Kasbimning mamlakat iqtisodiyoti uchun qadri. Rossiyaga iqtisodchilar va menejerlar kerakmi? Mehnat bozorida kasblarga talab. Tayyormisiz


VATAN VA VATANPARVARLIK HAQIDA MAQOLLAR


Download 131.54 Kb.
bet14/15
Sana29.01.2023
Hajmi131.54 Kb.
#1139768
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
TURON ZARMED UNIVERSITETI

VATAN VA VATANPARVARLIK HAQIDA MAQOLLAR


Aylanasi ovuli, 
To'garagi to'rkuni.

Ayrilmagin elingdan, 


Quvvat ketar belingdan.

Badqavm bo'lsang bo'l, 


Beqavm bo'lma. 

Baliq suv bilan tirik, 


Odam — el bilan.

Begona tuproq — devona tuproq.

Betkay ketar, bel qolar
Beklar ketar, el qolar.

Birovning yurtida bek bo'lguncha, 


O'zingning yurtingda it bo'l.

Bulbul chamanni sevar, 


Odam — Vatanni.

Bulbulga bog' yaxshi, 


Kaklikka — tog'.

Vatan gadosi — kafan gadosi.

Vatan uchun o'lmoq ham sharaf.

Vatan qadrini bilmagan o'z qadrini bilmas.

Vatanga kelgan — imonga kelar.

Vatanga falokat — o'zingga halokat.

Vatangado bo'lguncha, 
Kafangado bo'l.

Vatandan yiroqlashgan — nomusdan o'lar.

Vatani borning baxti bor,
Mehnati borning — taxti.

Vataning tinch — sen tinch. 

Vatanni sotgan er bo'lmas.

Vatanning vayronasi — Umrning g'amxonasi.

Vatanning vayronasi — Umrning hayronasi.

Vatansiz inson — kuysiz bulbul.

Dindan chiqsang ham, eldan chiqma.

Dushmanga nafrati bo'lmaganning Vatanga muhabbati bo'lmas.

Yordan ayrilsang ham, eldan ayrilma.

Yoridan ayrilgan yetti yil yig'lar, Yurtidan ayrilgan o'lguncha yig'lar.

Yoringni gul orasidan izla, Erkingni — el orasidan.

Yigit g'ami elida, Elning g'ami dilida.

Kiymoqqa katan yaxshi, Turmoqqa vatan yaxshi.

Kishi yerida sulton bo'lguncha, 


O'z elingda cho'pon bo'l.

Kishi yurtida sulton bo'lguncha, 


O'z yurtingda ulton bo'l.

Kishi yurtida shoh bo'lguncha, 


O'z yurtingda gado bo'l.

Ko'lning otini balig'i chiqarar.

Ko'rpang qayerda bo'lsa, Ko'ngling shu yerda.

YIL FASLLARI VA TABIAT HODISALARI HAQIDA MAQOLLAR


Aziz bo'lmay, maziz bo'lmas.

Aziz momo olti kun


Qahri kelsa — yetti kun.

Aziz momo olti kun


Qaltirasa — qatti kun, 
Sakransa — sakkiz kun, 
To'qransa — to'qqiz kun, 
O'qransa — o'n kun. 

Aziz aqchasiz ketmas


Qizlar — bo'g'chasiz.

Asad yo rasad, yo narasad. 

Asad kirsa, suv oqarar. 

Asad — rasamat. 

Asad suvi — asal suvi. 

Asad, ekinlarni yasat. 

Asad, g'o'zangni yasat.

Asadda oralab ye, 


Sunbulada — saralab.

Ayamajuz olti kun,


Olti oy qishdan qattiq kun.

Aqrab kelar hayqirib, 


Bola-chaqasini chaqirib.

Aqrab keldi aqirib, 


Sovuqlarni chaqirib.

Aqrabda jo'xorini sovuq urmasa


Oxiratda ham urmas.

Ahman-dahman olti kun, 


Qahriga olsa qatti kun.

Ahman muzi dahmonday bo'lsa ham, qo'rqma, 


Kuzning muzi ko'zguday bo'lsa ham, qo'rq.

Bars yili — boylik, 


Quyon yili — qahatchilik.

Dalv kirdi — davr kirdi.

Dalv kirdi, ekinlarga davr kirdi.

Daroyi ola bo'ldi, 


Daryo bir balo bo'ldi.

Yoz — yozil, qish — qisil.

Yoz yomg'iri yondan o'tar, 
Qish yomg'iri — jondan.

Yoz yomg'iri — ilon bilan chayon.

Yoz kuyungan, qish suyunar.

Yoz mevasi — qish xazinasi.

Yoz qoqisi — qishga dori.

Yoz harakati — soz harakat.

Yozgi harakat — kuzgi barakat.

Yozda boshi pishmaganning


Qishda oshi pishmas.

Yozda jarohat ko'rsang, 


Qishda rohat ko'rasan.

Yozning gilami — keng.



Bizning davrimizga kelib kitoblar ancha qadrsizlanib qoldi, chunki, kitob o'rnini bosuvchi alternativ vositalar ko'payib ketdi. Chang bosgan kitob sahifalaridan ko'ra film yoki kompyuter o'yinlari qiziqroq. Insoniyat fikrlamaslik va miyani o'chirib qo'yish uchun hamma narsani soddalashtirishga ko'nikib qoldi. Bunday sharoitda nima sizni o'tirib kitob varaqlashga undashi mumkin? Bugun aynan shu haqida yozaman.
Kitoblarda siz his qilgan og'riq yoki shubhalarni boshidan kechirgan insonlarning fiklari mavjud. Sizni qiynayotgan savollarga xuddi siz kabi javob qidiruvchi inson tomonidan topilgan javoblar mavjud.
Kitoblardan har kim o'zi uchun hayot ma'nosini yoki o'z sohasi uchun kerakli bo'lgan ko'nikmalarni topadi. Kitob o'qishning ahamiyati:

Download 131.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling