“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

Kasbiy pedagogika kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlari o‘quvchilarining ta’limi,
tarbiyasi, o‘qishi hamda rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi, ta’lim va tarbiya,
pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash mezonlarini ishlab chiqadi, kasb
ta’limi muassasalari turlarini va ularni boshqarish tizimiii asoslaydi. U pedagogik
nazariyalar to‘g‘risidagi bilimlarni, innovatsion texnologiyalarni loyihalash
uslublarini umumlashtiradi. Kasbiy pedagogika fani insonni kasbiy faoliyatga
tayyorlash, yangi avlodni kasbiy tarbiyalash, malakali ishchi kuchini yangi talablar
darajasiga moslab borishni ko‘zda tutadi.
Kasbiy pedagogika jahon miqyosida tan olingan eng ilg’or metodlar va
yo‘nalishlar bilan boyib bormoqda.  Bugungi kunda o‘zining keng tatbiq’ini kutib
yotgan, fanning boshqa sohalari bilan bog‘liq ravishda ishlab chiqilgan yangi
konsepsiyalar va nazariyalar rivojlantirilmoqda.
Kasbiy pedagogika umumiy pedagogika fanining tarmog‘i sifatida kasbiy -
texnik ta’lim tizimining takomillashish jarayonida shakllanib boradi. U nisbatan yangi
fan sohasi sanalib, bugungi kunda ko‘plab tushunchalari shakllanib, rivojlanib
kelmoqda. Har qanday fan sohasida bo‘lgani kabi kasbiy pedagogika o‘z
kategoriyalari va tushunchalariga, sifat ko‘rsatkichlariga egaki, bular fanning asosini
tashkil qiladi.
Kasbiy pedagogika fani boshqa fanlar bilan birgalikda  kasbiy ta’limning turli
tizimlarida quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin:
* o‘quvchilarning yangi, yanada murakkab vazifalarni amalga oshirishlarini
ta’minlash uchun ularning kasbiy mahoratini oshirishi;
* kasbiy-texnik ta’limning yangi konsepsiyalarini amalga oshirish vosita va
yo‘llarini yaratishga e’tiborni qaratish, faol-ijodkor shaxsni tarbiyalash;
* pedagogik bilimlarni egallashga yangicha yondoshuvlarni ishlab chiqish;

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling