Kasbiy nutqning qo'llanilish sohalari
Rasmiy ishonchnomaning zaruriy qismlari
Download 1.61 Mb.
|
фойдаланишга
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy ishonchnoma shakli
Rasmiy ishonchnomaning zaruriy qismlari:
1. Ishonchnoma beruvchi muassasaning nomi. 2. Ishonchnomaning tartib raqami va berilgan vaqti (sanasi). 3. Ishonchnoma berilayotgan (ishonch bildirayotgan) shaxsning lavozimi va to’liq nomi (ismi, otasining ismi, familiyasi). 4. Qimmatbaho buyumlarolinadigan (beriladigan) muassasaning nomi. 5. Ishonchnomaning berilish sababi. 6. Ishonchnomaning amal qilish muddati. 7. Ishonchnoma berilayotgan shaxs imzosining namunasi. 8. Moddiy boyliklarni oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomi (passport, guvohnoma). Ishonchnomaning zaruriy qismlari aniq, buzilmasdan, tuzatishlarsiz rasmiylashtirilishi kerak. Ishonchnomalarning ikkinchi xili s h a x s i y, ya’ni ayrim shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga muayyan ishni bajarish uchun ishonch bildirib bеrilgan yozma hujjatdir. Muayyan tashkilotdan pul yoki qimmatbaho buyum, zaruriy hujjatlar olish, avtomobilni boshqarish, oldisotdi shartnomalarini rasmiylashtirish, mulkni boshqarish va boshqa xususiy ishlarni bajarish uchun ishonch bildiriladi. Shaxsiy ishonchnomalar ayrim shaxslar tomonidan o‘ziga tegishli pul yoki qimmatbaho narsalarni borib olish uchun ishongan kishisiga ishonch bildirib yozgan hujjatidir. Bunday ishonchnoma vakolat beruvchining ish joyi (ishlamagan taqdirda mahalla qo‘mitasi) tomonidan muhr bilan tasdiqlanishi lozim. Bir martalik ishonchnoma muayyan bir ishni amalga oshirish, vazifani bajarish uchun (masalan, faqat bir martagina pul yoki qimmatbaho buyumni olish uchun) beriladi. Muayyan davr davomida bir qancha bir turdagi vazifalarni bajarish vakolatini beruvchi ishonchnomalar maxsus ishonchnomalar deyiladi. Shaxsiy ishonchnoma shakli: I S H O N C H N O M A Men, (ishonch bildiruvchining to‘liq nomi), (ishonchli shaxsning to‘liq nomi)-ga (qavsda pasportining ma lumotlari) ishonch mazmuni, ya’ni topshirilayotgan vazifa bayoni (ba’zan muddati ham) ... uchun ishonch bildiraman. yozilgan sanasi (imzo) ismi, familiyasi Ishonch bildiruvchining imzosi tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi qayd Imzoni tasdiqlagan shaxsning lavozimi, imzosi, ismi va familiyasi yumaloq muhr sana Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling