Mavzu: huquqiy tarbiyaning nazariy asoslari
Download 56.6 Kb.
|
HUQUQIY TARBIYANING NAZARIY ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. OILADA, MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA VA UMUMIY O’RTA TA`LIM MUASSASALARIDA HUQUQIY TA’LIM- TARBIYA.
- XULOSA ADABIYOTLAR RO‘YXATI KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
MAVZU: HUQUQIY TARBIYANING NAZARIY ASOSLARI. REJA: KIRISH. I BOB. HUQUQIY TA’LIM TUSHUNCHASI Huquqiy ta’lim tushunchasi, maqsadi, mohiyati va mazmuni. Huquqiy ta’lim va tarbiyani takomillashtirish masalalari. II BOB. OILADA, MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA VA UMUMIY O’RTA TA`LIM MUASSASALARIDA HUQUQIY TA’LIM- TARBIYA. 2.1. Huquqiy ta’lim berish orqali yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari. 2.2. Huquqiy ta’lim-tarbiyaning xususiyatlari va vazifalari. XULOSA ADABIYOTLAR RO‘YXATI KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Har bir ijtimoiy tuzum kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‗liqdir. Fan va madaniyat rivojlanishi ta‘lim-tarbiya ishlarining qaydarajada olib borilishidan kelibchiqadi. Bu falsafiy aqida davlat ahamiyatiga ega bo’lgan ijtimoiy qonuniyat hisoblanadi. Shuning uchun, yurtimiz mustaqillikka erishgach, Ta‘lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e‘lon qilindi.1 Jamiyatimiz va davlatimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biri insonto’g’risida g’amxo’rlik qilish, yosh avlodni yetuk shaxs, zamonamiz talablariga javob beradigan, bilimdon, yuksak ma‘naviyatli, e‘tiqodi mustahkam, irodasi kuchli, xalq, Vatan uchun jon kuydiradigan komil insonqilib tarbiyalash va voyaga etkazishdir. Zero, davlatimiz birinchi rahbari I.A.Karimov ta‘kidlaganidek, endilikda oldimizda turgan eng muhim vazifa ―...milliy g’oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag`rikenglik kabi tamoyillarning ma‘no-mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olibborilayotgan ma‘naviy-ma‘rifiy, ta‘lim-tarbiya ishlarining markaziga qo’yish, ularni yangi bosqichga ko’tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan yetuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat2. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o`zining azaliy orzu niyatlariga erishdi. Tarixdan ma'lumki, xalqimiz uzoq o`tmishlardan beri o`z erki uchun mardonovor kurashib keldi. Hurmatli Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov ta'kidlaganlaridek, biz huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyatini qurishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`ydik. Har bir fuqaroning huquq va erkinliklari qonun yo`li bilan himoya qilinishi va kafolatlanishi, so`z erkinligi, davlat boshqaruvida o`zi bevosita yoki bilvosita ishtirok etish huquqiga ega ekanligi huquqiy davlatning muhim belgilaridandir. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasing muqaddimasida xalqimizning asosiy maqsadlaridan biri insonparvar, demokratik huquqiy davlat barpo qilish deb ko`rsatilgan. Huquqiy davlat qurish uchun esa shu davlat poydevorini yaratuvchilar, ya'ni yosh avlod huquqiy jihatdan bilimli, tarbiyali bo`lishlari kerak. Qonunlarni biladigan, ularga roiya etadigan, davlat va jamiyat manfaatlarini o`z manfaatlaridan yuqori qo`yib, ularni bajarishda yuksak saviyaga ega bo`lgan shaxslarni tarbiyalash huquqiy tarbiya fanining asosiy maqsadini tashkil etadi. Mustaqil O`zbekistonning mustahkamlanishida qonunchilikka roiya qilish, fuqarolarning huquqiy onglilik darajasini yuksaltirish, qonunlarni hurmat qilish va ularga bo`ysunish, axloq-odob qoidalariga roiya etish kabi xislatlarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega deb hisoblaymiz. Huquqiy ta‘lim- tarbiya umumiy tarbiyaning ajralmas qismi bo`lib, insonni jamiyatda o`rnatilgan qonun-qoidalarga roiya etish, ularni hurmat qilishga chorlaydi. Huquqiy ta‘lim- tarbiyaga alohida e'tibor qaratilib, yurtboshimiz I.A.Karimov shunday deb yozadilar: «Iqtisodiy, siyosiy va eng avvalo huquqiy ta‟lim- tarbiya tegishlicha bosqichma-bosqich ta'minlab borilmas ekan, insonning barcha huquqlari – davlat ishlarini yuritishda qatnashishi, e'tiqod erkinligi, yig`ilishlar, uyushmalar erkinligi va shu kabi huquqlar havoda muallaq bo`lib qolaveradi». Download 56.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling