Kasbiy nutqning qo'llanilish sohalari


-Mavzu: PEDAGOGIK FAOLIYAT BILAN BOG’LIQ MA’LUMOT-AXBOROT HUJJATLARI USTIDA ISHLASH. ISHONCHNOMA, TILXAT, TAKLIFNOMA, HISOBOT, DALOLATNOMA


Download 1.61 Mb.
bet35/44
Sana30.04.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1407768
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   44
Bog'liq
фойдаланишга

41-Mavzu: PEDAGOGIK FAOLIYAT BILAN BOG’LIQ MA’LUMOT-AXBOROT HUJJATLARI USTIDA ISHLASH. ISHONCHNOMA, TILXAT, TAKLIFNOMA, HISOBOT, DALOLATNOMA.
Reja:
1.Hujjatlarning xususiyatlari, tarkibiy qismlari.
2.Hujjat namunalarini yozish.


Tayanch so‘z va iboralar: hujjat, ishonchnoma, tilxat, taklifnoma, hisobot, dalolatnoma, shaxsiy ishonchnoma, rasmiy ishonchnoma.


I S H O N C H N O M A
Ma'lumot-axborot hujjatlariga mansub bo‘lgan hujjatlardan biri ishonchnomadir. Ishonchnoma ma'lum tashkilot yoki ayrim shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjatdir. Ishonchnoma kim tomonidan rasmiylashtirilishiga qarab ikki turga bo‘linadi: 1) rasmiy (xizmat) ishonchnomalari; 2) shaxsiy ishonchnomalar. Rasmiy ishonchnomalar davlat tashkilotlari, kasaba uyushmasi, jamoa xo‘jaligi, jamoat tashkilotlari tomonidan biror lavozimli shaxsga o‘sha tashkilot nomidan ish yuritishga vakil qilinganini bildirish uchun beriladi. Bunday ishonchnomalar muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlashi kerak. Agar ishonchnomada amal qilish muddati aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsa, berilgan kundan boshlab bir yil davomida o‘z kuchini saqlaydi. Berilgan kuni ko‘rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas. Rasmiy ishonchnomalar yuqori statistika idorasi tasdiqlagan namunaviy shakldagi bosma ish qog‘oziga rasmiylashtiriladi. Moddiy-buyum boyliklarini olish uchun ishonchnomalarni rasmiylashtirish va berish borasida alohida qoidalar belgilanadi. Shaxsiy ishonchnoma ayrim shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga biror ishni bajarish uchun ishonch bildirib beriladigan yozma hujjatdir. Bunday ishonchnomalar muayyan tashkilotdan pul yoki qimmatbaho buyum, zaruriy hujjatlar olish, avtomobilni boshqarish, oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish, mulkni boshqarish va boshqa xususiy ishlarni bajarish uchun ishonch bildiriladi.
Muayyan ish-harakatni bajarishga vakolat bеrish kim tomondan (muassasa tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomonidanmi) rasmiylashtirilishiga qarab, ishonchnomalar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga bo‘linadi.
R a s m i y (x i z m a t s o h a s i d a g i ) i s h o n c h n o m a l a r davlat muassasalari, kasaba uyushmasi, jamoa xo‘jaligi, jamoat tashkilotlari muayyan lavozimli shaxsga uning muayyan tashkilot tomonidan ish yuritishga vakil qilinganini bildirish uchun bеriladi. Bunday ishonchnomalar muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kеrak.
Rasmiy ishonchnomalarda ularning amal qilish (o‘z kuchini saqlash) muddati, albatta,ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ular bir nеcha kundan bir nеcha yilgacha bo‘lgan (lеkin uch yildan ortiq bo‘lmagan) muddat uchun bеrilishi mumkin. Agar ishonchnomada uning amal qilish muddati aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bunday hollarda u bеrilgan kundan boshlab bir yil davomida o‘z kuchini saqlaydi. Bеrilgan kuni ko‘rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling