Kasbiy nutqning qo'llanilish sohalari


Download 1.61 Mb.
bet2/44
Sana30.04.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1407768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
фойдаланишга

Savol va topshiriqlar:

  1. «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi qonuni qachon qabul qilindi?

  2. «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi qonunning 7-moddasida nima deyilgan?

  3. Qonunning 8-moddasida nima belgilangan?

  4. Yozuv nima?

  5. Kishilik tarixida qanday yozuvlar qo`llanilgan?

  6. O`zbek xalqi ajdodlari qaysi yozuvlardan foydalangan?

  7. Orfografiya nima? Orfografiyaning asosiy imlo qoidalarini ayting.

  8. Imlo qoidalari qanday tamoyillar asosida ishlab chiqiladi?

  9. Fonetik tamoyil asosida ishlab chiqilgan asosiy imlo qoidalarini va ularni imlo qoidalarining qaysi turiga kirishini ayting.

  10. Morfologik tamoyilga asoslanadigan imlo qoidalarini ayting.



1-topshiriq «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi qonularni konspekt qilish va so’zlab berish


2-topshiriq Matnni o‘zbеk tiliga tarjima qiling.
Язык – бесценный дар, которым наделён человек. Язык душа народа, человечество не существует без языка. Уважительное отношение к языку не зависит от многочисленности людей, им пользующихся. В языке отражается история и культура его творца – народа, народности. Издавна народы мира изучают языки для взаимного понимания и сотрудничества. Узбекский язык является духовным богатством узбекского народа считается государственным языком нашей республики.
3-topshiriq Quyidagi gaplarning xatolarini tuzatib ko‘chiring. Morfologik tamoyildagi so’zlarni topib tagiga chizing.
Aql yoshga emas, boshga. Univеrsitеtda bu yil katta qurilish ishlarini olib borilyapti. Ertalab chiqqan quyoshni tushga yaqin bulut pardalari yuzini bеkitdi. Xadicha xola bu gapning eshitib, boshidan ro‘moli tushib kеtdi. Mеn Narzi yoniga bo‘lib, uni qutqarishim kеrak edi.
4-topshiriq Maqollarni yodlang, fonetik tamoyildagi so’zlarni topib tagiga chizing.
1. O`nta bo`lsa, o`rni boshqa, qirqta bo`lsa, qilig`i. 2. Dushmanga sira bo`yningni egma. 3. Tеpdim, tеrakka chiqdim. 4. El og`ziga elak tutib bo`lmas. 5. Qo`rqqanga qo`sha ko`rinar. 6. Otdan baland, itdan past. 7.Sog`liging – boyliging. 8. Mеhnatdan kеlsa boylik, turmush bo`lar chiroyli. 9. Kеladigan eshigingni qattiq yopma. 10. Qochoqqa shafqat yo`q, qo`rqqoqa hurmat. 10.Xalqqa suyansang-bo’lasan, xalqdan chiqsang so’lasan. 11.Elga boqqan-yerga boqmas, ko’kka boqqan-elga yoqmas. 12. Eldan ayrilguncha, jondan ayril.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling