Kasbiy nutqning qo'llanilish sohalari


Download 1.61 Mb.
bet32/44
Sana30.04.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1407768
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44
Bog'liq
фойдаланишга

T A R J I M A I H O L
Hozirgi paytda ko’plab zamonaviy tashkilotlar va ayniqda xalqaro korxonalar ishga topshirayotgan shaxslardan Tarjimai hol yuborishlarini talab qilishadi. Tarjimai hol o’zi nima degani? Tarjimai hol fransuzcha “rezumye” so’zidan kelib chiqqan va sodda qilib aytganda qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Tarjimai hol ishga topshirayotgan inson to’grisida ma’lumotni taqdim etadi, ya’ni uning ismi, ma’lumot darajasi, ish tajribasi, qizishlari va hokazo.
Tarjimai hol hozirgi kunda ish qidirishda eng muhim hujjat hisoblanadi.O’zbek tilida bunday hujjat “tarjimai hol” va “shaxsiy ma’lumotnoma” deb ham atalishi mumkin, lekin Tarjimai holning shakli bu hujjatlardan biroz farqlidir.
Tarjimai hol asosan ish izlovchilar tomonidan ishga topshirayotganda yuboriladigan hujjat hisoblanadi, lekin u boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin.
Tarjimai hol yozish uchun bir qator tavsiyalarga amal qilish kerak. Bunda kasbiy biografiyaning quyidagi asosiy dalillariga urg’u berilishi kerak:

  1. Lavozim - agar tarjimai hol qanday tuzilishini bilmaganda qaysi lavozimga davo qilinayotganligini ko’rsatish kerak bo’ladi. Masalan «buxgalter» yoki «PHP dasturchi».

  2. Bog’lanish uchun ma’lumotlar - yashash manzilini ko’rsatish shart emas, lekin elektron pochta va telefon raqamni albatta ko’rsatish kerak. Yashaydigan shahar va qancha maoshga da’vo qilinayotganligini ham ko’rsatish mumkin.

  3. Ish tajribasi - dastavval so’nggi ish joyingiz bilan boshlab, birinchi ish joyingiz bilan yakunlash kerak. Ish joylarda qanday lavozimda ish yuritganingiz ham muhim sanaladi. Yutuqlaringizni ham kiritishingiz mumkin.

  4. Ma’lumoti - oliy, o’rta yoki o’rta maxsus kabi.

  5. Kasbiy maxorat va ko’nikmalar - nimalar qo’lingizdan keladi, qaysi dasturlar bilan ishlashni bilasiz, shular haqida yozish kerak. Qo’shimcha tillarni bilishni ham kiritish mumkin. Ingliz tilini biladigan ishchi hech qaysi sohada ortiqchalik qilmaydi.

  6. Tavsiyanomalar - agar oldingiz ishingizdan biron kim sizni tavsiya eta oladigan bo’lsa, ular bilan bog’lanish uchun ma’lumotlarni kiritish foydadan holi bo’lmaydi.


  7. Download 1.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling