Mehnat - tarixan tarkib topgan, maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan, boylik yaratishga qaratilgan ongli faoliyat turi.
Mehnat qobiliyati - shaxsning muayyan mehnat turini muvaffaqiyatli bajarishni ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan jismoniy hamda psixik funksional imkoniyatlari yig‘indisi.
Mehnat madaniyati - mehnatni to‘g‘ri tashkil qilishga doir bilimlar, malakalar va odatlar tizimidan iborat individual xislat.
Mehnat malakalari - mehnat faoliyatining ma‘lum bir sohasiga doir avtomatlashgan, mustahkamlangan harakatlar.
Mehnat psixologiyasi - psixologiyaning mehnat faoliyatining psixologik muammolarini o‘rganuvchi sohasi.
Mehnat terapiyasi - mehnat jarayonlaridan davolash maqsadlarida foydalanadigan fan tarmog‘i.
Mehnatsevarlik - mehnatni xurmatlash uning har qanday turini bajarishga doim tayyor turishdan iborat xarakter xislati.
Motiv - odamni muayyan xatti-harakatlarga undaydigan bosh sabab.
Motivasiya - shaxsning nima uchun ma‘lum vaqtda boshqa fikr va harakatlarni emas, faqat shu fikr va harakatni bajarishga qaror qilganligini asoslab berishi, tushuntirib berishdan iborat mantiqiy operasiya.
Motivlar kurashi - shaxsning oldida bir emas bir qancha maqsadlar mavjud bo‘lgan taqdirda ulardan eng muhimini tanlab olish jarayonida ro‘y beradigan ikkilanishdan iborat holat.
Mustaqillik - shaxsning muayyan aqliy, axloqiy yoki amaliy masalalarni hal qilishida, ayniqsa, murakkab vaziyatni baholash va maqsadga muvofiq yo‘lni tanlashda o‘zining mustaqil fikrlari, tamoyillari hamda e‘tiqodiga ega bo‘lishdan iborat irodaviy xarakter xislati.
Mutaxassis - shaxsning muayyan kasbga nisbatan yaroqlilik darajasi, tayyorgarlik saviyasi, muayyan faoliyat sohasida muvaffaqiyatli ishlay olish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisi.
Mutaxassislik imtixonlari - mutaxassis sinovlarining bir qismi bo‘lib, ishlab chiqarish ta‘limi natijasida o‘quvchilarning olgan maxsus nazariy bilimlarini tekshirish uchun o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |