Mavzu: huquqiy tarbiyaning nazariy asoslari


Huquqiy ta’lim-tarbiyaning xususiyatlari va vazifalari


Download 56.6 Kb.
bet5/6
Sana04.04.2023
Hajmi56.6 Kb.
#1324114
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
HUQUQIY TARBIYANING NAZARIY ASOSLARI

2.2. Huquqiy ta’lim-tarbiyaning xususiyatlari va vazifalari.
Huquqiy tarbiya-shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko’zlagan faoliyat yig’indisi.
Huquqiy tarbiya - bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko’zlagan holdagi tasvir ko’rsatilishidir.
Shuni ta’kidlash kerakki, yaqin o’tmishda ham huquqiy tarbiyaga u haqiqatda sazovor bo’lishi kerak bo’lganidek darajada e’tibor berilmas edi. Pedagogikaga doir darsliklarda shaxsning aqliy kamoloti, mehnati, jismoniy, ma’naviy, estetik tarbiyasi haqida so’z borar ediyu, lekin huquqiy tarbiya xususida eslatilmasdi. Tarbiyaviy ishning mustaqil yo’nalishi tarzida huquqiy tarbiya yo’nalishining ajratib qo’yilmasligi o’sib kelayotgan avlodning ayrim qismi huquqiy ongi ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmadi.
O’zbekiston huquqiy davlat barpo etish sari qadam qo’yilib, bu yo’lda huquqiy tarbiya, huquqiy ongni takomillashtirish masalalariga katta etibor berib kelinmoqda. Bu masuliyatli vazifada mehnat jamoalarida, bilim maskanlarida va har bir shaxs bian olib borish borasida ko’p qirrali ishlar qilinmoqda.
Huquqiy tarbiyali bo’lish uchun har bir shaxs umumhuquq bilimga, uni ongli ravishda qabul qilishga va huquqiy madaniyatni alohida bajarishga yetarli darajada huquqiy saboq olish kerak. Lekin hozirgi paytgacha huquqiy tarbiya tushunchasi, uning tushuntirish metodlari olimlarimiz tomonidan to’laligicha yoritilmagan.
Huquqiy tarbiyaning keng va tor maonoda ko’rish mumkin. Keng maonoda butun jamoaning, ko’pchilikning ongiga taosir ko’rsatishga qaratilgan tarbiya, tor maonoda esa alohida shaxsga, uning ongiga taosir etish yo’llari tushuniladi.
Huquqiy tarbiya natijasida keng omma yoki shaxs o’z hatti – harakatlarining qonuniy ekanligini tushunsa, huquq tartibotni buzmaslikka harakat qilsa o’zini ongli ravishda, huquq normalariga rioya etgan holda boshqara olsa, maqsadga erishilgan bo’lib hisoblanadi.
Demak, huquqiy tarbiya bu- tashkiliy ravishda muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni ko’zlagan va shaxsga «guruh shaxslariga» taosir qila oladigan, ularda huquqiy ong, huquqiy bilim, qonunlarga rioya qilish xislatlarini vujudga keltiradigan harakatdir.
Malumki, qonunga rioya qilish uchun, eng avvalo uni bilish kerak. Huquqiy tarbiya orqali har bir shaxsning ongiga nima qilmoq mumkin, nima qilmoq mumkin emasligini, jamiyat, davlat undan nimani talab qiladi, qonunlarga rioya etish yo’llari nimadan iborat ekanligini yetkazmoq lozim.
Tartib buzuvchilar orasida o’z hatti-harakatining noqonuniyligini anglamaslik, noqonuniy ekan deb ham uylamaslik va bunday harakatni jazoga loyik emas deb tushunish ko’p uchraydi. SHunday tushuncha hosil bo’lmasligi uchun huquqiy tarbiya jarayonida har bir jamoada o’rnatilgan tartibni buzish, qonun normalariga rioya etmaslik natijasida intizomiy, mamuriy, moddiy yoki jinoiy jazo kelib chiqishini tushuntirish, uqtirish zarur.
Huquqiy tarbiyani kuchaytirishga oltmishinchi yillardan boshlab alohida ahamiyat berilla boshlandi. Shu davrga aytish kerakki, hozirda ham huquqiy tarbiya bilan chambarchas bog’liq holda olib olib borilayapti.
Shaxs va jamiyat o’rtasida vujudga keladigan munosabatlarning rivojlanish prinsiplariga mos bo’lishi shaxs faoliyatini yo’naltirib turuvchi hayotiy pozitsiyaga bog’liq. Hayotiy pozitsiya esatarbiya jarayonida shakllanadi. SHu sababdan ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq shaxs tarbiyasini jamiyat o’z naozoratiga olgan va bu vazifani bajarishga eng dono kishilarga topshirgan. SHaxsni yashashga o’rgatish jamiyat faoliyatining muhim sohalaridan biri bo’lib kelgan. Tarbiyaning ijtimoiy vazifasi shaxsni biror –bir foydali ishga, faoliyatga o’rgatish demakdir. Masalan, yoshlarni biror hunarga, muomalaga, sanatga, yurish turishga va boshqalarga o’rgatish.
Huquqiy tarbiya boshqa turdagi tarbiya bilan o’zaro yaqin. Masalan, shaxsda mehnatga bo’lgan munosabatni shakllantirishda ko’r-ko’rona itoatkorlikka emas, balki jamiyat va davlat manfaatlariga, davlatning tartib va qonunlarini hurmat qilishga o’rgatish lozim.
Axloq normalari bilan huquqiy normalar bir biriga juda yaqin turadi. SHaxs axloqsiz bo’lsa, u qonunlar talabiga rioya qilmaydi. Binobarin, bunday shaxsni huquqiy tarbiyalash samarasiz bo’ladi, hatto jazo choralarini ham to’g’ri yo’lga solish qiyin.
Huquqiy tarbiya tizimi uch tarkibiy qismdan tashkil topadi: davlat belgilangan qonun qoidalarini o’qitish; ularni jamiyat aozolari o’rtasida tashviqot qilish; o’quvchi yoshlarni qonun qoidalar ijrosida bevosita ishtirok etishga o’rgatish.
Huquq normalarini o’qitish deyilganda davlat organlari tomonidan tasdiqlangan dastur asosida shaxsga bilim berish tushuniladi. YUridik bilim berish umumiy va maxsus yo’nalishlarda bo’lish mumkin. Masalan, yuridik institutlar, fakultetlarida, «yurist operativ xodim» malakasi beriladi. Xalq maorifi tizimining barcha bug’inlarida aniq dastur asosida umumiy huquqiy bilim beriladi.
Huquqiy normalarni tashviqot qilishda jamiyat aozolari bilishi lozim bo’lgan qonun qoidalarni, qarorlar, farmonlar, farmoyishlar, buyruq va yo’llanmalarni turli vositalar yordamida aholii orasida tashviqot qilishdir. Huquqiy normalarni aholiga tushuntirish muhim qonunchilik prinsipi bo’lib hisoblanadi. Qonunchilik talabiga ko’ra har bir yangi qonun qoida matbuotda elon qilingandan keyin maolum vaqt utgach amal qila boshlaydi. YAngi tartib qachondan boshlab joriy qilinishi huquqiy normaning o’zida ko’rsatiladi.
Huquqiy tarbiyaning maqsadi maolum vositalar, shakl va metodlar yordamida shaxsning ongiga taosir ko’rsatib, unda davlat belgilangan qonun qoidalarga itoatkorlikni, davlat siyosatini ijro etish hamda o’z hatti harakatini davlat talabiga muvofiq holda tanlay olish qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir.
Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsadi shaxsda huquqiy ongni shakllantirish, yani huquqiy normalarga hurmatni, ularga ixtiyoriy, ongli ravishda rioya qilishni tarbiyalashdir. Huquqiy tarbiya shaxsning bolalik chogidan yetuklik davrigacha o’tkaziladigan tarbiyaviy jarayonnio’z ichiga oladi. Bu jarayon davrida shaxs oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktabda, maktabdan tashqari muassasalarda, oliy taolimda, o’rta maxsus, kasb-hunar taolimida, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash idoralarida huquqiy tarbiya oladi. Demak huquqiy tarbiya bosqichma- bosqich beriladi. Bosqichli huquqiy tarbiya berishdan maqsad yoshlarning huquqiy bilimlar va ko’nikmalarini tarkib toptirishni uzluksiz taominlashdir.
Masalan, birinchi sinflarda ona tili tushunchasi, tilga hurmat bilan qarash, o’quvchilarga qonun-qoidalarni o’rgatish, mulkni asrash, unga munosabatni bildirish, davlat, qonun, davlat ramzlari tushunchalarini o’rgatish lozim.
Ikkinchi sinflarda «o’qish» darsida har xil tarbiya berish mumkin. SHu darsning «maktab» bo’limida munosabatlarni tushuntirish. «Ertaklar va masallar» bo’limida jinoyat tushunchasini, tulkini turna bolalarini yeb qo’yishda, misol qilib bu jinoyat ekanligini va turna tulkini qilmishiga yarasha jazolaganini tushuntiriladi. SHunday tarbiya va huquqiy bilimlar har bir fanda sinfma-sinf olib boriladi.
Yuqori sinflarda uning huquqiy ongini shakllantiruvchi huquqiy tushunchalar beriladi, u dasturlar asosida huquqiy munosabatlarga o’rgatiladi. Yuqori sinflarda hamma boshqa taolim tizimlarida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining davlat apparati haqida umumiy tasavvur berish huquqiy tarbiyaning aniq maqsad qilib qo’yiladi.
Huquqiy tarbiya oldiga qo’yilgan umumiy vazifa shaxsga qonunlarni va unga amal qilish yo’llarini o’rgatish. Huquqiy tarbiyaning yuridik vazifasi shaxsda muayyan holatlarda zarur huquqiy normalarni qo’llay olish qobiliyatini tarbiyalashdir.
Huquqiy tarbiyaning muhim vazifalaridan biri shaxsda huquq normalarini o’rganishga ehtiyoj o’yg’otish, yani o’zini mustaqil ravishda huquqiy tarbiyalashga odatlantirishdir. Huquqiy normalarga hurmat ruxida tarbiyalangan shaxs qonun-qoidalarga muntazam ravishda o’rganib boradi va boshqalarni ham shunday qilishga davat etadi.
Amaliyotda huquqiy tarbiyaning har xil turlari mavjud. Lekin bugungi kungacha aniq bir ilmiy tushunchaga asosangan, ko’p qirrali huquqiy tarbiya shakllarini ko’rsatib beruvchi adabiyot deyarli yuk. Bu tarbiya, yuqorida aytib o’tganimizdek, oilada, bog’chada, maktabda, bilim yurtlarida, institutlarda olib boriladi. Huquqiy tarbiya- tarbiyalanuvchilarning xulq-atvoriga taosir ko’rsatuvchi, ularni tartib doirasida tutish uchu nasos bo’la oladigan bilim berishdir. Lekin tarbiyachi faqat bilim beribgina qolmasdan, tarbiyalanuvchilarga har xil shaklda taosir ham o’tkazishi kerak.
Huquqiy tarbiyaning shakllari asosida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, professor- o’qituvchilarining olib borgan ishlarining tashqi ko’rinishidagi taosir yo’li, taosir etish usullari yotibdi.
Huquqiy tarbiya shakllari har bir shu ish bilan shug’ullanuvchi uslubida o’z ifodasini topadi.
Masalan, o’quv yurtlarida huquqiy tarbiya shakli, mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchilarnikidan farq qiladi. O’quvchilarga dars jarayonida, darsdan tashqari vaqtda-suhbat, suhbatni huquqiy qoidalarini o’rgatish, o’yin darslari o’tkazish tariqasida olib boriladi.
Huquqiy tarbiya shakllari quyidagilarcha bo’lishi mumkin:
a) huquqiy bilim;
b)huquqiy tashviqot;
v) jamoatchilik tomonidan olib boriladigan ishlar;
g) huquqni himoya qiladigan davlat organlarining ishlari bilan tanishish (tergov, sud jarayonlarida qatnashish);
d) xalq deputatlarini nomzodlikka tavsiya qilish majlislarida, mahalliy hokimiyatlar qoshidagi voyaga yetmaganlar komissiyalari ishlarida ishtirok etish.
Huquqiy tarbiyani jamoa o’rtasida yoki individual shaklda amalga oshirish mumkin.
Yoshlarni huquqiy bilimga va huquqiy tarbiyaga jalb etishda huquqni himoya qiluvchi davlat organlari xodimlari bilan uchrashuv o’tkazilishi, savol-javob kechalari tashkil etilishi yoki huquqshunos uyushmalari to’zilishi ijobiy natija beradi. Individual yakka tarzda huquqiy bilim berishda, huquqiy tarbiyalashda shaxsga maxsus adabiyotlarda tavsiya etilishi, unda qiziqish uyg’otish, tarbiyalanuvchining ruxiy holatini o’rganib, u qabul qila oladigan, tushuna biladigan tarzda suhbat olib borish maqsadga muvofiqdir.
Huquqshunoslar huquqiy tarbiya metodlarini odatda ikki turga bo’ladilar ishontirish va majburlash. Huquqiy tarbiya metodi-bu bir necha muayyan yo’l va usullar yig’indisi bo’lib, ular asosida kishilar ongiga, dunyoqarashiga taosir qilinadi. Buning natijasida tarbiyalanuvchilarda qonunga hurmat hissi uyg’otiladi va qonunning buzilmasligi taominlanadi.
Eng asosiy metod bu – ishontirish metodi. Ishontirish orqali ijobiy natijaga erishilmasa, majburlash metodi qo’llanadi. Huquqiy tarbiyada bu ikki metodni birga qo’llash ham mumkin.
Huquqiy tarbiyaning ilmiy prinsiplaridan yana biri o’rganilayotgan qonun yoki qarorning kelib chiqish sabablarini, unga obyektiv zarurat borligini tushuntirib berishdir. Agar tarbiyalanuvchi qonun, qaror va qoidalarning vujudga kelishi, qabul qilinishi umumiy asoslarini tushunib olsa, ayniqsa, hozir o’rganilayotgan huquqiy normaning qabul qilinishi sababini bilsa, uni bajarishga ongli ravishda yondoshadi, o’zida ham huquqiy normaga nisbatan ehtiyoj sezadi.
Huquqiy tarbiyaga ilmiy yondoshish quyidagi faoliyatlardan tashkil topadi:
- o’rgatilishi lozim bo’lgan qonun va qonuniy aktning nazariy va amaliy jihatlarini puxta o’zlashtirib olish;
- tarbiya obyektlarini o’rganish, ular bilan huquqiy norma o’rtasidagi bog’lanishni aniqlash;
- mazkur mintaqadagi huquqiy normaga aloqador huquqiy holatni (huquq-tartibotni, qonunchilikka munosabat )o’rganish va tahlil qilish;
- huquqiy normani tushuntirish shakl va metodlarini tanlab olish;
- huquqiy tarbiya vositalarini tayyorlash;
- tarbiyalanuvchilarning fikrini o’rganish va savol – javobga tayyorlanish;
- huquqiy tarbiyani shahar, tuman, viloyat, respublika miqyosida yagona shakl va metodlar asosida olib borish ham ilmiy prinsipdir. Huquq-tartibot va qonuniylikni mustahkamlash butun mamlakatda huquqiy tarbiyaga chuqur ilmiy yondoshishni taqozo qiladi. Hozir bu muhim ish davlat organlari va jamoat tashkilotlari hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Tarbiyaga har tomonlama yondoshish. Tarbiyaga har tomonlama yondoshish deb tarbiya maqsadining shaxs ongida shakllanishiga ko’maklashuvchi omillarni aniqlash, tarbiya shakl va metodlariga ularga tayanish aytiladi.
Bu vazifalarning zarar darajada amalga oshirilishi tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilarning o’zaro hamkorligiga bog’liqdir. Ikkala tomonning fikr almashishi, huquqiy tushunchalarga aniqlik kiritilishi, yakdillik asosida hayotiy holatining belgilab olinishi tinglovchilar huquqiy ongiga tegishli o’zgarish kiritadi va uni boyitadi.
Masalan, tarbiyachi mehnat qonuniga kiritilgan o’zgarishlar bilan tinglovchilarni tanishtirmoqchi. Maqsad ularning ongiga yagona qonun mazmunini aks ettirgan holda mehnat munosabatlarida qonundagi o’zgarishga muvofiq ish ko’ra olishni tarbiyalashdir. Buning uchun tarbiyachi masalaga keng yondoshib, qonun o’zgarishi sabablarini dalillar yordamida ko’rsatishi, yangi qonun mohiyatini isbotlashi, uni ijro etish tartibini o’rgatish, ko’zda to’tilgan maqsadni misollar yordamida tushuntirish kerak.
Har tamonlama yetuk shaxsni tarbiyalab yetishtirish maqsadi umumtarbiyaning maqsadi barcha yo’nalishlarini bir-biriga uyg’unlashtirilgan holda olib borishni taqozo qiladi. Bu bir kishining emas, balki butun jamoaning burchidir. Huquqiy tarbiya ham bir kishining emas, chunki shaxsni har tomonlama shakllantirish uchun bir tarbiyachi barcha omillarni bilishga qodir emas. Bir pedagog huquqiy tarbiyaning bir yoki bir necha yo’nalishigina shaxs ongida shakllantira olishi mumkin. Pedagog muayyan masala bo’yicha huquqiy tarbiyaga keng yondoshishi uchun shu masalaga aloqador omillarni tanlab olishi, ularni yagona bir mavzuga yig’ishi, misollar yordamida uyg’unlashtirishi kerak. Masalan, o’quvchida O’zbekiston fuqarolariga sodiqlik burchini tarbiyalashda o’qituvchi-o’quvchi qanday qonunlarni o’rganishi kerakliginitanlab olishi, fuqarolarga taalluqli misollar topishi, fuqarolik burchi buzilganda davlat va jamiyat tomonidan quriladigan choralarni belgilashi, yuridik dalillar to’plashi, so’ngra keng tarbiya mavzularini ishlab chiqishi vash u mavzu bo’yicha ish olib borilishi kerak. Lekin shuni unutmaslik lozim, huquqiy ongning hatto biror yo’nalishini shakllantirish uchun ham yuridik omillarning o’zigina kifoya emas: masalan, intizomsiz shaxsni qayta tarbiyalash uchun uning huquqiy ongida burilish yasash, dunyoqarashiga, mehnat munosabatiga, madaniyat darajasiga taosir ko’rsatishi kerak. Agar uni qonunga ko’ra jazolash bilan kifoyalansangiz, axloqiy buzuq ekan, YAna eski odatini davom ettiraveradi.
Binobarin, huquqiy tarbiyaga aloqador omillar ikki guruhga bo’linadi: tarbiyachining axborotli hujjatlariga kiritiladigan omillar va tinglovchilar xususiyatiga bog’liq omillar. Tarbiya jarayonida ikala guruh omillar baravar etiborga olinishi kerak.
Tarbiyachining axborotli hujjatlariga kiritilgan omillari suhbat mavzusida qanday qonun, qonuniy ishlarni tushuntirmoq, asosiy maqsad nimaga qaratilganligini bilib olmoq. Masalan, voyaga yetmaganlarning huquqbuzarligining oldiniolish bo’yicha tarbiya: jinoiy, moddiy, intizomiy, huquqbuzarlikda voyaga yetmaganlar qanday harakatlari uchun javobgar bulishlariga taalluqli hujjatlarni to’plashdan iborat.
Tinglovchilar xususiyatiga bog’liq omillarda tarbiyachi tinglovchilarning qabul qilish darajasi, yoshiga, maxoratiga va boshqa xususiyatlariga etibor bergan holda tarbiya usulini tanlashdan iborat.
Subhasiz, huquqiy, siyosiy va ma’naviy ongning o’zaro bog’liqligini esdan chiqarmaslik kerak, lekin shuni ham nazarda tutish lozimki, ularni bir-biri bilan qo’shib yuborish mumkin emas. Tarbiyaviy ishning o’ziga xos yo’nalishidagi huquqiy tarbiyaning mustaqilligi avvalo uning mazmuni bilan bog’liqdir. Huquqiy tarbiya ongning mustaqil shaklini - huquqiy ongni shakllantiradi, bu esa tarbiyaning o’ziga xos shakllari va usullarini izlab topish va qo’llanish zaruriyatini taqozo etadi.
Tarbiyachilar zarur hajmdagi huquqiy bilimlar bilan qurollangan bo’lishi va tarbiyalanuvchilarda huquqiy ongni shakllantirish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish uslubiyotini egallashi lozim.
Ma’lumki, huquqiy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri. Agar ijtimoiy ong umuman ijtimoiy borliqning aksi bo’ladigan bo’lsa, unda huquqiy ong faqat mavjud huquqiy voqea-hodisalarni, shuningdek huquq yordamida tartibga solinishi mumkin bo’lgan Hodisalarni aks ettiradi. Huquqiy ong - bu jamiyatda ommaviylashgan huquqiy, shuningdek kishilarning xulq-atvoriga, ijtimoiy muassasalar qadriyatlariga huquq haqidaga shunday tasavvurlar nuqtai nazaridan munosabatini ifodalaydigan nazariyalar, g’oyalar, qarashlar va tasavvurlar majmuidir.
Huquqiy ongda quyidagi besh elementni ajratib ko’rsatish mumkin:
-huquqni bilish;
-huquq haqidagi tasavvur;
- amaldagi huquqqa munosabat;
-huquqqa qo’yiladigan talablar;
-huquqiy ko’rsatmalarning ijro etilishiga munosabat.
Ularning hammasi bir-biri bilan o’zaro chambarchas bog’langan va o’zaro aloqadorlikdadir. Shu bilan birga ular o’ziga xos shakllanish xususiyatiga ega va huquqiy ong «faoliyati»da turli rollarni o’ynaydigan har xil elementlar bo’lib, buni, albatta, huquqiy tarbiya jarayonida hisobga olish zarur.
Huquqni bilish huquqiy me’yorlarni bilishni anglatadi. Bunday bilim, yoki tegishli huquqiy qoidalarni bevosita o’rganish -matnlarni o’qish, radio orqali tinglash va shu kabilar natijasida, yoki u bilan bevosita tanishish natijasida egallanadi. Masalan, uni kishilarning hikoyalaridan yoki muayyan hayotiy vaziyatlarda huquqiy qoidalarni amaliy o’zlashtirib olish natijasida egallash mumkin. Ushbu ikkita usul o’zaro bir-birini to’ddirib turadi. Huquqshunos bo’lmagan kishi tomonidan qonun mohiyatining tushuntirib berilishi ko’pincha faqat qonunning ushbu matnning bayonini uning ma’nosini ommaviy tarzda tushuntirish natijasida erishiladi. Tabiiyki, bunda sharhlovchining kim ekanligi, uning axborotining qanchalik malakali, to’liq va xolisligi muhim ahamiyat kasb etadi.Bu huquqiy ta’limning muhimligi bilan bog’liqdir.
Huquqni bilish boshqa omillar bilan bir qatorda huquq haqidagi tasavvurning shakllanishiga ko’maklashadi. Bunday tasavvur umuman va aynan muayyan holda nimaning qonuniyligi va huquqqa zidligi, qilmishning huquqiy oqibatlari qanday bo’lishi, fuqarolarning huquqlari va burchlari va shu kabilar haqidagi tasavvurdir. Holbuki, kishi qonunning aniq matnini bilmasligi, lekin u haqda o’zining qandaydir tasavvuriga ega bo’lishi mumkin. Voyaga yetmaganlarning hukuqiy ongini tadqiq etishlar paytida ular qo’yilgan savollarga javob qaytarishganidan so’ng, ulardan nima uchun shunday tegishli javob berishganini so’radik. Ko’pchilik shunchaki «shunday deb o’ilashini» aytishdi. Bunday fikr-mulohazalar nimaga asoslanadi, huquqiy tasavvurlar qanday xosil qilinadi? Avvalo - axloq me’yorlari, siyosiy va boshqacha qarashlar ta’siri ostida shunday bo’ladi, chunki bizning jamiyatimizda siyosiy, axloqiy va huquqiy talablarning birligi mavjud. Agar o’smirning siyosiy va ma’naviy ongi to’g’ri shakllantirilgan bo’lsa, unda uning huquqiy tasavvurlari ham amaldagi qonun mazmuniga yaqin bo’ladi, deb hisoblash uchun hamma asoslar mavjud.
Ana shuning uchun ham tarbiyaga nisbatan kompleks yondashuvni qo’llash zarurligini nazarda tutish ayniqsa muhimdir: «O’z xalqiga, uning an’analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib... haqiqiy insonni... tarbiyalash mumkin emas». Ayni bir paytda shuni ham unutmaslik kerakki, huquqiy tasavvurlarni faqat axloq me’yorlaridan keltirib chiqarish huquqiy va axloqiy talablarning bir xillashtirib qo’yilishiga, xatti-harakatning axloqiy va huquqiy jihatdan baholanishi o’rtasidagi farqning huquqqa zid va shunchaki axloqqa yot bo’lgan xulq-atvor o’rtasidagi tafovutning tushunilmasligiga olib kelishi mumkin. Sud, prokuratura, militsiya xodimlari shunday hollarga duch kelishadiki, masalan, o’smirlar, ba’zan ularning tarbiyachilari ham bolalar va o’smirlarning kechqurun soat 21-22 dan so’ng kattalarsiz ko’chada bo’lishining o’zi huquqqa zidligini tushunmaydilar. Bu nafaqat pedagogik tavsiyalarga, shu bilan birga bolalar va o’smirlarning jamoat joylaridagi xulq-atvori qoidalariga ham ziddir.
Huquq haqidagi tasavvurning shakllantirilishida, shuningdek birmuncha alohida masalalarning hal etilishida asos bo’ladigan qonunning ayrim umumiy qoidalari, huquqiy tamoyillarini bilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, agar yoshlar mehnat haqidagi qonunlarga ko’ra voyaga yetmaganlarga beriladigan imtiyozlar to’g’risidagi umumiy qoidani bilishsa, unda ular bunday imtiyozlarning ish vaqtining davomiyligi, ta’tillar vaqtlari, o’smirlardan og’ir ishlarda foydalanishning taqiqlanishiga tegishli ekanligi haqida to’g’ri xulosalar chiqarishadi. Darvoqe, yoshlar bunday jihatlarni tartibga soladigan aniq moddalar mazmunini bilishmasligi ham mumkin.
Huquqni bilish va u haqda tasavvurlar, odatda, kishiga huquqqa zid narsani qonuniy narsadan farqlashida, qandaydir xodisani huquqiy jihatdan to’g’ri baholashida va uning ehtimol bo’lgan huquqiy oqibatlarini tasavuvur etishida yordam berib, birgalikda «faoliyat ko’rsatadi». Bunda bilimlar bilan tasavvurlarning o’zaro bir-birini mustahkamlashi yuz berishi mumkin yoki huquqiy amaliyot huquqiy me’yorlar talablaridan farq qilgani hodda o’smir ongida huquq haqidagi tasavvurlar huquqiy bilimlar bilan raqobatlashuvi va shunda aynan noto’g’ri huquqiy tasavvurlarning g’olib bo’lishi ham istisno qilinmaydi. Shaxsning hayotiy tajribasi huquq haqidagi tasavvurning muhim manbai hisoblanadi. Huquq haqidagi ma‘ruzalar, suhbatlar huquqiy targ`ibotning asosiy shakli bo`lib kolmoqda. Albatta, bir martalik tadbirlarning epizodliligi, mavzu jihatdan o`zilib kolishi o`zining salbiy jihatlariga ham ega. Hozir mavzularning birligi bilan bog`langan7.Uyushgan tarzda, rejali asosda o`tkaziladigan leksiyalar va suhbatlar turkumlarining tashkil etilishiga utilayotgani bejiz emas mavzular turkumlari bir martalik ma‘ruzalardan farqli ravishda voyaga yetmaganlarga muayyan tizimdagi bilimlar majmuini beradi, huquq me'yorlarini amalda qo`llanish malakalarini
singdiradi, o`quv rejalari va maktab dasturlari bilan uyg`un tarzda o`tkazilishi mumkin.
Shu bilan birga ayrim suhbatlar, ma‘ruzalar huquqiy turmush hodisalariga munosabat bildirish, yangi qonunlarni targ`ib qilish, paydo bo`ladigan ehtiyojlarni qondirishning eng muhim shakli bo`lib hisoblanadi.
Sud, prokrutura, militsiya, adliya organlarining amaliyotchi xodimlari bilan uchrashuvlar g`oyat muhimdir. Ular har doim o`smirlarda qiziqish uyg`otadi, huquqiy masalalar muhokamasiga sabab bo`ladi. Huquqshunoslar bunday uchrashuvlar oldidan maktablar, hunar–texnika bilim yurtlari, yoshlar jamoalaridagi intizom ahvoli bilan tanishadilar, mavjud kamchiliklar va huquqiy tartibotni buzishlarini tahlil etishadi, huquqbuzarlarga nisbatan qabul qilingan choralar to`g`risida axborot berishadi. Bunday uchrashuvlar «davra suhbati» tarzida, erkin suhbatlashish, bahslashish vaziyatida ham o`tkaziladi. Lekin ular lektorlar va tashkilotchilardan puxta tayyorgarlikni talab qiladi1. Maktablar va o`quv bilim yurtlari,uchun tashkil etiladigan tematik kechalar va savollar va javoblar kechalari ham huquqiy bilimlarni targ`ib qilishning ta'sirchan shaklidir ularni o`tkazish uchun madaniyat saroylari, kinoteatrlar, kutubxonalar, madaniyat va istirohat bog`laridan foydalaniladi. Tajriba shuni ko`rsatadiki, bunday kechalar ularni tayyorlashda o`smirlarning o`zlari ham faol ishtirok etgan joylarda qiziqarli o`tadi.
Munozara – erkin fikr almashuvdir. Jiddiy baxs munozaralarga sabab bo`ladigan muhim hayotiy muammo munozara predmeti bo`lishi mumkin. Masalan, o`tmish sarqitlari, loqaydlilikka qarshi kurash muammosi. Munozara dasturi qatnashchilari o`z fikr muloxazalarini, tasavvurlarini bildirishlari mumkin bo`lgan asosiy masalalarni o`z ichiga olishi kerak. Munozara tashkilotchilari maqsadni oldindan belgilab olishi- qatnashchilarni u yoki boshqa huquqiy muassasa bilan tanishtirishi, baxs ijobiy natijalar keltirishi va hatto fikrlar inkor etilishi uchun uning mazmunini hamma uchun umumiy fikrga aylantirish harakat qilishi lozim. Munozaralar faktlar bilan ishlash, isbotlash, ishontira bilishga o`rgatadi.
Mamlakatimizda davlat qurilishi, siyosat, iqtisodiyot, ma'naviyat sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar ana shu vazifani ro‘yobga chiqarishga qaratilgan. Bu maqsadga erishishda xalqning huquqiy jihatdan bilimli bo‘lishi, jamiyatning siyosiy faolligi, demokratik tamoyillarning kishilar ongiga teran singib borishi muhim ahamiyat kasb etadi. Qabul qilinayotgan qonunlar, farmonlar, hukumat qarorlari odamlarga yetib borishi, xalqimiz islohotlarning mohiyatini teran tushunib yetishi uchun avvalo aholiga chuqur huquqiy bilim berishni yo‘lga qo‘yish, bu orqali huquqiy madaniyatning yuksalishiga erishish, boshqacha aytganda, tom ma'nodagi huquqiy ongni shakllantirish talab etiladi.
Bu jamiyatning to‘g‘ri, demokratik yo‘ldan rivojlanishi uchun zarurdir.Huquqiy ong shakllanishida va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda juda ko‘p omillar huquqiy bilimga tayanar ekan, bugungi kunda huquqiy ta'limni bir tizimga solish, uning ilmiy, nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish va huquqiy ta'limning zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida O‘quvchilarning huquqiy ongiga ta'sirini isbotlash asosiy vazifa bo‘lib qolmoqda. O‘quvchilarning huquqiy ongiga ta'sirini isbotlash asosiy vazifa bo‘lib qolmoqda. Huquqiy ta'lim asosida o‘z huquqlari, erkinliklarini va burchlarini yaxshi bilgan kishilargina jamiyat ijtimoiy hayotining hamma sohalarida ongli ravishda mehnat qiladilar va ularning yaratuvchanlik faoliyati yuqori bo‘ladi. Huquqiy ta'lim-tarbiya demokratik huquqiy davlatning poydevori ekanligi bilan hamda O‘quvchilarning huquqiy ta'limining ilmiy-amaliy muammolari bilan belgilanadi. Huquqiy ta'lim yurtboshimiz ta'kidlaganidek, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va huquqiy ongni shakllantirishga xizmat qiladi.Huquqiy ta'lim asosida o‘quvchilar huquqiy ongini rivojlantirish hamda inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, burchlarini amaliy ta'minlash ehtiyojlari bilan bog‘liq. Demokratlashayotgan, erkinlashayotgan ijtimoiy-milliy ong sharoitida aholining ayniqsa yoshlarning mustaqil yangicha huquqiy tafakkurini shakllantirish va yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Majlisning «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi» shular jumlasidandir. Ushbu dasturning maqsadidan kelib chiqib, yoshlarning huquqiy ongiga, ruhiga mustaqil va erkin tafakkurni singdirish, ularning huquqiy dunyoqarashini keskin o‘zgartirish muhim bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimizda huquqiy ta'limdagi o‘qitish texnologiyasi birinchi navbatda insonparvarlik tamoyillariga asoslanadi. Falsafa, pedagogika va psixologiyada ushbu yo‘nalishning o‘ziga xos jihati umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilarining, ya'ni huquq sohasidagi bo‘lajak mutaxassisning individualligiga, uning O‘quvchilarningiga alohida e'tibor berish, uning yosh xususiyatlarini hisobga olib, mustaqil o‘rganish faoliyatiga aniq yo‘naltirishdir. Huquq fanlarini o‘qitish jarayonida ko‘pgina usullar, texnik vositalar qo‘llaniladiO‘zaro faol (interfsol) usullar jamiyat va davlat faoliyatining o‘zaro faol turlarini o‘quv maqsadlarida ko‘rsatib berish (imitatsiya)dir .
Ushbu usul asosida demokratik tizimlarga xos sharoitlarda muayyan vaziyatlarni o‘ylab topish, ularni modellashtirish, ularning yechimi yuzasidan tegishli qarorlar ishlab chiqish va hal qilish yotadi. O‘quv mashg‘uloti jarayonida o‘quvchilar ishlashning jamoaviy shakli ishtirokchilariga aylanadilar va jamiyat, davlat tuzilmalari oldida turgan ijtimoiy ahamiyatli tipik muhim vazifalarni hal qiladilar. Interfsol usullar uchun tashqi shartlarga rioya etish yoki imitatsiya shakllariga rioya etish, masalan, sud majlisi, qonunchilik loyihalari munozaralarini tinglash, shuningdek, ichki mantiqni qo‘llash, murakkab vaziyat yechimlarini topish, qaror qabul qilish mexanizmiga, mantig‘iga izchil rioya etish xosdir. Ko‘rgazmali qurollar sifatida so‘zga chiqish mavzusi bilan bog‘liq har qanday vositalar - sxema, chizma, jadval, diagramma, fotorasm, videotasmalar bo‘lishi mumkin. Bu yerda «Yuz marta eshitgandan ko‘ra bir marta ko‘rgan yaxshi» prinsipi amal qiladi. Ko‘pincha tinglovchilar ko‘z o‘ngida so‘zga chiqish rejasi, tezislar, hujjatlar, slaydlar turishi foydali bo‘ladi. Bular esa o‘ziga xos tarzda ma'ruzachi uchun qulaylik tug‘diradi, ma'ruza matniga bog‘lanib qolishni istisno qiladi va tinglovchilar bilan muloqotni kuchaytiradi.
O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlarning samarasi sifatida shakllangan uzluksiz ta'lim tizimi muhim o'rin tutadi. Mazkur o'quv yurtlari faoliyatining bosh g'oyasi - ma'naviy axloqiy jihatdan etuk, zamonaviy bilim asoslaridan xabardor, shuningdek, muayyan kasb- hunarni puxta o'zlashtirgan, kasbiy faoliyati yo'nalishini aniq belgilab olgan kichik malakali mutaxassislarni tayorlashdan iboratdir. Ta'lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish - barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash jarayonining muhim bosqichi hisoblanadi. Mazkur tadqiqot o'quv muassasalarida amalga oshirilayotgan huquqiy tarbiya samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan dastlabki ilmiy izlanishlardan biridir.
Ta'lim muassasalari da huquqiy tarbiyani tashkil etishga nisbatan tegishli muassasalar, xususan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligi, Respublika o'quv-uslubiy Markazi, yangi turdagi o'quv muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlab beradigan hamda o'quv manbalari bilan ta'minlashga mas'ul bo'lgan etakchi pedagogika oliy o'quv yurtlari, o'rta maxsus o'quv yurtlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Markaz va boshqa tashkilotlar tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotganligiga qaramay, bu sohada o'z echimini kutayotgan ayrim muammolar ham mavjud.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan omillar qatorida o'quv yurtlari huquq fani o'qituvchilarini yangi pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirish ham alohida o'rin tutadi. Zero, huquqiy ta'limni texnologik yondashuv asosida olib borish bu o'quvchilarning huquqiy bilimlarni puxta o'zlashtirishlari, bu sohada muayyan ko'nikma va malakalar hosil qilishlari o'z vaqtlari va kuchlarini tejashlariga imkon beradi. Shuning uchun ham o'quv yurtlari huquq fani o'qituvchilari orasida yangi pedagogik texnologiyalarga oid bilimlarni targ'ib etishga yo'naltirilgan maxsus metodikaning ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqdir.
Ta'lim muassasalarida amalga oshirilayotgan huquqiy tarbiya samaradorligini oshirish bo'yicha quyidagi tavsiyalarni ilgari suramiz:
1. Ta'lim muassasalarining mutaxassislik xususiyatlarini inobatga olgan holda huquqiy ta'lim samaradorligini oshirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
2. Huquqiy tarbiyani tashkil etish sohasidagi ilg'or tajribalarni barcha talim tizimida ommalashtirish, bu sohada Respublika, viloyat, shahar, tuman hamda mintaqalar miqyosida ko'chma seminar va treninglarni o'tkazish.
3. Respublikadagi ilmiy jurnallarda huquqiy tarbiya samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan ilmiy-metodik yondashuvlar, tavsiyalar, didaktik materiallarni muntazam chop ettirishga erishish.
4. Huquqiy tarbiyani shakllantirishda, uni takomillashtirishda oila, mahalla va ommaviy-axborot vositalari o'zlarining tarbiyaviy sohasidagi vazifalariga mas'uliyat bilan qarashlari kerak.
XULOSA
Huquq haqidagi ma‘ruzalar, suhbatlar huquqiy targ`ibotning asosiy shakli bo`lib kolmoqda. Albatta, bir martalik tadbirlarning epizodliligi, mavzu jihatdan o`zilib kolishi o`zining salbiy jihatlariga ham ega. Hozir mavzularning birligi bilan bog`langan8.Uyushgan tarzda, rejali asosda o`tkaziladigan leksiyalar va suhbatlar turkumlarining tashkil etilishiga utilayotgani bejiz emas mavzular turkumlari bir martalik ma‘ruzalardan farqli ravishda voyaga yetmaganlarga muayyan tizimdagi bilimlar majmuini beradi, huquq me'yorlarini amalda qo`llanish malakalarini
singdiradi, o`quv rejalari va maktab dasturlari bilan uyg`un tarzda o`tkazilishi mumkin.
Shu bilan birga ayrim suhbatlar, ma‘ruzalar huquqiy turmush hodisalariga munosabat bildirish, yangi qonunlarni targ`ib qilish, paydo bo`ladigan ehtiyojlarni qondirishning eng muhim shakli bo`lib hisoblanadi.
Sud, prokrutura, militsiya, adliya organlarining amaliyotchi xodimlari bilan uchrashuvlar g`oyat muhimdir. Ular har doim o`smirlarda qiziqish uyg`otadi, huquqiy masalalar muhokamasiga sabab bo`ladi. Huquqshunoslar bunday uchrashuvlar oldidan maktablar, hunar–texnika bilim yurtlari, yoshlar jamoalaridagi intizom ahvoli bilan tanishadilar, mavjud kamchiliklar va huquqiy tartibotni buzishlarini tahlil etishadi, huquqbuzarlarga nisbatan qabul qilingan choralar to`g`risida axborot berishadi. Bunday uchrashuvlar «davra suhbati» tarzida, erkin suhbatlashish, bahslashish vaziyatida ham o`tkaziladi. Lekin ular lektorlar va tashkilotchilardan puxta tayyorgarlikni talab qiladi1. Maktablar va o`quv bilim yurtlari,uchun tashkil etiladigan tematik kechalar va savollar va javoblar kechalari ham huquqiy bilimlarni targ`ib qilishning ta'sirchan shaklidir ularni o`tkazish uchun madaniyat saroylari, kinoteatrlar, kutubxonalar, madaniyat va istirohat bog`laridan foydalaniladi. Tajriba shuni ko`rsatadiki, bunday kechalar ularni tayyorlashda o`smirlarning o`zlari ham faol ishtirok etgan joylarda qiziqarli o`tadi.


Download 56.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling