Kasbiy psixologiya fanining predmeti


Download 470.53 Kb.
bet62/67
Sana18.06.2023
Hajmi470.53 Kb.
#1567111
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
Kasbiy psixologiya fanining predmeti

Introversiya - shaxsning o‘z fikrlari, sezgilari, kechinmalari va qis- tuyg‘ulariga tayanish.
Iroda kuchi - shaxsning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadining aniqligi, uni amalga oishirish uchun intilishi, maqsad yo‘lida ma‘lum bir qaror qabul qilish tezligi va uni o‘z vaqtida ijro etishi bilan belgilanadigan iroda sifati.
Irodaviy zo‟r berish - maqsadni amalga oshirish uchun ob‘ektiv va sub‘ektiv qiyinchiliklarni bartaraf qilishda namoyon bo‘ladigan nerv hamda iroda kuchi.
Irodasi bo‟shlik - shaxsning biror faoliyat turini bajarish uchun o‘zini majbur qila olmaslik yoki o‘z harakatlarini o‘z maqsadlariga bo‘ysundira olmaslikdan iborat salbiy xarakter xislati.
Ixtisoslashgan mehnat - muayyan kasbga doir maxsus bilimlar, ko‘nikmalar, malaka va madaniy odatlarning tarkib topishi hamda rivojlanishini talab qiladigan mehnat.
Ish qobiliyati - shaxsning muayyan faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan jismoniy hamda psixik funksiyalari yig‘indisi.
Ish usullarini tasvirlash - mehnat psixologiyasi sohasidagi ilmiy tekshirish ishlarida alohida ish usullari yoki malakalarni ularning bajarilish tartibi bo‘yicha tasvirlashdan iborat tekshirish metodi.
Kasb kasalligi - muayyan kasb sohasidagi psixik yoki shu kasbning ko‘pchilik vakillariga xos bo‘lgan kasallik.
Kasb psixologiyasi - mehnat psixologiyasining kasblarni psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan
psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim.
Kasb tanlashga yollash - pedagoglar, psixologlar, vrachlar va boshqa mutaxassislarning yoshlarni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashdagi maslahati, tushuntirishlari kabi tadbirlar tizimi.
Kasbga qiziqishlar - shaxsning ma‘lum bir kasbga nisbatan doimiy va barqaror motivlashtirilgan qiziqishidan iborat individual xususiyati.

Download 470.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling