2. Kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladigan uslubiy ishlar
1. G‘oyaviy yo‘nalganlik - uslubiy ishlar zamon talablariga hamnafas chuqur
g‘oyaviylikka ega bo‘lishi kerak.
Mustaqil O‘zbekiston respublikasining kelajagi buyuk davlat ekanligini o‘g‘il-
qizlarimiz ongiga singdirish, tarbiya asosida milliy mustaqillik g‘oyalari bilan
sug‘orilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
Buning uchun yoshlar bilan ishlayotgan pedagoglar, muhandis-pedagoglar,
tarbiyachilar bilan olib boriladigan metodik ishlarning mazmuni ham davr va
istiqbol talablari darajasida bo‘lishi muhimdir.
2. Ilmiylik - uslubiy ishlarni ilmiy g‘oyalar, nazariyalarga tayangan holda olib
borishni ko‘zda tutadi. Shuning uchun pedagoglar, muhandis-pedagoglar,
tarbiyachilar yoshlarning psixologiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasini, o‘qitadigan
o‘quv predmeti mazmunini, ta’lim-tarbiya nazariyasini, qonuniyatlarini, prinsiplarini,
tashkil etish shakllarini,amalga oshirish metod va vositalarini mukammal bilishi
zarur. Ular kasbiy pedagogik mahoratlarini oshirishlari uchun muntazam ravishda
o‘z ustida mustaqil ishlab, ijod qilishi darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |