“kasbiy pedagogika” fan sifatida


psixologik-pedagogik turkumdagi


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

psixologik-pedagogik turkumdagi fanlarni o‘rganmasdan, ulardagi bilimlarni
egallamasdan turib «Kasbiy pedagogika»  fanini chuqur o‘zlashtirib bo’lmaydi.
Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisi «Kasbiy pedagogika» fanini o‘rganar ekan, u
quyidagi bir qator fanlarni o‘rgangan, u fanlardan  chuqur bilimga ega bo‘lgan
bo‘lishi kerak:
- umumiy psixologiyaning obekti, vazifalari. Psixologiya tabiiy va ijtimoiy fan
sifatida. Psixika, haqida tushuncha, psixikaning oriyentirovka qiluvchanlik va
boshqaruvchanlik vazifasi. Bosh miya va psixika. Psixika va ong. Psixologiya va
falsafa. Sharq mutafakkirlarining psixologik qarashlari.
Muloqot psixologiyasi va nutq. Diqqat va uning turlari. Sezgi va idrok. Xotira
va xayol. Tafakkur. Muammoli vaziyat va uni hal qilish. Temperament, uning o‘ziga
xos xususiyatlari kabi masalalarni o‘rganuvchi umumiy psixologiya faninini;
- kasbiy psixologiya fani, uning predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot
ob’ekti, metodlari, kasblarni tasniflash;


10
- pedagogika fani, uning predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obekti,
metodlari.
«Ta’lim to‘grisidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi».
Ta’limning uzviyligi va uzluksizligi. Uzluksiz ta’lim. Pedagog kadr tavsifnomasi.
Pedagogika fanining maqsadiga ko‘ra tarmoqlari, boshqa fanlar, shu jumladan falsafa,
psixologiya fanlari bilan aloqasi. Pedagogik antropologiya. Shaxs, ta’lim va tarbiya.
Xorijiy mamlakatlardagi tarbiyaga qisqacha izoh. Yagona pedagogik jarayon.
Didaktika – ta’lim nazariyasi. Didaktikaning vazifalari. Ta’limning rivojlanish
yo‘nalishlari (konsepsiyasi): uzluksiz ta’lim konsepsiyasi, texonologizatsiya
konsepsiyasi, ta’lim paradigmalari.
Didaktik prinsiplar (tamoyillar). O‘qitish jarayoni, o‘qitishning ta’limiy,
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari. Ta’limning psixologik, fiziologik asoslari.
Ta’limda ilmiylik, izchillik, muvofiqlik, ijodiylik va boshqa prinsiplar. Ta’lim
jarayonida motivatsiya.
Ta’lim metodlari, vositalari va texnologiyalari. Umumiy va xususiy metodlar.
O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga qaratilgan metod va texnologiyalar. Metod tanlash
va motivatsiya. O‘quv adabiyotlari va ularning turlari. Elektron o‘quv adabiyotlari.
Ta’lim turlarining o‘ziga xos xususiyatlari. Pedagogik texnologiyalar. Ta’lim
shakllari. Ta’limni tashxis etish.
Tarbiya nazariyasi. Tarbiya jarayoni, muhiti (sotsium), tarbiya prinsiplari,
tarbiyaga qo‘yiladigan talablar. Tarbiya metod va texnologiyalari. Milliy tarbiya
masalasi. Tarbiya turlari. Tarbiya va milliy g‘oya. Tarbiya va ma’naviyat. Oila
tarbiyasi.
O‘zbekistonda maktab, maorif, ta’lim va tarbiyaning rivojlanish tarixi.
Mustaqillik davrida ta’lim va tarbiya. Jahonning rivojlangan mamlakatlarida
pedagogik fikrlarning xususiyatlari kabi masalalarni o‘rganuvchi pedagogika
nazariyasi va tarixi fanini;
kasbiy ta’limda pedagog faoliyatining umumiy tavsifi: maqsadga
yo‘naltirilganlik, o‘quv motivatsiya va rag‘batlantirish; yangi bilim, ko‘nikma va
malakalarni shakllantirish; pedagogik loyihalarni amalga oshirishda shakl, metod va
vositalarni optimallashtirish;

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling