Kasbiy nutqning qo'llanilish sohalari


Download 1.61 Mb.
bet30/44
Sana30.04.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1407768
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44
Bog'liq
фойдаланишга

T A V S I Y A N O M A
Tavsiyanoma – arabcha so’z bo’lib “tavsiya qilish”, “maslahat berish”, “tanishtirish” ma’nolarini bildiradi. Ya’ni biror kishini ishga, lavozimga, o’qishga va boshqalarga loyiq ko’rib yozma ravishda taqdim etish.


Tavsiya xatlariga misol:


So'ralgan joyga; tegishli bo'lgan shaxsga:
Ushbu yo'nalishlar orqali sizga (to'liq ism) mening kompaniyamda/ biznesimda/ mening zimmamda xxx yil davomida ishlaganligi to'g'risida xabar beraman. U o’zining odobi, axloqi bilan boshqalarga ibrat bo’ladigan xodim. U o’z ish faoliyati davomida o'zini juda harakatchan va mehnatsevar, sadoqatli, mas'uliyatli va sodiq vazifalarini bajaruvchi sifatida isbotladi. U o’z ustida doimiy ravishda ishlaydi, har doim o'z bilimlarini takomillashtirishga, o'qish va o’rganishga, yangiliklar yaratishga harakat qiladi.
Shu yillarda u quyidagi lavozimlarda ishlagan: (lavozimlarni qo'yish). Shu sababli, ushbu tavsiyanomani o'zingizning lavozimingizda ko'rib chiqishingizga umid qilaman, chunki u sizning mas'uliyatingiz va majburiyatlaringizga javob beradi.
Hurmat bilan,
[Ism va familiya]
M A’ L U M O T N O M A
Bo’lgan voqea yoki mavjud holatni bildirish – axborot berish mazmunida ifodalaydigan hujjat. Ma’lumotnomalar, odatda, yuqori idora, mansabdor, jismoniy va yuridik shaxslarning ko’rsatmasi, talabi yoki iltimosiga ko’ra tuziladi hamda biron-bir masalada iltimosni qondiradigan axborot va ma’lumotlarni o’zida aks ettiradi. Ma’lumotnoma o’ xususiyati va mazmuniga ko’ra ikkiga: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnomaga bo’linadi.
Xizmat ma’lumotnomasi – muassasa faoliyatiga doir voqea-hodisalarni rasmiy ravishda aks ettiradi va tasdiqlaydi, axboriy xususiyatiga ega bo’lgan xilma-xil ma’lumotlarni o’z ichiga oladi, zarur hollarda esa, raqamli jadvallar ko’rinishida tayyorlanadi. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat, xodim (shtat)lar soni, topshiriqlarning bajarilishi, Tovar-moddiy boyliklarning saqlanishi, mehnat intizomining ahvoli haqida va boshqa xilma-xil masalalar to’g’risida tuziladi. Xizmat ma’lumotnomasi o’z navbatida ikkiga – ichki va tashqi xizmat ma’lumotnomalariga bo’linadi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling