Kasbim tarixi (Soha lug’atlari) Reja


Download 307.29 Kb.
bet4/4
Sana28.09.2023
Hajmi307.29 Kb.
#1689572
1   2   3   4
Bog'liq
15-Mavzu. Kasbim tarixi

Referat matni



Referat (lotincha «refere» - ma'ruza qilaman, ma'lum qilaman kabi so‘zlardan olingan bo‘lib)- muayyan bir yoki mushtarak mavzu yuzasidan bir-biri bilan bog‘langan bir nechta ishlar mazmunini tanqidiy qayta bayon etishdir. Referatning kirish qismi, asosiy mazmuni va xulosasi farq qilinadi. Hajmi 15-20 sahifadan iborat bo‘ladi.
O‘qituvchi seminarda, avvalo, ma'lum fan sohasida mustaqil ishlashning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib beradi, turli xil nazariy kitoblar ustida ishlashning metodik yo‘l-yo‘riqlarini tushuntiradi yoki masalani qay tarzda ishlab chiqish tadbirini o‘rgatadi. Agarda ilk seminarda ko‘incha oddiy bayon va asar mazmunini qayta hikoya qilib berishdan iborat referatlar tinglangan bo‘lsa, yuqori kurslarda o‘tkaziladigan seminar mashg‘ulotlarida talabalar o‘rganilgan masalaga baho ham berishlari zarur. Ularning chiqishlari munozaraga aylanishi va yozib kelgan ishlari referat emas, balki taqriz bo‘lishi kerak.
Maxsus seminarga esa, ko‘pincha ma'ruza tayyorlanadi. Odatda, har bir seminardan avval mashg‘ulot rejasi va adabiyotlar ro‘yxati beriladi. Ana shu ish rejasi va adabiyotlar ro‘yxati bo‘yicha talaba og‘zaki axborotga hozirlik ko‘rishi, shuningdek, referat yoki mufassal taqriz yozishi lozim. Sizning birinchi referatingiz mavzu yuzasidan berilgan masalaning mazmunini tanqid va tahlil qilmay turib, oqizmay-tomizmay qayta bayon qilib berishdan iborat bo‘ladi. Bundan keyingi referatlaringiz esa tanqidiy xarakterda bo‘lishi kerak. Referat seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazuvchi o‘qituvchi rahbarligida yoziladi. Siz rahbarga doimo maslahat olish uchun murojaat qilishingiz mumkin.

 2-mashq. Quyidagi fanlarning har biriga referat uchun mavzu yozing.


Namuna:

  1. Matematika – “ Ko’paytirish jadvalining iqtisoddagi o’rni”, ...................

  2. Kimyo- “Azonli suv tarkibi va ta’siri”, ........................

  3. Biologiya- “Baliqning biologik xususiyatlari”, ...................

  4. Tarix- “Temur tuzuklari” - adolat asari”

  5. Adabiyot- “Qoraqalpoqnoma” da tarixga nazar”, .................

va hokazo fanlar

Bilib oling. Referat yozish asosan uch turli bo‘lishi mumkin.


Ilmiy ishni tanqidiy tahlil qilib, taqriz yozish;
Mavzu yuzasidan biror tadqiqotni tahlil qilish;
Biror muhokamaga tashlangan mavzuni tahlil qilib referat yozish;
Ilmiy tadqiqot yoki konkret ish bo‘yicha referat yozilganda:
ishning muhimligi-dolzarbliligi ta'kidlanadi;
ish muallifining nazariy qarashlariga baho beriladi;
muallif qarashlariga fanda bor dalillar, fikrlardan kelib chiqib, tanqidiy yondoshiladi;
agar ishda aniq tadqiqot materiallari bayon etilgan bo‘lsa, uning asosiy natijalari, uning mantiqqa to‘g‘ri kelishi, ishonchliligi tahlil qilinadi;
o‘rganilgan ishning qiymati, uning amaliyot uchun ahamiyati bo‘lsa ta'kidlanib, kamchiliklari, shu kamchilikka ko‘ra shaxsiy fikrlar, kelajakda qanday yo‘nalishda ishlar qilinishi ma'qulligi bayon etiladi.
Referat ustida ishlashning ba'zi qoidalari: talaba referat ustida ishlashining tartibi taxminan quyidagicha:
1.Mavzu tanlash;
2.Bibiliografiya tuzish, kutubxonada adabiyot borligini aniqlash;
3.Sinchiklab o‘rganish uchun tanlangan adabiyotdan ko‘chirmalar olish;
4.Adabiyotni o‘qish davomida xomaki reja tuzish;
Murakkab reja tuzish, sarlavha va sarlavhachalarni ravshan, ochiq-oydin va qisqacha ifodalash. Shu rejaga muvofiq, zarur bo‘lsa, talabalar guruhida psixologik kuzatishlar o‘tkazish; Adabiyotdan olingan ko‘chirmalardan foydalanib, matnni rejaga muvofiq bayon qilish; Boshqa muallifning maqolasida yoki kitobida keltirilgan sitatalari bilan kifoyalanmay, sitalalarni birinchi manbalarga qarab ‘uxta tekshirish. O‘z fikrlari bilan sitatalarning nisbatini solishtirib ko‘rish. Referatda sitatalarni ko‘‘ayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik; Shaxsiy kuzatishlar va eks’rimentlar materialini tahlil qilish, natijalarni referatga qo‘shish; Xomaki yozuvni oqqa ko‘chirish, ayni vaqtda matnning abzaslarga bo‘linishiga rioya qilish (referatlarda uchraydigan xato shuki, bir necha sahifada bitta ham abzas qo‘yilmaydi). Ortiqcha jumlalardan qochish, grammatik va stilistik xatolarga yo‘l qo‘ymaslik. Bayon qilish nutqini tekshirib chiqish; Yakun va xulosalar yozish;
Referatni tamomila ko‘chirib yozish, sahifalarga raqam qo‘yish, matnni broshyura qilib tikish, muqovasini bezash.
Referatni rasmiylashtirishga e'tibor bilan qarash kerak. Yaxshi qog‘oz tanlab, bir tomoniga yozish, uning chekkasidan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm, yuqoridan 2 sm, pastdan 2,5 sm bo‘sh joy qoldirish kerak.
Referatning boshida ish rejasi - mundarija beriladi. Unda sarlavha va sarlavhachalar bir-birlariga bo‘ysunganligi ajratiladi, sahifalar ko‘rsatiladi.
Referat yozish uchun talaba tuzgan ish rejasini o‘qituvchiga ko‘rsatishi shart.

 3-mashq. Quyidagi mavzularga referat yozish uchun reja tuzing.





  1. “Kasb mahorati” -

  2. “Kasb egallash sirlari” -

  3. “Ota kasbni ardoqlab...”


Uyga vazifa


Soha rivojiga salmoqli hissa qo’shgan mutaxassislar haqida referat yozish
Download 307.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling