“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

      Ilmiy pedagogik kengash ishining mazmuni quyidagilardan iborat bo‘lishi
mumkin:
Ø O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasining
qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, o‘rta  maxsus, kasb –hunar ta’limi
Markazi kabi boshqaruv idoralarining ta’lim – tarbiya ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan
buyruq  va ko‘rsatmalarini bajarish yuzasidan kasb-hunar kollejlari bo‘yicha chora-
tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;
Ø tarbiya jarayoni mazmunini, respublikaning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot
darajasi, istiqbollari, fan va texnikaning yutuqlari asosida  takomillashtirish;
Ø samarali talim  texnologiyalarini  amaliyotga joriy etish;
Ø amaldagi o‘quv reja va dasturlarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar
ishlab chiqish;
Ø mahalliy sharoitni hisobga olib, mutaxassis  kadrlarga bo‘lgan talab va
ehtiyojni o‘rganish;
Ø kasb-hunar kollejlarida malakali kichik mutaxassislarni  tayyorlash
dasturini va uning bajarilishini muntazam ravishda muhokama qilib borish;
Ø o‘quv reja va dasturlarning bajarilishini, o‘tilayotgan mashg‘ulotlarning
sifati, o‘quv predmetlari kesimida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini tahlil
qilish;
Ø guruhlar kesimida  ta’limiy–tarbiyaviy ishlarning holati to‘g‘risida
o‘qituvchilarning hisobotini eshitish;
Ø turkum o‘quv predmetlari uyushmalari faoliyatini o‘rganish  va  tahlil
qilish;
Ø o‘quv yili yakunlari bo‘yicha o‘quvchilarni kursdan kursga o‘tkazish
masalalarini ko‘rib chiqish va uning natijalarini  tahlil qilish, sayoz o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilarning bilim saviyasini ko‘tarish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
Ø kasb - hunar kollejlarini boshqaruv tuzilmasini o‘zgartirishga oid  ilmiy
asoslangan va amalda o‘zini oqlagan takliflar berish;
Ø o‘qituvchi, muhandis–pedagoglarning faoliyatini ichki nazorat va davlat
attestasiyasi natijalariga ko‘ra rag‘batlantirishga tavsiya etish;
Ø o‘quvchilar safidan chiqarish, ularni rag‘batlantirish bo‘yicha tavsiyalar
berish;
Ø kasb - hunar kollejlarining rahbarlari, o‘qituvchilari, muhandis-pedagoglari
tomonidan tayyorlangan ilmiy-uslubiy ishlanmalar, o‘quv qo‘llanmalar,
tavsiyanomalar, didaktik materiallarning dolzarbligini o‘rganib chiqib nashr ettirishga
oid  tavsiyalar berish;
Ø yakuniy nazorat, davlat attestasiyasini yuqori darajada o‘tkazish va uning
natijalarini tahlil qilish;
Ø kollejning o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-amaliy ishlari va istiqbol rejalarini,
moddiy-texnik va ilmiy-uslubiy  bazasini  mustahkamlash;


168
Ø qabul komissiyasining hisobotini muhokama etish;
Ø byudjetdan tashqari topilgan mablag‘lar sarf-xarajati hisobotlarini eshitish;
Ø ta’lim muassasasining moliyaviy va xo‘jalik ishlari bilan bog‘liq
masalalarini muhokama etish;
Ø o‘quvchilarni sog‘lomlashtirish, sport va yoshlarni chaqiriqqacha
tayyorgarligiga oid davlat dasturlarini bajarish borasida olib borilayotgan ishlarni
o‘rganish va ularni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
Ø o‘quvchilarning o‘qishi, yashashi va madaniy dam olishlari uchun
yaratilgan sharoitlarni yaxshilash;
Ø o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarishini  rivojlantirish;
Ø yosh o‘qituvchilarning ish faoliyatini o‘rganish, ularga zarur uslubiy
yordam ko‘rsatish, malakasini oshirish kabilar.
Pedagogik kengash kasb-hunar kollejlarida tashkil etilib o‘tkaziladigan uslubiy
ishlarning muhimi bo‘lishi bilan birga kollej faoliyatini boshqarishda o‘ziga xos omil
hisoblanadi. Ana shu bois ham biz keyingi faslda unga to‘xtalib o‘tamiz.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling