Kasbiy psixologiyada bilish jarayonlari reja


Download 73.4 Kb.
bet6/6
Sana23.04.2023
Hajmi73.4 Kb.
#1383022
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYADA BILISH JARAYONLARI

Rubin figurasi tavsiya etiladi. Unda ikkita qora profil oq fonda berilgan. Bir qarashda ayrimlar bu rasmlarga qarab, «Bu - vaza» deb atasa, boshqalar uni bir-biriga qarab turgan ikki kishi yuzining yon tomondan ko‘rinishi, deb ta’riflashi mumkin. Shunisi xarakterliki, birinchi marta shu rasmni ko‘rgan odam uni yaxlit idrok qilib, nima ekanligini tushunishga harakat qiladi, lekin biror figurani ko‘rgach, ma’lum vaqtgacha boshqasini ko‘rmay turadi. Agar shu idrok darajasi qolsa, ya’ni yana nimanidir ko‘rishni xoxlamasa, u ikkinchi figurani ko‘rmasligi ham mumkin. Bu bizdagi idrok jarayonlarining faolligimizga, ob’ektga munosabatimizga bevosita bog‘liqligini ko‘rsatib turibdi. Ikkinchidan, idrok bizning qayfiyatimizga ham bog‘liq. Tashvish bilan yo‘lakchadan o‘tib ketayotib, oyog‘ingiz tagidagi narsa tugul, ro‘paradagi odamni ham ko‘rmay qolishingiz mumkin. Yoki san’at muzeyida tomosha qilib yurgan ikki kishi bir rasmda tamoman har xil narsalarni, elementlarni ko‘rishi mumkin. Yaxshi qayfiyatda, yaxshi do‘stlar kompaniyasida iste’mol qilgan taom sizga juda mazaliday tuyuladi. Agar talaba biror fan predmetidan qarzdor bo‘lib qolsa, och qoringa egan shirin taomi ham «ta’timaydi», hatto nima eganini ham unutib qo‘yadi. Yomon qayfiyat ko‘proq qora, nursiz ranglarni idrok qilishga moyil bo‘lsa, yaxshi, ko‘tarinki qayfiyat, aksincha, hamma narsani eng yoqimli ranglarda «ko‘radi». Bu yana bir bor idrokning oddiygina aks ettirish yoki bilish jarayoni emas, balki shaxsdagi faol ustanovkalarga bog‘liq bo‘lgan, mantiqan asoslangan ongli jarayon ekanligini isbotlaydi.
O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar faoliyatiga maqsad ko‘zlagan holda rahbarlik qilish jarayonida o‘quvchilarning idroki rivojlanadi. Shuning uchun darsda, ekskursiyada idrok va kuzatishning to‘g‘ri uyushtirilishi katta ahamiyatga ega.
Idrok jarayonining turlari ko‘p. Ular orasida kasb psixologiyasi uchun muhimi quyidagi hisoblanadi:
Download 73.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling