Go'shtli va guruchli karam do'lma. Xom go'sht qiymalagichdan
o'tkazilib, qaynatib pishirilgan guruch, chala qovurilgan piyoz bilan aralashtiriladi,
tuz, yanchilgan murch, to'g'ralgan petrushka qo'shiladi va hammasi aralashtiriladi.
Ayrim hollarda xom guruch ishlatiladi, bu holda do'lmalar kamida 1 soat
dimlanadi.
Ishlatiladigan masalliqlar miqdori (g): yangi karam - 218, mol go'shti -164,
guruch - 13, no'shpiyoz - 33, yog' - 10, vaju - 125. Tayyor mahsulot chiqishi - 427.
Qiyma go'shtdan tayyorlanadigan taomlar
Qiyma go'shtdan qilinadigan mahsulotlar qovurib tayyorlanadi. Ular suzib
berish oldidan tayyorlanadi, chunki saqlab turiladigan bo'lsa, mahsulotlarning
mazasi va quyuq-suyuqligi yomonlashadi. Qiyma go'shtdan tayyorlanadigan
mahsulotlarning ikki tomoni qizil qobiq hosil bo'lguncha qovuriladi, keyin
qovurish javonida maromiga yetkaziladi. Qovurishda kamayish 30 % ni tashkil
etadi. Suzib berishda ustiga go'sht shirasi yoki eritilgan sariyog` quyiladi.
Qiyma bifshteks. Hozirlangan yarim tayyor mahsulot qizdirilgan yog'li
tovaga solinib, ikki tomoni 150-180 °C haroratda qovurish javoniga 5-7 min
qo'yiladi. Qovurishdan oldin bifshteksni unga bulab olish mumkin. Issiqlik bilan
ishlov berish muddati 15 min.
Ishlatiladigan masalliqlar miqdori (g): mol go'shti -109, dudlangan yo`g`
tuzlangan yog'i - 12,5, sut - 6,76, yanchilgan raurch - 0,04, tuz 1,2, eritilgan
hayvon yog'i - 7, garnir - 150. Tayyor mahsulot chiqishi 220.
Bulanmagan (tabiiy) qiyma shnitsel. Qiyma mol, qo'y, go'shtidan
tayyorlanadi. go'shtidan qilinadigan qiymaga yog' qo'shilmaydi. Hozirlangan
46
yarim tayyor mahsulot qizdirilgan yog'li tovaga solinib, qizil qobiq yuzaga
kelguncha qovuriladi va qovurish javonida tayyor holatga keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |