2. Kasb-hunar ta’limi natijalarini nazorat qilish individual o‘ziga xos xususiyatlari va baholash mezonlari
O‘quv vazifalari, o‘quv-ishlab chiqarish ishlarining mazmuni hamda xarakteri, nazorat qilish bosqichlarini hisobga olish zarur.
Bu vazifalar yechimini topishning asosiy yo‘llaridan biri o‘quvchilar bilim ko‘nikma va malakalarini baholashda obektivlikni oshirish; baholarni aniq ilmiy asosda qo‘yish hisoblanadi.
Ana shunday mezonlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin.
1 .Nazariy ta’lim bo‘yicha bilimlar mukammalligi (o‘rganilgan obektning
muhim jihatlarini yorita olishdagi miqdoriy ko‘rsatkichi);
2. Tizimlilik (bilimlar elementlari orasidagi aloqadorliklarning anglanganligi);
3. Umumlashganlik (bilimlar elementlari orasidagi umumiylikning anglaganligi);
4. Haqiqiyligi (bilimlardan aniq shart-sharoitlardan foydalana olish qobiliyati);
5. Mustahkamligi (o‘zlashtirilgan bilimning xotirada saqlanishi);
Ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha:
- xatti - harakat usullarining o‘zlashtirilganligi;
- o‘quv-ishlab chiqarish vazifalari (ishlari)ni bajarishda texnik, mehnat va hayot xavfsizligi talablariga amal qilinishi.
- texnik-texnologik talablarga amal qilinishi;
- vazifani (ishni) belgilangan meyoriy vaqt birligida bajarilishi va shu kabilar.
Zikr etilgan mezonlar va ko‘rsatkichlarni baholar bilan aniqlashtiruvchi nisbatlar aniq o‘quv predmetlari bo‘yicha dasturlar ishlab chiqqan mualliflar va kasb-hunar kolleji metodik komissiyasi tomonidan belgilanishi zarur. Bu meyorlar asosida talim natijalarini joriy, oraliq va yakuniy baholash mumkin bo‘ladi.
Eslatma:
Agar biror buyum (mahsulot) tayyorlash imkoni mavjud bo‘lmasa, ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha (ko‘nikma va malakalar) o‘quvchilar tomonidan tahlil qilinishi, ish o‘rnini tashkil etish; texnologik jarayon mohiyatini tushunish va asoslash, laboratoriya amaliy ishlarni bajarishga ko‘ra baholanishi mumkin.
Umuman kasb-hunar ta’limi natijalariga ko‘plab omillar ta’sir etadi. Ularning muhimlarini chizma shaklida quydagicha ifodalash mumkin (14-chizmaga qarang).
14 – chizma.
Do'stlaringiz bilan baham: |