Kasbga layoqatlilik - shaxsning muayyan kasbga yaroqlilik darajasini ko‘rsatuvchi jismoniy va psixik sifatlar yig‘indisi.
Kasbga tayyorgarlik - muayyan kasb bo‘yicha muvaffaqiyatli ishlash imkoniyatini ta‘minlovchi maxsus bilim, ko‘nikma, malaka, odat, sifat, xususiyatlar, mehnat tajribasi va xulq normalariga ega bo‘lishlik.
Kasbga tegishli ma‟lumot - mehnat faoliyatining ma‘lum bir sohasi uchun zarur bo‘lgan maxsus bilim, amaliy ko‘nikma, malaka va odatlar tizimi.
Kasbga xos diqqat – ma‘lum bir kasbda ko‘p yil ishlash natijasida shu kasbning talablari va ob‘ektiv xususiyatlariga mos ravishda tarkib topgan diqqat turi.
Kasbga xos zararliklar - mehnat va ishlab chiqarish sharoitlarining odam organizmi hamda ish qobiliyatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar yig‘indisi.
Kasbga xos odatlar – ma‘lum bir kasb vakillari uchun tipik hisoblangan odatlar.
Kasbda ishlashga to‟g‟ri tanlash- shaxsni muayyan kasbda ishlash uchun qabul qilishda uning shu kasbning ob‘ektiv xususiyatlariga to‘g‘ri keladigan jismoniy va psixik sifatlarini hisobga olish.
Kasbiy malakalar - ishlab chiqarish faoliyatining ko‘p takrorlanishi natijasida avtomatlashgan xatti-harakatlar yig‘indisi.
Kasbiy xotira - bevosita o‘z kasbiga doir narsa va hodisalarni, fikr, hissiyot, harakatlarni esda qoldirish, mustahkamlash va esga tushirishdan iborat xotira turi.
Kasbni tasvirlash - mehnat psixologiyasi sohasidagi ilmiy tekshirish ishlarida muayyan kasbni texnologik va psixologik jihatidan tasvirlashdan iborat tekshirish metodi.
Malakalarning ko‟chishi - muayyan faoliyat sohasida hosil qilingan malakalarning yangi malakalar hosil qilishga ijobiy ta'sir ko‘rsatishdan iborat qonuniyat.
Malakalarning regressi – ma‘lum bir faoliyat sohasida hosil qilingan malakalarning biror sababga ko‘ra, ko‘p vaqt amalda ishlatilmaganligi natijasida asta-sekin so‘nishidan iborat qonun.
Malakalarning rivojlanishi - muayyan faoliyat sohasiga doir malakalarning kundalik amaliyotda ko‘p qo‘llanilishi natijasida tobora o‘sib, mukammalashib borishdan iborat qonuniyat.
Matonatlilik - shaxsning muayyan maqsadni amalga oshirish yo‘lida uchraydigan har qanday ob‘ektiv hamda sub‘ektiv qiyinchiliklarga bardosh berib, ularni yengib chiqishdan iborat irodaviy xarakter xislati.
Do'stlaringiz bilan baham: |