Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari


Axborotli ob‘ektlarga nimalar kiradi?


Download 166.21 Kb.
bet6/6
Sana17.06.2023
Hajmi166.21 Kb.
#1550702
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Mavzu

Axborotli ob‘ektlarga nimalar kiradi?

Aksincha-nimalar kirmaydi?









1-Mavzu: “Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari”
fani predmet va vazifalari.
Reja:

  1. Axborot jarayonlari

  2. Axborotni tasvirlash, saqlash, ishlov berish va uzatish.

  3. Axborotning sifat ko’rsatkichlari

  4. Axborotli ob‘ektlar.

5.Jamiyatda axboriy jarayonlar.
Biz uchinchi ming yillikka qadam qo’ydik. XXI asrni o’z navbatida axborot asri desak, adashmaymiz. Bunda axborotsiz ishlab chiqarish rivojlanishini tasavvur etib bo’lmaydi. Hozirda ommabop texnik vositalardan unumli foydalanish fan, ishlab chiqarish, iqtisodiyot va hokazo barcha sohalarda juda muhimdir.
Bilim axborotlar majmuining idrok qilinishidir. Axborot esa ma’lumot berish, tushuntirish, izohdir. Biz atrofga qarasak, ko’rish sezgisi, biror narsa eshitsak, eshitish sezgisi orqali axborot olamiz. Biror narsa so’zlasak yoki ko’rsatsak, axborot beramiz. Demak, qiladigan ishimiz, vazifamiz, asosan, axborot olish, yig’ish, qayta ishlash va uzatishdan iborat ekan. Uni eng zamonaviy texnika vositasi bo’lgan kompyuterlar orqali bajarsak, tez va soz amalga oshiramiz.
Kompyuter bu insoniyatning eng ajoyib kashfiyotlaridan biridir. Bu buyuk kashfiyot insoniyatning taraqqiyoti yo’lida keskin burilish yasadi.
Hozirgi kunda kompyuter hayotimizning barcha sohalariga jadallik bilan kirib bormoqda. Bugun kompyuterda hisoblash, yozish, o’qish, o’rganish, gapirish, saqlash, chizish, qayta ishlash, saralash, musiqa yozish, axborotni olish va biror manzilga yuborish, tahrirlash, maketlar tayyorlash, audio va video yaratish, o’ynash, eng asosiysi, har qanday muammoni dasturlash mumkin. Uning imkoniyatlari kundan-kunga ko’paymoqda, shuning uchun u ishda, o’qishda, uyda va hatto dam olishda insonning eng ishonchli do’stiga aylandi.
Hozirgi kunda har bir inson o’z faoliyati jarayonida kompyuter bilan muloqot qilishni o’zlashtirgan, mazmunli mehnatining ma'lum bir qismini kompyuter asosiga ko’chirgan bo’lmog’i lozim.
O’n besh yilning ichida kompyuter hisoblash markazlardagi noyob ta’minotidan millionlab kishilarning kundalik ish uskunasiga aylandi. Butun jahon kompyuter va komyuter tarmoqlarining ommabop ishlatilishiga kelib kelmoqda. Hozirgi vaqtda kompyuterlar va Internet jamiyat infrastrukturasida bog’lanish yo’llari va elektro tarmoqlar qatori muhim ahamiyatga ega. Bugun kommunikasiyalar va Internet ishlab chiqarish, savdo-sotish, transport, ta’lim va fanning har bir sohalarida unumli ishlash
Informatika - axborot texnologiyalari vositalari yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish, uzatish usullarini, ya'ni axboriy jarayonlarni va axborot texnologiyalari vositalarining faoliyat ko’rsatish tamoyillarini, ularni boshqarish usullarini sistemali ravishda o’rganuvchi fandir.
Informatika atamasi lotincha informatic so’zidan kelib chiqqan bo’lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma'nosini anglatadi. Ingliz tilida bu atamaga Computer science (kompyuter texnikasi haqidagi fan) sinonimi mos keladi.
Informatika kompyuter texnikasining rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi, usiz mavjud bo’la olmaydi va o’z navbatida uning rivojiga, yangilanishiga o’z hissasini qo’shadi.
Hozirgi davrni informatikasiz tasavvur etib bo’lmaydi. Axborotga ishlov berish texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning hamma sohalarini qamrab olgan. Informatikaning asosiy resursi - axborotdir.
Axborot lotincha informatio so’zidan olingan bo’lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi ma'lumot ma'nosini anglatadi.
Inson sezish a'zolari, texnikada turli asboblar va xokazolar yordamida qayd etiladigan tashqi dunyo dalillari ma'lumotlar deb ataladi. Ma'lumotlar aniq vazifalarni hal etishda zarur va foydali deb topilsa- axborotga aylanadi. Demak ma'lumotlarga u yoki bu sabablarga ko’ra foydalanilayotgan yoki texnik vositalarda qayta ishlanilayotgan, saqlanayotgan, uzatilayotgan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma'lumotlardan biror narsa to’g'risidagi mavxumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug'ilsa, ma'lumotlar axborotga aylanadi. Demak amaliyotda foydali deb topilgan, ya'ni foydalanuvchining bilimlarini oshirgan ma'lumotlarnigina axborot deb atasa bo’ladi.
Inson o’z hayotida tug'ilgan kunidan boshlab doimo ma'lumotlar bilan ish ko’radi. Ularni o’zining sezgi a'zolari orqali qabul qiladi.
Ma’lumot turlari biologis, sotsional va elementlar bo`lishi mumkin. Kishilik jamiyatdagi axborotlar – sotsial, o`simliklar va xayvonot dunyosidagi axborotlar – biologik, tabiatdagi boshqa axborotlar – elemementar ma’lumotlar deyiladi.
Ma’lumotning uchta asosiy xossasi mavjud: atributiv, pragmatik va dinamik. Ma’lumotning atributiv xossasi shundayki, uningsiz informatsiya mavjud emas, pragmatik xossasi – ma’lumotni amaliyot uchun qo`llanilish darajasini belgilaydi, dinamik xossasi – uni vaqt bo`yicha o`zgarish jarayonini belgilaydi.
Informatika fanning rivojlanishini ma’lumotlarni jamlab, qayta ishlash imkoniyatiga ega bo`lgan kompyuterlarning dunyoga kelishi bilan bevosita bog`liq. Chunki ma’lumotlarni qayta ishlashning ahamiyatga molik qismi shunday avtomatik qurilmalarga yuklanyaptiki, ular inson ishtirokisiz uzoq muddat davomida ma’lumotlarni bir necha million marta tezroq qayta ishlash imkoniyatiga egadir.
Kundalik turmushimizda biz axborot deganda atrof muxitdan, (tabiatdan yoki jamiyatdan) sezgi a'zolarimiz (ko’z, quloq, burun, og'iz, teri) orqali qabul qilib,- anglab oladigan har qanday ma'lumotni tushunamiz. Tabiatni kuzatib, insonlar bilan muloqatda bo’lib, kitob va gazetalar o’qib, televizion ko’rsatuvlar ko’rib biz axborot olamiz.
Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning mazmundorligi, yetarliligi, aktualligi, o’z vaqtidaligi, aniqligi, ishonarliligi, barqarorligi kabi asosiy iste'mol sifat ko’rsatkichlari bilan bog'liqdir.
Informatika uchun axborotni qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish va uzatishda axborot texnologiyalari vositalaridan qanday foydalanish kerakligi muammosi eng asosiy bo’lgani uchun, axborotlarni tasnifi xam o’ziga xosdir. Jumladan, informatikada analog va raqamli axborotlar ishlatiladi. Inson sezgi a'zolari analog(uzluksiz) axborot bilan ish ko’rishga moslashgan bo’lsa, hisoblash texnikasi esa raqamli(diskret) axborot bilan ishlaydi.
Informatika amaliy fan sohasi sifatida quyidagilar bilan shug`ullanadi:
axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o`rganish (axborotlarni yig`ish, qayta ishlash, tarqatish);
Inson faoliyatining turli soxalarida komunikatsion – axborot modemlarini yaratish;
Aniq bir soxalarda axborot tizimi va texnologiyalarini ishlab chiqish va ularning xayotiy bosqichini, ularni ishlab chiqarish, ishlashni va xakozolarni loyihalash, ishlab chiqish bosqichlari uchun tavsiyalar tayyorlash.
Informatikaning bosh vazifasi axborotni yangilash, uslub va vositalarini ishlab chiqish va axborotni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini tashkil etish, ulardan foydalanish-ning ishlab chiqishdir.
Informatikaning asosiy vazifalari quyidagilarni o`z ichiga oladi:
Istalgan xususiyatdagi axborot jarayonlarini tadqiq etish;
Axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan natijalar negizida axborotni qayta ishlaydigan axborot tizimini ishlab chiqish va yangi texnologiyalarni yaratish;
Jamiyat xayotining barcha soxalarida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan samarali foydalanishning ilmiy va muxandislik muammolarini yaratish, tatbiq etish va ta’minlashni xal etish.
Informatika o`z-o`ziga mavjud bo`lmay, balki boshqa soxalardagi muammolarni xal etish uchun yangi axboriy texnika va texnologiyalarini yaratishga qaratilgan kompleks ilmiy – texnik sohasidir.
Inson o’z xayotida tug’ilgan kunidan (ta'bir joiz bo’lsa, xatto ona qornida dastlabki paydo bo’lgan kunidan) boshlab doimo ma'lumotlar bilan ish ko’radi. Ularni o’zining sеzgi a'zolari orqali qabul qiladi.
K undalik turmushimizda biz axborot dеganda atrof- muxitdan (tabiatdan yoki jamiyatdan), sеzgi a'zolarimiz orqali qabul qilib, anglab oladigan xar qanday ma'lumotni tushunamiz. Tabiatni ko’zata turib, insonlar bilan muloqotda bo’lib, kitob va gazеtalar o’qib, tеlеvizion ko’rsatuvlar ko’rib, biz axborot olamiz. Matеmatik olim axborotni yanada kengroq tushunadi. U axborot qatoriga fikr yuritish orqali qator chiqarish natijasida hosil bo’lgan bilimlarni ham kiritadi. Boshqa soha xodimlari ham axborotni o’zlaricha talkin etadilar. Shunday qilib, turli sohalarda axborot turlicha tushunilar ekan. Lеkin axborotlarning umumiy tomonlari ham borki, u ham bo’lsa bеshta muxim xossaga ega bo’lishligidir. Bo’lar axborotni yaratish, qabul qilish, saqlash, ishlov bеrish va uzatish xossalaridir. 


Savol va topshiriqlar
1. Noosfеra nimaq Uning nеchta tashkil etuvchisi bor?
2. Axborotni o’rganish bilan bog’liq masalalar noosfеraning qaysi bo’limining paydo bo’lishiga olib kеldi?
3. Inson axborotni qaysi a'zolari orqali qabul qiladi?
4. Axborot qanday muxim xossalarga ega?
Download 166.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling