12
Haqiqatan ham, bundan 25 yil oldin xalqimiz o‘zining mard
va donishmand
rahbari boshchiligida mustaqillikka erishdi. Bu mustaqillik mamlakatimizda siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy hayot va milliy ma’naviyat sohalarida yangi bir davrni boshlab
berdi. U ta’lim tizimini rivojlantirish sohasida ham tub buyuk islohotlarga yo‘l ochdi.
Mustaqillikkacha bo‘lgan davrda yagona mafkura
hukmronligi ostidagi
pedagogik tizim sharoitida yashadik, faoliyatimizni
sobiq markazdan yuborilgan
tavsiyalar asosida tashkil etdik. Natijada shaxs manfaatlari va ularning ma’naviy
ehtiyojlari maktab devorlari ortida qoldi. Amalda maktab bitta yo‘nalishga -
kommunistik mafkurani mustahkamlashga xizmat qildi. Pedagogik ijod,
ona tili va
Vatan tarixi, geografiyasi, tabiati, milliy
urf-odatlari, an’analar, ma’naviyat va
qadriyatlarni o‘z o‘quvchilariga o‘rgatishdan deyarli mahrum etilgan o‘qituvchi unga
buyurilganlarnigina o‘rgatuvchiga aylandi. Ta’lim-tarbiya ishlarining 70 yil davomida
shakllanib qolgan ana shu illatlardan xalos qilish ta’limdagi
islohotlarning tub
mohiyatini tashkil qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: