“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Ta’sirchanlik va oshkoralik -


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

5. Ta’sirchanlik va oshkoralik - uslubiy ishlarning ta’sirchanligi eng avvalo,
o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish sifati bilan aniqlanadi. Agar o‘quvchilarda
shakllangan  bilim, ko‘nikma va malakalari sifati hamda darajasida ijobiy siljishlar
bo‘lmasa, uslubiy ishlarning samarasi  past hisoblanadi.  Bu borada sustkashlikka
yo‘l qo‘yish mumkin emas. Shuning uchun uslubiy ishlarning ta’sirchanligi ko‘p
jihatdan rejalashtirilishiga, rejalarining aniqligiga, amalga oshirilgan ishlarning
hajmiga va boshqa omillarga bog‘liq. Shuningdek, kasb-hunar kollejlarida uslubiy
ishlarni tashkil etish va boshqarishda oshkoralikka e’tiborni qaratish zarur, bunda har
bir xodim mehnatining natijalarini o‘z vaqtida xolisona ko‘rsatish, rag‘batlantirish,
tanqid qilishni meyorida  amalga oshirish maqsadga muvofiq.


166
Odatda uslubiy ishlar malum aniq rejaga binoan bajariladi. Bu holat ayrim
ishlarni bir necha marta takrorlanishini bartaraf etib, pedagoglar orasida ishlarni
maqbul taqsimlanishini  ham taminlaydi.
Kasb-hunar kollejlarida uslubiy ishlarni tashkil etib o‘tkazish uchun odatda
haftaning aniq bir kuni ajratiladi. Misol uchun kasb-hunar kollejlarida tashkil
etiladigan uslubiy ishlar uchun haftaning chorshanba kuni ajratilsa, har chorshanba
kunlari jamoaviy uslubiy ishlarning aniq bir ko‘rinishi muntazam ravishda
o‘tkazilishiga imkon beradi: masalan, har oyning birinchi chorshanba kunlari ilmiy
pedagogik kengash, ikkinchi chorshanba kunlari uslubiy kengashlarning yig‘ilishlari,
uchinchisida pedagog va muhandis-pedagoglarning malakasini oshirish kabilar
rejalashtirilishi mumkin. Uslubiy ishlar rejalashtirilgan kunga kasb-hunar kollejida
boshqa hech qanday tadbir rejalashtirilmaydi. Kasb-hunar kollejlarida o‘quv yilining
istalgan birinchi yoki ikkinchi yarim yilligi uchun mo‘ljallab tuzilgan  uslubiy
ishlarning umumiy rejasida: ilmiy-pedagogik kengash, uslubiy kengash, seminar-
praktikumlar, ochiq darslar, pedagogik o‘qishlar, ilg‘or pedagogik tajriba maktablari
kabilar o‘z ifodasini topadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling