Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash


Download 1.83 Mb.
bet3/3
Sana02.12.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1780718
1   2   3
Bog'liq
kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash1

  • Hujjat tayyorlash va ish yuritishda imlo me’yorlariga va tinish belgilarining to‘g‘ri qo‘yilishiga qat’iy amai qilish lozim. Hujjat matnida vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, qavs, tire nisbatan faol ishlatiladi. Unutmangki, hujjat nomi va matn sarlavhasidan keyin nuqta qo‘yilmaydi.

Matn mazmunining qisqacha bayoni(rezume)

Hozirgi paytda ko‘plab zamonaviy tashkilotlar va ayniqda xalqaro korxonalar ishga topshirayotganshaxslardan rezume yuborishlarini talab qilishadi. Rezume o‘zi nima degani? Rezume fransuzcha“résumé” so‘zidan kelib chiqqan va sodda qilib aytganda qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Rezume ishga topshirayotgan inson to‘g‘risida ma’lumotni taqdim etadi, ya’ni uning ismi, ma’lumot darajasi, ish tajribasi, qiziqishlari va hokazo.Rezume hozirgi kunda ish qidirishda eng muhim hujjat hisoblanadi.O‘zbek tilida bunday hujjat “tarjimayi hol” va “shaxsiy ma’lumotnoma” deb ham atalishi mumkin, lekin rezumening shakli bu hujjatlardan birozfarqlidir. Rezume, asosan, ish izlovchilar tomonidan ishga topshirayotganda yuboriladigan hujjathisoblanadi, lekin u boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, tashkilot direktori yoki loyiha menejerining rezumesi grant taklifi bilan birgalikda donor tashkilotga topshiriladi.

Rezumeda ish izlovchi shaxs to‘g‘risida qisqacha ma’lumot yoziladi. Ish beruvchi eng birinchilardan bo‘lib aynan rezumega e’tibor qaratadi. Ya’ni ishga topshirgan insonni ko‘rmasdan va bilmasdan turib rezume orqali u bilan tanishadi. Shuning uchun, rezume ishga topshiruvchi shaxs to‘g‘risida bexato, aniq va eng asosiysi topshirilayotgan ishga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni qamrab olishi kerak. Yaxshi tuzilgan rezume ishni qo‘lga kiritishning birinchi va eng muhim poyqadami hisoblanadi. Agar rezumengiz orqali ish beruvchini ishontira olmasangiz, keyingi bosqichga o‘tish imkoni bo‘lmaydi! .

Rezumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat: 1. Shaxsiy ma’lumot a. Ism-sharif (talab qilinadi) b. Murojaat manzillari: telefon, email, yashash joyi (talab qilinadi) c. Jins (majburiy emas) d. Millat (majburiy emas) e. Tug‘ilgan sana (majburiy emas) 2. Qisqacha mazmun va yoki professional maqsad (ixtiyoriy) a. Bir yoki ikki gap bilan qisqacha eng muhim jihatlarini sanab o‘tish. Misol: 6 yillik tajribaga ega loyiha tuzish va boshqarish mutaxassisi. Ingliz va rus tillarini mukammal biladi. 2008-yilda Biznesni boshqarish yo‘nalishi bo‘yicha Magistraturani oliy darajada tamomlagan va ilmiy darajaga ega. 3. Ma’lumot a. Ilmiy daraja/diplom, mutaxassislik, o‘qigan yili (yoki daraja berilgan yil), o‘quv yurtining nomi, manzili (shart) b. Topshirilayotgan ishga taalluqli fanlar nomi va soati (shart emas) c. Agar a’lo darajada bitirgan bo‘lsa, shuni ham bildirib o‘tish kerak .

E’tiboringiz uchun rahmat !!!


Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling