Psixotexnika - psixologiyaning asosan mehnat psixologiyasi amaliy masalalarini o‘rganuvchi sohasi.
Samimiylik - atrofdagi kishilar bilan munosabatda sofdillik vijdonlilik tariqasida ifodalanadigan shaxsiy sifat.
Sangvinik-shaxsning tez, kuchli, lekin beqaror emosional qo‘zg‘aluvchanligi va psixik jarayonlari bilan sifatlanadigan individual xususiyati.
Simpatiya - biror narsaga yoki shaxsga nisbatan ichki moyillik, ishonchdan iborat emosional holat.
Talabchanlik - shaxsning o‘z-o‘zining va o‘zgalarning xulqini muayyan ob‘ektiv tamoyillarga bo‘ysundira olishdan iborat irodaviy xarakter xislati.
Tantiqlik - arzimagan narsalarga ham injiqlik qilaverishdan iborat salbiy xarakter xislati.
Temperament - shaxsning emosional qo‘zg‘aluvchanligi va harakatchanligi bilan sifatlanadigan individual xususiyatlar yig‘indisi.
Toliqish - organizmning jismoniy va aqliy zo‘riqish, salbiy emosiyalar ta‘siri natijasida hosil bo‘ladigan hamda ish qobiliyatining pasayishi bilan sifatlanadigan holati.
Unumli mehnat - bevosita moddiy boylik ishlab chiqarishga qaratilgan mehnat.
Uyatchanlik - asossiz tortinchoqlikda ifodalanadigan xarakter xislati.
Faoliyatni optimallashtirish - mehnat qilish, o‘qish uchun eng qulay sharoitlar, psixologik imkoniyatlar yaratish yo‘li bilan muayyan faoliyatning samaradorligini orttirish.
Flegmatik temperament - sekin kuchsiz va barqaror emosional qo‘zg‘aluvchanlik bilan tavsiflanadigan individual xususiyat.
Xayrixohlik - shaxs kechirayotgan muayyan ruhiy holatining ifodali harakatlar orqali boshqa kishilarga ham o‘tib, ularda shunga mos emosional kechinmalarini hosil qilishdan iborat ruhiy hodisa.
Halollik - shaxsning o‘z burchi va e‘tiqodlariga nisbatan sadoqatida, atrofdagi borliqqa hamda kishilarga vijdonan munosabatda bo‘lishida ifodalanadigan axloqiy sifati.
Xarakter xislati - ijtimoiy muhit ta'sirida tarkib topgan shaxsning xatti- harakatlarida muntazam uchraydigan doimiy xususiyat va sifatlar yig‘indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |