“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

Uslubiy komissiyalar – har bir kafedra qoshida tashkil etiladi. Ularning asosiy
vazifasi tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha kichik mutaxassislar tayyorlashda  davlat
ta’lim standartlari asosida ta’lim shakllari, metodlari va vositalarini  tanlashga oid
uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek, ularda o‘qituvchilarning
ijodiy ishlari muhokama etilib, amaliy ko‘mak ham beriladi.
Seminarlar, seminar-treninglarning maqsadi – o‘qituvchilar, muhandis-
pedagoglar tomonidan o‘quvchilar shaxsini rivojlantirishga oid pedagogik-psixologik,
fiziologik, gigiyenik, estetik va texnik bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlariga
amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat. Odatda seminar mavzulari pedagogik jamoaning
talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi va amalga oshiriladi.
Seminar-treninglarning amaliy ahamiyati shundan iboratki, u o‘qituvchilar,
muhandis-pedagoglarga dolzarb muammolarni tezkor hal etishga imkon beradi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling