Kasbiy nutqning qo'llanilish sohalari


Download 1.61 Mb.
bet41/44
Sana30.04.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1407768
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
фойдаланишга

Tayanch so‘z va iboralar: bayonnoma, majlis bayoni, majlis bayonidan ko‘chirma.
B A YO N N O M A


Bayonnoma va uning turlari. Bayonnoma turli yig‘ilish, anjumanlarning borishini, qatnashchilarning chiqishlarini hamda qabul qilingan qarorlarni siqiq holda qayd qilgan rasmiy hujjatdir. Bayonnoma turli organlarning doimiy kotiblari tomonidan tuziladi va rasmiylashtiriladi. Vaqtinchalik ish ko‘ruvchi organlar majlislarida esa yig‘ilish jarayonida saylangan kotib aynan shu ishni bajaradi. Bayonnomada o‘z aksini topgan axborotlarning aniqligi uchun butun mas'uliyat va javobgarlik majlis raisi va kotibi zimmasiga yuklatiladi. Bayonnoma yozib olinishiga ko‘ra, qisqa, to‘liq, stenografik, fonografik, konspektiv shakllarda bo‘lishi mumkin.
1. Qisqa bayonnomada faqatgina kun tartibi, ma'ruzachi va muzokarada qatnashuvchilar familiyasi va qabul qilingan qaror ko‘rsatiladi. Ularda ma'ruzalar mazmuni batafsil bayon qilinmaydi. Bunday bayonnomalar masalaning muhokama qilinishi haqida to‘liq tasavvur bera olmaydi.
2. To‘liq bayonnomada ma'ruzalar mazmuni batafsil bayon qilinadi. Bunday bayon faqat yig‘ilish xususida emas, balki o‘sha jamoaning faoliyati to‘g‘risida ham fikr yuritish imkoniyatini beradi.
3. Stenografik bayonnomada yig‘ilishning butun mazmuni stenograflar tomonidan to‘liq yozib olinadi. Stenogramma rais va kotib tomonidan qayta tuzilib imzolanadi. Matn asosiy bayonnomaga ilova qilinadi.
4. Fonografik bayonnomada yig‘ilish butun mazmuni magnitofon yordamida yozib olinadi. Bayonnoma qayta tuzilib rais va kotib tomonidan imzolanadi. Matn yozilgan lenta asosiy bayonnomaga ilova qilinadi.
Zaruriyat bo‘lgan paytda bayonnomadan ko‘chirmalar olinib rasmiylashtiriladi. Imzolar ham kadrlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan muhr bilan tasdiqlanadi. Ko‘chirma faqat zaruriy qism, ya'ni kerakli masaladan iborat bo‘lishi ham mumkin.
Bayonnoma kirish va uch asosiy qismdan tuziladi. Kirish qismida yig‘ilish o‘tkazilgan tashkilot nomi, bayonnoma sanasi, tartib raqami, yig‘ilish joyi, rais va kotibning ismi, familiyasi, qatnashuvchilar ro‘yxati va soni (15 kishidan oshmasa, ismi va familiyasi, lavozimi, ish joyi ko‘rsatiladi) keltiriladi.
So‘ngra KUN TARTIBI bosh harflar bilan yozilib, ikki nuqta qo‘yiladi va ko‘riladigan masalalar tartib raqami bilan beriladi.
Asosiy matndagi uch qism: ESHITILDI, SO‘ZGA CHIQD1LAR, QAROR QILINDI so‘zlari ham katta harflar bilan yozilgach, ikki nuqta qo‘yiladi va yangi satrdan ma’ruzachining ismi-familiyasi yoziladi.
Zaruriyat tufayli majlis davomida qabul qilingan qarorlardan ko‘chirmalar rasmiylashtiriladi. Buyruqdan ko‘chirmada bo‘lganidеk, bayonnomadan ko‘chirma ham imzo bilan tasdiqlanadi. Bayonnomaning matni qismidan faqat tashkilot yoki shaxsga yеtkazilishi kеrak bo‘lgan bo‘laklargina olinadi. Agar kun tartibida uch masala muhokama etilgan bo‘lsa, kеrakli masala bo‘yicha qabul qilingan qaror olinadi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling