Kasbim tarixi (Soha lug’atlari) Reja
Download 307.29 Kb.
|
15-Mavzu. Kasbim tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilib oling.
- Uyga vazifa “Sohaning vujudga kelishi va rivojlanishi”
Soha lug’atlari
Tilshunoslikning lug`at tuzish ishi bilan shug`ullanadigan bo`limi leksikografiya deyiladi. Lug`atlar tilning lug`aviy boyligini to`plovchi kitobdir. Lug`atlar muayyan mavzularda tuzilib, unda so`zlar alfavit tartibida joylashtiriladi. Lug`at tuzish ishi bilan lug`atshunoslar qadimdan shug`ullanib kelishgan. Masalan, XVI asarda usmonli turk tilida «Abushqa» lug`ati yaratilgan. Lug`atlar xarakteriga ko`ra ikki turga bo`linadi: 1) qomusiy (entsiklopedik lug`at) lug`atlar; 2) lingvistik lug`atlar. Qomusiy lug`atlar ilmiy, siyosiy, adabiy va ishlab chiqarishga xos tushunchalar, borliqdagi predmetlar va voqea-hodisalar haqida ma’lumot beradi. «O`zbek milliy entsiklopediyasi», «Uy-ro`zg`or entsiklopediyasi», «Salomatlik entsiklopediyasi», «U kim, bu nima?» kabi lug`atlar qomusiy lug`atlar sirasiga kiradi. So`zlarni tilshunoslik nuqtai nazardan izohlaydigan lug`atlar lingvistik lug`at deb yuritiladi. Lingvistik lug`atlar bir tilli, ikki tilli va ko`p tilli bo`ladi. Bir tilli lingvistik lug`atlarda lug`aviy birliklar bir tilning - o`zbek tilining o`zida izohlanadi. Bunday lug`atlarga «Imlo lug`ati», «Orfoepik lug`at», «O`zbek tilining morfem lug`ati», «O`zbek tilining sinonim so`zlar lug`ati», «O`zbek tilining omonim so`zlar lug`ati», «O`zbek tilining antonim so`zlar lug`ati», «O`zbek tilining frazeologik lug`ati», «Etimologik lug`ati», 1981 yilda yaratilgan «O`zbek tilining izohli lug`ati» (2 jild) kabilar. «O`zbek tilining izohli lug`ati»da so`z va iboralarning o`z va ko`chma ma’nolari haqida to`la ma’lumot beriladi. 3-mashq. Agar tasodifan qo’lingizga quyidagi lug’at kitoblar tushib qolsa, ulardan qaysi birini ko’proq qiziqib mutolaa qilasiz? Nima uchun? Qisqacha sharh yozing. 4-mashq. Ruscha-internatsional so’zlarning o’zbek tilidagi sinonimlarini topib, namunadagidek qilib yozing. Ularning qoraqalpoq tilidagi muqobil variantini ham toping. Namuna: progressiv-ilg’or. Pedagog, baza, konkret, fraza, affiks, fakt, syujet, agitatsiya, funksiya, lingvistika, aktiv, avtor, abstrakt, agent, redaktor Bilib oling. Lug`at fan va texnika, madaniyat, umuman jamiyatning taraqqiy etib borayotganini o`zida aks ettiradi. Lug`atlar muhim madaniy boylikdir, chunki lug`at nutq madaniyati, so`zlarning ma’nolarini aniq tushunish va ularni nutqda to`g`ri qo`llash, savodxonlikka erishishning asosidir. 5-mashq. Quyidаgi аtаmаlаrning lug’at tartibida joylashtiring. Bоltа, yog’оch, ignа, elаk, o’lchаgich, giyoh, miх, rubоb, pichоq, gаnj, kоptоk, gаzlаmа, dоirа, jurnаl, qоshiq, kеtmоn, hisоblаgich, tаndir, qоg’оz, tеshа, jun, mo’yqаlаm, dаstgоh, bеlkurаk, tоkqаychi, dоri-dаrmоn qutisi, chеlаk, chаrm qo’lqоp, еlim, lоy, fоtоаppаrаt, аvtоmаshinа, trаktоr, хushtаk, tаrоq, tsirkul, bоlg’а, оshtахtа. Uyga vazifa “Sohaning vujudga kelishi va rivojlanishi” mavzusida matn tuzish va unda sohaga oid terminlarni qo’llash Download 307.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling