“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Mualliflar 6 I BOB. KASBIY PEDAGOGIKA FANI VA UNING RIVOJLANISHI


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

Mualliflar


6
I BOB. KASBIY PEDAGOGIKA FANI VA UNING RIVOJLANISHI
1.1. “KASBIY PEDAGOGIKA” FAN SIFATIDA
Reja:
1. “Kasbiy pedagogika” fanining maqsad va vazifalari.
2. Uzluksiz ta’lim tizimida kasb-hunar ta’limiga qo‘yiladigan talablar.
3. “Kasbiy pedagogika” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
1. “Kasbiy pedagogika” fanining maqsad va vazifalari
Kasbiy ta’lim uzoq davrlar mobaynida har tomonlama rivojlangan shaxsni
tarbiyalashga yo‘nalgan bo‘lsada, ushbu tadbir bitiruvchilarning kasbiy mahoratini
shakllanish darajasini pasayishi hisobiga amalga oshirilgan. Bu holat kasbiy
mahoratni va layoqatni oshirish, insonning butun umri davomida o‘zi bilimini
takomillashtirib borish va o‘z-o‘zini tarbiyalash ehtiyojini oshirishga xizmat qilmas
edi. Mustaqillikka erishgandan keyin Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta’lim
tizimidagi islohotlar natijasida kasbiy ta’lim ishchi kasblariga maxsus tayyorlash
masalasiga, ta’lim oluvchi shaxsida kasbiy mahorat va layoqat sifatlarini
shakllantirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Kasbiy mahorat deyilganda bitiruvchining yuqori darajadagi kasbiy ko‘nikma
va malakalarini egallaganligi tushuniladi, u shaxsning mehnat bozorida egallayotgan
kasbi bo‘yicha raqobatbardoshlik darajasida o‘z aksini topadi. Kasbiy mahorat ishchi
kuchlarining yuqori darajada moslashuvchanligini va yangiliklarni tez o‘zlashtirishi,
yangi ishlab chiqarish sharoitlariga oz vaqt ichida o‘ta olishi, faoliyat sohasini
mustaqil tanlay olishi kabi sifatlar bilan belgilanadi.
Kasbiy mahorat va layoqat shaxsning shunday sifatlariki, ular bo‘lajak
mutaxassisning hayotiy va mehnat muvvafaqiyatlarini belgilab beradi. Mustaqil
Respublikamizda ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichida kasbiy pedagogika
fanining asosiy vazifasi sifatida jahon talablari darajasida yangilanib borayotgan
ishlab chiqarish sharoitlariga moslasha oladigan, mamlakatimiz iqtisodiyotini buyuk
davlat darajasiga ko‘taradigan mutaxassislarni tayyorlash, va bu jarayonda asosiy
omil sifatida beriladigan axborotlar hajmini emas, balki ijodiy yondoshuvni
shakllantirish, mustaqil fikrlash va tatbiq qilish sifatlarini tarbiyalashga e’tibor
qaratish lozim. Shu sababli bugungi kunda barcha fan sohalari bo‘yicha, jumladan
kasb ta’limiga oid darsliklar, o‘quv qo‘llanma va tavsiyalarning yangi avlodini
yaratish muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Bu o‘rinda kasb ta’limiga bo‘lgan
e’tiborning ortib borayotganligini quyidagilar bilan izohlash mumkin:
- ta’lim islohotlari natijasida litsey,  kollej va boshqa shu kabi yangi turdagi
o‘quv muassasalarining shakllantirilishi va rivojlanishi;
- oliy o‘quv yurtlarida kasb ta’limi bo‘yicha alohida bo‘lim va fakultetlarning
tashkil etilishi;
- kasbiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan yanada jipsroq bog‘lanib borishi,
istiqbolda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan, bilim sohalari tutashuvida yangi
konsepsiya va nazariyalarning yuzaga kelishi;


7
- kasbiy ta’lim muassasalarining aholiga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish
turlarining ortib borishi, o‘z bazasida tayyor mahsulot ishlab chiqarish va unga xizmat
ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishi;
- mehnatni tashkil qilishning ilg‘or shakllarini joriy etishi va boshqalar.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling