Kasbiy nutqning qo'llanilish sohalari
Download 1.61 Mb.
|
фойдаланишга
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5 - topshiriq: To‘rtliklarni o‘qing,ularda jamlangan mavzu haqida munozara yuriting.
- (Mahmud Toirov)
- Rasmiy uslub
4- topshiriq. Mutanosiblik testini bajaring:
5 - topshiriq: To‘rtliklarni o‘qing,ularda jamlangan mavzu haqida munozara yuriting. Izzati bor hurmati bor o‘zbek to‘nida, Sharqona hikmat bor o‘zbek to‘nida. Do‘ppi-yu belbog‘in qo‘shib bersalar, Qon qadar qimmati bor o‘zbek to‘nida. (Mahmud Toirov) Ko‘nglim yaxshilikni yo‘qlab tolmadi, Jonni tutdim na do‘st, na yot qolmadi. Unga chang solmagan bir zot qolmadi, Endi metin himoyani ko‘rgim keladi. (Muhammad Yusuf) Huquqiy qonunchilik va ish yuritish munosabatlari doirasida qo`llaniluvchi nutq uslubi rasmiy uslub hisoblanadi. Rasmiy uslub quyidagi turlarga bo`linadi: 1. Sof qonunchilik uslubi (qonun, farmon, fuqarolik va jinoiy aktlar, nizomlar uslubi). 2. Idoraviy –devonxona uslubi (buyruq, ariza, talabnoma, bildirgi, tavsifnoma, tarjimayi hol, ishonchnoma, dalolatnoma); diрlomatik uslub (nota, bayonotnoma, bitim, konvensiya va boshqalar). Rasmiy uslub deyarli yozma shaklda ro`yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlilikdan xoli bo`ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi –axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi. Masalan, ma’lumotnomada axborot berilsa, buyruqda da’vat etish, axborot o`z aksini topgan bo`ladi. Rasmiy uslub hozirgi o‘zbek tilining davlat-ma’muriy, huquqiy muassasalarida, rasmiy diplomatik munosabatlarida namoyon bo‘ladigan ko‘rinishidir. Qonun matnlari, farmonlar, farmoyishlar, buyruqlar, xullas, barcha rasmiy ish qog‘ozlari ana shu uslubda shakllanadi. Bu uslubning og‘zaki va yozma ko‘rinishlari, binobarin, ushbu ko‘rinishlarning o‘z me’yorlari mavjud. Ushbu uslubda shakllangan matnda noaniqlikka, izohtalab o‘rinlarga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Fikr va mazmun sodda, tushunarli tilda bayon qilinishi kerak. Ariza, qaror, bildirishnoma, ma’lumotnoma, shartnoma, tabriknoma singari turli xarakterdagi rasmiy hujjatlarning har birining o‘ziga xos bayon etish qolipi bo‘ladi. Ayni paytda, ularning har birining alohida so‘z va turg‘un birikmalari ham mavjud bo‘ladi. Masalan, huquqiy hujjatlar matniga ko‘z yugurtirsak, ularda boshqa vazifaviy uslublarda deyarli uchramaydigan atamalarga duch kelamiz: ma’muriy javobgarlik, fuqarolik holati, fuqarolik javobgarligi, aybdor, gumondor, jabrlanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, jamoat kafilligi, surishtiruv, jabrlanuvchi bilan yarashuv va boshqalar.Ish qog‘ozlari va hujjatlarning xilma-xilligiga qarab ularga oid atamalarning me’yorlashuvi va chegaralanuvi ham kuzatiladi. Qiyos uchun diplomatik munosabatlar doirasidagi so‘z va iboralarga ko‘z yugurtiraylik : ahdlashuvchi oliy tomonlar, elchi, elchixona, muxtor elchi, muxtor vakil, ishonchli vakil, nota, ratifikasiya, shartnoma, bayonot, qo‘shma bayonot, deklarasiya, tashrif, qarorgoh kabilar. Ushbu uslub uchun jargonlar, oddiy so‘zlashuvga xos so‘zlar, emosional-yekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lgan so‘zlarning ishlatilishi me’yor sanalmaydi va shu jihati bilan boshqa uslublardan keskin farq qiladi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling