. Bunday anik vokelik xar qanday maktab, kollej, akademik litsey, oliy ta’lim tizimida yuz berib turadi. Bizningcha, jazo choralarini kurishga shoshilishdan kura, mazkur "Muammoni keltirib chikaruvchi omillar qaysilar?", "Nega shunday xodisa yuz berdi ?" degan savollarga javob kidirish odilona yondoshishdir. "Jumladan, o‘quvchilar va talabalar xulk - atvordagi o‘zgarishlarning qanday motivlari mavjud?", "O‘qishga nisbatan o‘zgaruvchan munosabatni yuzaga keltiruvchi sabablar nimalardan iborat?", "Sinfda (auditoriyada) va undan tashqari u yoki bu xatti - xarakatlarni amalga oshirishga undovchi omil qaysi?" va boshqalar. Yuqorida ta’kidlab utilgan munosabat va xulk - atvor motivlarini chukur va mukammal urganmasdan turib, pedagogik ta’sir utkazish chora va tadbirlarini kullash mumkin emas, chunki motivni turtki sifatida namoen kiluvchi ichki va tashqi ta’sirini aniklamasdan, unga ilmiy yondashib bulmaydi. Xozirgi zamon psixologiya fani bilimlarni egallashga nisbatan ichki extiyojga kata axamiyat beradi va bu bilan shaxs xulk - atvorini birmuncha boshqarish imkoniyati mavjud ekanligini ta’kidlaydi. SHuning bilan birga o‘quvchi (talaba) da barqaror bilishga qiziqishni shakllantirish muammosiga aloxida e’tibor qilinadi. Darhaqikat barqaror bilishga qiziqishlar kuzgatuvchi turtki (kuch) sifatida o‘quv motivlarini vujudga keltiradi, muvaffakiyatli ta’minlashga xizmat qiladi. O‘quvchi yoki talabada bilimlarning muayyan soxasiga, u yoki bu faoliyat turiga qiziqishning tugilishi ko‘p jixatdan shaxsni kay tarika shakllanish imkoniyatini belgilaydi. Ana shu boisdan o‘qituvchi uz o‘quv faniga nisbatan o‘quvchi va talabalarda qiziqishni ustirish tarafdori bo‘lishi shart, chunki xuddi shuning negizida o‘quv materiali va o‘quv dasturini Yuksak darajada uzlashtirish muammosi yotadi. SHuni aloxida ta’kidlash lozimki, bilishga qiziqish motiv doirasida usadi, uzaro ta’sir etadi, ular bilan uzviy boglanib ketadi. Ma’lumki, o‘quvchi (talaba) bilim dargoxida ilm olishdan tashqari tengdoshlari jamoasi ichiga kirib boradi va katnashadi, shu boisdan unda uz urtoklari, o‘qituvchilarga nisbatan muayyan munosabat shakli vujudga keladi. Uning o‘quv faoliyatiga undovchi motivlari bilan bir katorda boshqacha xususiyatli xulk - avtor motivlari xam mavjuddir, jumladan ijtimoiy motiv jamoa bilan bo‘lish istagini anglatib, uning hayotida ishtiroq etish xoxishini uzida aks ettiradi. O‘quvchi va talabalar o‘quv faoliyatining ijtimoiy motivlari ularning boshqa odamlar bilan muomalaga kirishi extieji bilan uzviy boglik bulib, ularni baholash, kuvvatlash, tengdoshlar jamoasida muayyan joy egallash singari talablarda uz aksini topadi. Mazkur motivlar o‘quv faoliyatining moxiyati bilan boglik bulmay, balki unga yondosh yordamchi faktorlarni bildiradi. Ammo ushbu motivlar o‘quvchi va talaba o‘qishiga jiddiy turtki vazifasini bajaradi. Ijtimoiy motivlarni taxlil qilishda davom etsak, ular bevosita jamoa burchi, karindoshlar va yakin kishilar oldiga burch, o‘qishni umuminsoniy madaniyat, kadriyat, ma’naviyatni egallash tasavvuri bilan boglik vosita, ushbu vosita odamlar foydali shaxs tarikasida namoen bo‘lish, uz imkoniyatini ruyobga chikarish, ezgu niyatini ushatishga intilish funksiyasini bajarish mumkin. Turtki, undovchi usul vazifasini bajaruvchi kuzgatuvchi yosh xususiyatlari davriga qarab u yoki bu darajada aks etadi, ammo ular xar doim xam anglashilgan shaklga ega emas, shuning uchun ifodalanish darajasi nursizdir. O’smirlik va o‘spirinlik davrlarida ijtimoiy motivlar anglashinilgan axamiyat kasb etuvchi bosqichga usib utadi. Bunday motivatsiyani xar tomonlama kullab kuvvatlash, ragbatlantirish bilan birga va bir davrning uzida bilishga qiziqishiga alokador boshqa o‘quv faoliyati motivlarini shakllantirish lozim. Ijtimoiy motivlar o‘quvchi va talabalarning tor ma’nodagi shaxsiy intilishlari bilan xam alokador bo‘lishi mumkin, jumladan, ularda o‘qishga nisbatan qiziqish yuk bulsa - da lekin barcha topshiriklarni Yuksak darajada bajaradi, chunki o‘qituvchi ularning "a’lo" baholashi, sinf yoki kurs pyoshkadami qilib tayinlashi, xech qanday shubxa bilan qaramasligi extimol o‘quv jarayoni bunday xususiyatlari odamlarga shaxsiy muvaffakiyat yoki yutukka erishishning, nufuz (obru - e’tibor) ning, yalov - bardorlikning birdan - bir yo‘li deb tasavvur qilinadi. Bunday yo‘lni tanlash vijdonga xilof xatti-xarakatlarga olib boradi, shaxsni shakllanish jarayoniga salbiy ta’sir etadi. SHu boisdan ijtimoiy deb kabul qilingan motivlar jamoa extiejini kamrab oladi, goxo ular shaxsiyatparastlik, tor saviyali shaxs xususiyatini mujassamlashtiradi. Ularning hayotida uz tengdoshlari va dustlari bilan muomalaga kirishish, dustlikka sodiklik, bergan va’dasi (suzi) ni uddasidan chiqish, xamkor bo‘lish extieji muxim urin egallaydi. O‘qituvchi mashgulotlarda o‘quv faoliyatining zarur motivatsiyasini shakllantirsa, ularning mavjud extiejlariga tayanib ish tutsa, o‘quvchida bilishga qiziqish barqarorlashadi. SHuning uchun qiziqish motiv, motivatsiya shaxsning xatti-xarakati ichki regulyasiyasi funksiyasini bajarib, extiejni kondirish, xoxish - istak, ezgu niyat, orzu tilakni amaliyotda ruebga chikarishning bosh omili bulib xisoblanadi. Motiv va motivatsiya fakat bilimlarni uzlashtirish, o‘quv ko‘nikmalari va malakalarini egallash bilan cheklanib kolmasin, balki shaxsning xulk-atvori, ya’ni shaxsga oid xususiyatlarining namoen bo‘lishini xam izoxlashga xizmat qiladi. Download 36.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling