Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari turlari va ulardagi ta’lim -tarbiya jarayoni


Download 389.03 Kb.
bet36/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   128
Bog'liq
MA

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari turlari va ulardagi ta’lim -tarbiya jarayoni

“Ta’lim to‘g‘risida” gi qonunning 6-moddasiga binoan ta’lim muassasalarining maqomi quyidagicha belgilangan:

  • Ta’lim muassasasini akkreditasiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestasiyaga asosan amalga oshiriladi;

  • Ta’lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda barpo etiladi. Nodav­lat ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Va­zirlar Maxkamasi belgilagan tartibda davlat akkregasiyasidan, o‘tgan paytdan boshlab yuridik shaxs dars va ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish xuquqiga ega bo‘ladi;

  • Ta’lim muassasasi qonun xujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi;

  • Ta’lim muassasasi attestasiya natijalariga binoan davlat akkreditasiyasidan maxrum etilishi mumkin;

  • Ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya majmualariga hamda o‘quv-ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga xaqli;

  • Ta’lim muassasalari ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shug‘ullanishga xaqli.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari ham yuqorida ko‘rsatilgandek ta’lim muassasasi maqomiga ega. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tegishli tarmoq DTS lar asosida o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalarida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalarining quyidagi turlari faoliyat ko‘rsatadi.

        1. Akademiy litseylar.

        2. Kasb-hunar kolleji.

Bu ta’lim muassasalarida yoshlarga majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim negizida muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil turdir. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishi – akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.

Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling