Kasbiy psixologiya fanining predmeti
Download 470.53 Kb.
|
Kasbiy psixologiya fanining predmeti
- Bu sahifa navigatsiya:
- KASBNI EGALLASH
Xarakter va shaxs
Kundalik hayotimizda tilimizda «xarakter» so`zi eng ko`p ishlatiladigan so`zlardan. Uni biz doimo birovlarga baho bermoqchi bo`lsak, ishlatamiz. Bu so`zning ma‘nosini olimlar «bosilgan tamg`a» deb ham izoxlashadi. Tamg`alik alomatlari nimada ifodalanadi o`zi? Xarakter - shaxsdagi shunday psixologik, sub’ektiv munosabatlar majmuiki, ular uning borlikka, odamlarga, predmetli faoliyatga hamda o‘z- o‘ziga munosabatini ifodalaydi. Demak, «munosabat» kategoriyasi xarakterni tushuntirishda asosiy hisoblanadi. B.F. Lomovning ta‘biricha, xarakter shaxs ichki dunyosining asosini tashkil etadi va uni o`rganish katta ahamiyatga ega. Munosabatlarning xarakterdagi o`rni xususida fikrlar ekan, V.S.Merlin ularning mazmunida ikki komponentni ajaratadi: emotsional - kognitiv - borlik muhitning turli tomonlarini shaxs qanday emotsional his qilishi va o`zida shu olamning emotsional manzarasini yaratishi; motivatsion - irodaviy - ma‘lum harakatlar va xulqni amalga oshirishga undovchi kuchlar. Demak, bizning munosabatlarimiz ma‘lum ma‘no va mazmun kasb etgan munosabatlar bo`lib, ularning har birida bizning hissiy kechinmalarimiz aks etadi va xarakterimiz namoyon bo`ladi. Mashxur rus olimi , psixologiya fanining metodologiyasini yaratgan S.L. Rubinshteyn shaxsning o`ziga xosligi va xarakterologik tizimda uchta asosiy tuzilmalarni ajratgan edi; Munosabatlar va yo`nalish shaxdagi asosiy ko`rinishlar sifatida - bu shaxsning hayotdan nimani kutishi va nimani xoxlashi. Qobiliyatlar ana shu tilak-istaklarni amalga oshirish imkoniyati sifatida - bu odamning nimalarga qodir ekanligi. Xarakter imkoniyatlardan foydalanish, ularni kengaytirishga qaratilgan turg`un, barqaror tendensiyalar, ya‘ni bu odamning k i m ekanligi. Bundan tashqari ilm olamida juda ko`plab urinishlar bo`lgan. Ularda odamning turli tabiiy, tug`ma xususiyatlariga xarakterni bog`lashga urinishlar bo`lgan. Masalan, fizionomika odam yuz qirralari va ularning bir-biriga nisbati orqali, xiromantiya - qo`l barmoqlari va kaftdagi chiziqlar orqali, ko`z rangi va qarashlar, soch va uning xususiyatlari orqali o`rganishga harakat qilingan. Juda katta shov-shuvga ega bo`lgan CH. Lombrozo, E. Krechmer, U. SHeldonlarning konstitutsion nazariyalari shaxs xarakterini uning tashqi ko`rinishi, tana tuzilishi bilan bog`lab tushuntirishga o`ringan. Bu nazariyalar juda qattiq tanqidga ham uchragan, lekin keltirilgan material, korrelyasion tahlillar ma‘lum jihatdan individual xususiyatlardagi tug`ma, mavjud sifatlar bilan xarakterologik sifatlar o`rtasidagi bog`liqlik borligini isbot qilolgani uchun ham bu nazariyalar shu vaqtgacha o`rganiladi. SHaxsning individual-tipologik xususiyatlar klassifikatsiyasiga qobiliyat, temperament, xarakter kiradi. Qobiliyat maxsus va umumiy turlarga, layoqat, iqtidor, iste‘dod kabi psixologik tuzilmadan iboratdir. Temperamentlarni chuqur bilish va ularning amaliyot uchun ahamiyati bayon etilgan. Talaba-yoshlardagi qiziqishlarni diagnostika qilish yo`llari ko`rsatilgan. Individual psixologik xususiyatlarning kasb mahorati va shaxs barkamolligi bilan bog`liqligi ochib berilgan. YOshlarni mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiyalash va milliy g`oyani shakllantirishning barkamol avlod tarbiyasidagi o`rni keltirilgan. Psixologiya fanida bu sohada muayyan ilmiy izlanishlar olib borilgan, o`ziga xos yondashishlar amalga oshirilgan. B.V.Kulaginning fikricha, KASBNI EGALLASH deganda odamning individual xususiyatlarini tadqiq etish va baholash maqsadida kasbga saralash, kasb tanlashga yo`naltirish, nomzodlarni (da‘vogarlarni) ixtisoslikka oqilona taqsimlash, kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish, kasbiy faoliyatni optimallashtirishning amaliy masalalari tizimini echish tushuniladi. Individuallikning mohiyatini tushunishga umumiy yondashish kasbga saralash muammosini hal qilishda bevosita ahamiyatga ega. Ma‘lumki, kasbga layoqatlilikni tashxis (diagnoz) qilish insonning kasbiy xislatlarini hisobga olishga asoslanadi. Mazkur jarayonda qiyosiy tahlil orqali shaxsning xususiyatlari ko`rsatkichlari bilan kasbiy faoliyat muvaffaqiyatining mustaqil mezoni darajalari aniqlanadi. Hozirgi zamon psixologiyasining ma‘lumotlariga qaraganda, tashxis (diagnoz) qilish modeli muayyan matematik algoritmga asoslanadi. Guruh uchun o`rtamiyona shaxs imkoniyati tanlanganligi faqat statistik samaraga ega, xolos. Bunday model tashxis (diagnoz) qilishda cheklanganlikka ega bo`lib, tashxisning mutlaq aniqlik darajasidan quyiroqdir. Kasbiy faoliyatni tahlil qilmasdan turib, professional psixodiagnostika (kasbiy psixologik) muammolarini hal qilish mumkin emas, ya‘ni professiografiya mohiyatiga va uning tuzilishiga e‘tibor qilish zarur. ęaqat shundagina faoliyatli yondashuv amalga oshirilib, uning harakatlari va operatsiyalari testlar yordamida baholanishi mumkin. CHunki harakatlar, operatsiyalar mazkur faoliyatning tarkibini tashkil qiladi, ularning qiyosiy tavsifini egallash jarayonini osonlashtiradi, unga layoqatli odamlarni tanlashga negiz yaratadi. ęaoliyat samaradorligini tashxis qilish va baholash uchun testlarni saralash, asoslash uning muvaffaqiyati o`lchovi, mezonini aniqlashga imkon beradi. Professiografiya, (professiogramma) natijalarini umumlashtirish natijasida kasblarni tasniflash (klassifikatsiyalash) imkoni vujudga keladi. Kasbiy faoliyatning tahlili maqsadga yo`naltirilgan va tashkiliy jarayon hisoblanib, u uch bosqichdan tashkil topgan bo`ladi: a) kasbiy faoliyat yuzasidan ma‘lumotlar to`plash; b) olingan ma‘lumot va axborotlarni qayta ishlab chiqish hamda umumlashtirish, ularning negizida professiogramma tuzish; v) amaliy va nazariy masalalarni echish uchun professiogrammadan foydalanish (kasbiy faoliyat muvaffaqiyatini ta‘minlovchi mezonlar tanlash, uni baholash (tashxis qilish) uchun testlar saralash, kasblarni tasniflash va boshqalar). Kasbiy faoliyat yuzasidan ma‘lumotlar (axborotlar) turli manbalardan olinishi mumkin: Muayyan mutaxassislarning kasbiy faoliyatini kuzatish katta ahamiyat kasb etadi. Kasbiy faoliyat to`g`risida ma‘lumotlar to`plashning asosiy metodlaridan biri bo`lib suhbat – intervyu hisoblanadi. Mutaxassislar bilan standart yoki nostandart tarzda intervyu uyushtirish samarali natija beradi. Ba‘zan kasbiy faoliyatning u yoki bu qirralari (jabhalari)ni qayd qiluvchi kundaliklar yoki varaqlardan ham foydalaniladi. Kasb – hunar to`g`risidagi ma‘lumotlar (axborotlar) umumlashtiriladi va har xil shakllarda mutaxassislar hukmiga havola qilinadi. Kasbiy faoliyat shaxsning munosabat va motivlaridan iborat bo`lib, harakatlar va operatsiyalarni nazorat qilish hamda boshqarishni qamrab oladi. ęaoliyatning dinamik xususiyatlarini o`rganish uchun unga ko`pyoqlama yondashishni amalga oshirish zarur. ęaqat motivatsion va regulyativ jabhalarini hisobga olish bilan kasbiy faoliyat mohiyatini tavsiflab bo`lmaydi, modomiki shunday ekan, uning shaxsga oid, emotsional, kognitiv va operatsional, irodaviy jihatlar bilan bog`liq tomonlarini ham tadqiqot predmetiga kiritish lozim. Kasbiy faoliyat muvaffaqiyatini ta‘minlovchi mezonlar sifatida shaxsning maqsadga erishuvini tavsiflovchi har xil ko`rsatkichlardan foydalanish mumkin. Mezonlar tariqasida kasbiy bilimlarga va malakalarga nisbatan uquvchanlik, mutaxassis faoliyatining bevosita va bilvosita ko`rsatkichlari uning hamkorlik faoliyatiga qo`shgan hissasi qo`llaniladi. Kasbiy faoliyat muvaffaqiyati mezonlari qatoriga quyidagilar kiritiladi: Samaradorlikning to`g`ridan to`g`ri ko`rsatkichlari: sifat, ishlab chiqarish salmog`i; Kasbiy tayyorgarlikni aniqlovchi testlar; Kasbiy layoqatini ifodalovchi ma‘muriy tadbir va choralar: intizomga taalluqli choralar, mukofotlash, xizmat lavozimidan ko`tarilish, safarga yuborish, namuna tariqasida stendga joylashtirish; Kadrlar qo`nimsizligi; Noxush holatlar (kechinmalar) va shikastlar (halokatlar); Faoliyat samaradorligini eksperimental tekshirish va o`zini o`zi baholash kabilar. YUqorida bayon qilingan mezonlar ma‘lum talablarga javob berishi shart. Mezonlarning relevantlikligi (adekvatligi, validligi) deganda samaradorlik ko`rsatkichi sifatida muhim ahamiyat kasb etishi tushuniladi. Tanlab olingan mezonlar kasbiy faoliyatning barcha nufuzli tomonlarini aks ettirish lozimligi, ya‘ni mezonlar to`laqonligi. Ular mutaxassislarning kasbiy layoqatining yuksakligi va quyidagi darajalarini farqlashga xizmat qilishi joiz (mezonlar diskriminativligi). Mezonlar xislatini ochishga yordam beruvchi uning omilkorligi, ya‘ni amaliy jihatdan qulayligi muhim o`rin egallaydi va u o`zining soddaligi, kam mehnat talab qilishligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Kasbiy layoqatni (yarog`lilikni) aniqlashda odatda nazorat, sinash natijalari qo`llaniladi (masalan, duradgorning ish sifati, tezkorligi, vaziyatni payqashligi va boshqalar). Ko`pincha mutaxassisning layoqati ma‘muriy hujjatlarda o`z ifodasini topadi (muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi qayd qilinadi). Ba‘zan kasbiy layoqatni o`rganishda baxtsiz hodisalar (haydovchi, uchuvchi, mashinist, operator va boshqa kasb egalarida) hisobga olinadi va shaxsning individual xususiyatlari baholanadi. Kasbiy layoqatni aniqlashda uquvchanlik kategoriyasidan (bilim olishga nisbatan zehnlilik) foydalaniladi va o`zlashtirish tezligi, kasbiy tayyorgarligi, erishgan natijasi mezon rolini o`ynaydi. Psixologiya fanida kasbiy muvaffaqiyat, mahoratning qirralari ekspert baholash metodi yordami bilan o`lchanadi. Buning uchun balli shkala, juft (qo`sh) taqqoslash, tartibga keltirish (ranjirovka qilish) metodlari qo`llaniladi. SHkalaning sodda ko`rinishi ball bilan baholashga mo`ljallangan. SHkalani baholash o`ziga 5 tadan 7 tagacha gradatsiyani qamrab oladi. Miqdorning kamligi uning differensiatsiyasini yanada kuchaytiradi, farqlar aniqligini ta‘minlaydi. Ba‘zi hollarda balli baholash grafik shkala tarzida ham uchraydi (kesma, shakl, parametrik ko`rinishi va hokazo). Lekin balli shkala kasbiy muvaffaqiyatni baholashda ayrim nuqsonlarga ham ega. Ayniqsa, chet el psixologiyasida qo`llanilib kelinayotgan «galo-effekt» metodikasi bunga yaqqol misoldir. Baholanuvchi bilan baholovchi munosabati bir nechta mustaqil shkalalar negizida umumiylikka bog`liq tarzda baholanadi. Natijada shaxsning xilma-xil xususiyatlarini differensiyalash imkoni yo`qoladi, yuzaki baholanish jarayoni yuzaga keladi. Buning oqibatida orttirilgan va pasaytirilgan baholash tiplari, ko`rinishlari namoyon bo`ladi. Ammo, balli shkala baholash tizimini takomillashtirish uchun uning barcha bosqichlardan, tarkiblardan tuzish ma‘qul. ęaqat shundagina yaqqol misollar, namunalar negizida kasbiy faoliyatning turlicha samaradorligi namoyon bo`ladi. Jahon psixologiyasida keng qo`llanilib kelinayotgan metodlardan biri – bu kritik insidentdir. Muayyan o`lchamlarga asoslangan holda ajratilgan insidentlar tasniflanadi (klassifikatsiya qilinadi), ya‘ni tahlil qilish orqali insident xususiyati aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda (u «pretranslyasiya» deb ataladi) birinchi bosqichdagi mezonlarga asoslanib yangitdan tasnif qilinadi. Kasbiy layoqatni o`rganishning yana bir metodi tartibga keltirish (ranjirovka qilish) deyiladi. Har xil vaziyatlarda kuzatilgan shaxslar kasbiy layoqati darajasiga qarab muayyan tartibga solish, jihozlash mumkin. Birinchi rang darajasiga kiritish uchun kasb sub‘ekti kasbiy mahoratning maksimal ko`rsatkichini namoyish qilishi lozim. Kamroq muvaffaqiyatga erishsa, u navbatdagi rangga o`tkaziladi. Download 470.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling