ta’limda axborot texnologiyalari: kompyuterlar-o‘quv tarbiya jarayonlarni
boshqarish va tashkil qilish vositasi; dasturlashtirilgan pedagogik vositalar,
masofadan o‘qitish tushunchasi; elektron o‘qitish vositalari va ularga o‘quv
jarayonida qo‘llashda asosiy talablar kabi masalalarni o‘rganuvchi pedagogik
texnologiyalar fani va shu kabi fanlarni.
Shu tariqa “Kasbiy pedagogika” fanining boshqa fanlar bilan o‘z aro aloqasi
ta’minlanadi.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Kasbiy mahorat deganda nima tushuniladi?
2. Kasbiy pedagogika nimani o’rganadi?
3. Kasbiy pedagogikaning asosiy vazifalarini aytib bering.
4. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni amalga oshirishning asosiy maqsadi
nimalardan iborat?
5. Uzluksiz ta’lim tizimida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi qanday talablar
asosida tashkil etiladi va rivojlantiriladi?
6. Kasbiy pedagogika qaysi fanlar bilan aloqador?
Do'stlaringiz bilan baham: |