“kasbiy pedagogika” fan sifatida


izlanishlar olib borishning maqsadi va mazmuni


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

izlanishlar olib borishning maqsadi va mazmuni
Butun dunyo miqiyosidagi, ayniqsa, rivojlangan davlatlardagi ta’lim, jumladan
kasbiy ta’lim sohasidagi ishlar, bu sohadagi yangiliklar, olib borilayotgan ilmiy
tadqiqot ishlari barcha mamlakatlar qatori bizning mamlakatimizda ham o‘rganilib,
ular tajribasini o‘z  amaliyotimizga tatbiq qilib borilmoqda.
Kasbiy ta’limga tegishli ilg‘or chet el tajribasini o‘rganish bo‘yicha izlanishlar
?


64
olib borish natijalarini jahon ta’lim jarayoniga tatbiq etishda mazkur davlatlarning
tegishli tashkilotlari bilan bir qatorda xalqaro tashkilotlar ham bir qator ishlarni
amalga oshirmoqda.
Jumladan, YUNESKO tashkilotining tashkil topishi va fan texnika
taraqqiyotini, ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borayotgan ishlari diqqatga
sazovordir.
YUNESKO Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan, madaniyat
masalalarini rivojlantirishga ixtisoslashtirilgan tashkiloti bo‘lib, u 1946 yilda tashkil
etilgan. BMT ikkinchi jahon urushidan keyin suveren davlatlarning ixtiyoriy
birlashuvi asosida jahonda tinchlik va xavfsizlikni saqlash hamda davlatlar o‘rtasida
tinch hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tuzilgan. BMT o‘zining tuzilishiga ko‘ra
Bosh Assambleya (Yalpi majlis), Xavfsizlik kengashi, Xalqaro sudga ega. Bulardan
tashqari BMTning doimiy amalda bo‘lgan faoliyatini Kotibiyat olib boradi va uning
ishini Bosh Assambleya saylab qo‘ygan Bosh Kotib boshqarib boradi.
Bosh Assambleya har yili jahon siyosatining dolzarb muammolarini
muhokama qiladi va bu masalalar bo‘yicha BMTga a’zo bo‘lgan davlatlarga yoki
Xavfsizlik Kengashiga tavsiyalar beradi.
YUNESKO faoliyati o‘ta xilma-xil va ko‘p qirralidir. Uning ta’lim sohasidagi
ishlari ko‘p yo‘nalishlarda olib boriladi. Jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda
savodsizlikni tugatish, jahon ta’limi rivojlanishidagi tendensiyalarni tahlil qilish va
uni ommalashtirish, u yoki bu mamlakatda ta’lim bo‘yicha olib borilayotgan
siyosatni, ayrim ilmiy izlanishlarni ham moddiy, ham ma’naviy rag‘batlantirish va
boshqalar.
Fan va texnologiyani rivojlantirish borasida YUNESKO bir qator davlatlararo
dasturni amalga oshirdi. Bu dastur asosan, ekologik muhitni yaxshilash, atrof-muhitni
muhofaza qilish, ta’lim sohasini rivojlantirishning dolzarb muammolari bilan
bog‘liqdir.
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy jihati bo‘lgan
ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda
mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini
isloh qilish va takomillashtirishyangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik
va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat
siyosati darajasiga ko‘tarildi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi»ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar
tayyorlashning asosi yaratildi.
Ta’limga, jumladan kasbiy ta’limga tegishli ilg‘or chet el tajribasini o‘rganish
bo‘yicha qiyosiy izlanishlar olib borishning maqsadi quyidagilardan iborat:
- kasb-hunar ta’limi tarixi, metodologik asoslari va rivojlanish istiqbollari,
ilg‘or pedagogik tajribalarni tahlil etish va umumlashtirish talim jarayonida o‘qitish
vositalarini keng qo‘llash, DTSlari, rejalar va dasturlar mazmunini tahlil etish va
boshqalar bo‘yicha ilg‘or chet el tajribasini o‘rganish va  ularni ta’lim tizimimizga
qo‘llash orqali o‘z milliy ta’lim tizimiimizni takomillashtirish;
- «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta’lim
tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar


65
tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini izchil
rivojlantirishni ta’minlash;
- ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan
yangilanish, rivojlangan demkoratik huquqiy davlat qurilishi jarayoniga moslash va
ta’lim tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash;
- kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy
taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va
texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish, uning
amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini
ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;
-  ta’lim tizimiga chet el investitsiyalari jalb etishni amaliyotga joriy etish va
o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Kasbiy ta’limga tegishli ilg‘or chet el tajribasini o‘rganish bo‘yicha qiyosiy
izlanishlar olib borishning mazmuni.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga tegishli chet el tajribasini o‘rganish
bo‘yicha izlanishlar quyidagi asosiy yo‘nalishlarda olib borilishi mumkin:
- kasb-hunar ta’limining uzluksizligini ta’minlash uni  mazmunan isloh qilish
va takomillashtirish;
- kasb-hunar ta’limi tizimini oqilona boshqarish;
- kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish;
- kasb-hunar ta’limi tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish va
xizmati ko‘rsatish bozorini rivojlantirish;
- kasb-hunar ta’limining fan, ishlab chiqarish bilan integratsiyasini
rivojlantirish;
- kasb-hunar ta’limi va kadrlar tayyorlash sohasidagi chet ellar bilan xalqaro
hamkorlikni ta’minlash va boshqalar.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling