Bu barchaga zarur bo'lgan xususiyatdir. Aynan muloqot orqali maqsadlarimizga erishamiz. Chiroyli va to'gri nutq albatta kimga atalgan bo'lsa uning e'tiborini qozonadi!
Hammaning hayotida chalg'ishimiz kerak bo'lgan noqulay vaziyatlar bo'ladi. E'tiborni chalg'itishning har xil usullari bor. Afsuski, bunday vaziyatlarda ko'pchilik alkogol yoki narkotiklarni ma’qul ko'radi. Bunday yechim sizni faqatgina yangi muammolarga olib keladi xolos! Shuning uchun muammolarning javonbini kitoblardan qidiring.
3. Bir vaqtda bir nechta hayotda yashash!
Boshqalar hayotini tashqaridan kuzatish o'zingizning yutuq va kamchiliklaringizni ko'rishga yordam beradi. Asar va hikoyalarning sahifalarida o'zimizga o'xshagan qahramonlarni juda ko'p uchratamiz. Har bir qahramon sizga qaysidir jihatlari bilan o'xshab ketadi.
4. O'qish tasavvurlar dunyosini cheklab qo'ymaydi
Shuning uchun ham kitobini birinchi o'qigan asaringiz ekranlashtirilsa siz umuman boshqacha taassurot olasiz. Chunki film sizning emas balki film rejissorining tasavvuri orqali suratga olingan. Ko'p kitob o'qigan sari insonning xarakteri va shaxsiyati rivojlanib boraveradi.
Xulosa qanday?
Yaxshi ijodiy asarlardan o'qing. O'zingiz rivojlaning va boshqalarga ham shu xususiyatni rivojlantirishga yordam bering!
Do'stlaringiz bilan baham: |