Kasbiy psixologiyada bilish jarayonlari reja
Download 73.4 Kb.
|
KASBIY PSIXOLOGIYADA BILISH JARAYONLARI
8.2. Rassom - dizayner tayyorlash bilan bog‘liq ta’lim va tarbiya jarayonida talabalarning bilish faoliyatlarini takomillashtirishning psixologik tamoyillari va shartlari
Tashqi olamni bilish imkoniyatlari avvalo, ongning nerv-fiziologik asosi bo‘lmish miya, markaziy asab tizimi va bizdagi ko‘z, quloq, terilarimiz, burun, tilimiz orqali sodir bo‘ladi. Shu organlar va miya faoliyati orqali inson tashqi olamning turfa qirralarini sezadi, idrok qiladi, tuyadi, his qiladi, mushohada qiladi. Professional faoliyatda ushbu organlarning yaxshi ishlashi, ularning adekvat faoliyati muhim ahamiyatga egadir. Masalan, tasviriy va amaliy san’at sohasida ijod qilayotgan rassom ijodkor uchun diqqatning jamlanganligi, qo‘rgazmali – obrazli tafakkurning –ko‘rgan-kechirgan narsa va xodisalarimizning aniq obrazlarini, ularning mohiyati umumlashgan holda miyada aks etishini ta’minlash uchun qanchalik zarur bo‘lsa, malbert oldida turib o‘z asari ustidada ishlayotgan ijodkor uchun naturaning har bir elementlarini, uning soyasi, yuz va gavda tuzilishi , xarakter xususiyatlarini obdon kuzatish, har bir detalning to‘g‘ri o‘rganib chiqish, kuzatish uchun sezgilar, yaxlit idrok va uning anglanganlik darajasi shunchalik dolzarb hisoblanadi. Pedagog- dizayner va rassom uchun esa san’atning qaysi sohasi bo‘lmasin, uning har bir jabhasini analiz va sintez qilish, umumlashtirish kabi tafakkur operatsiyalari muhim bo‘lsa, uni yoshlar ongiga etkazish, tushunarli va ravon tilda, kerak bo‘lsa, chizmalar va multimedia orqali tushuntirish uchun auditoriyaning qabul qilish qobiliyatini o‘zidagi perseptiv qobiliyat bilan uyg‘unlashtirish, didaktiv vositalardan o‘rinli va vaqtida foydalangan xolda tinglovchilar diqqati va hayot protsesslarini boshqarish shunchalik muhim va zarurdir. Demak, biror bir kasb sohasi yo‘qki, u o‘z mutaxassislaridan bilish jarayonlarini boshqarish malakasi yoki ko‘nikmasini talab etmasa. Shu bois ham kasbiy psixologiyada shaxsning tashqi olamni bilishi va unga aloqador jarayonlarni o‘rganish kerak bo‘ladi. Asosiy bilish jarayonlariga sezgilar, idrok, xotira, tafakkur, diqqat va hayol protsesslari kiradi. Diqqat – shunday psixik jarayonki, uning yordamida inson ongi o‘zi uchun ahamiyatli bo‘lgan narsalar, xodisalar, predmetlar mohiyatiga ongini yo‘naltiradi. Ya’ni, diqqat ongining biror ob’ektga yo‘nalganligini anglatuvchi jarayondir va u bizning aqliy jarayonlarimizda juda katta rol o‘ynaydi. Diqqat etishmasligi hamisha odamning nafaqat aqliy salohiyatida, balki insonlar olamida ham o‘zini noadekvat tutishiga sabab bo‘ladi. Ijodiy qobiliyatlar diqqatning muayyan darajada izchil va barqaror ishlashini taqozo etadi. Psixologiyada diqqatning asosan ikki xili farqlanadi ihtiyoriy va beihtiyor diqqat. Birinchisi shaxs ongining bevosita o‘ziga kerak bo‘lgan ob’ektlarga, maqsadga muvofiq ravishda, ataylab yo‘nalishini nazarda tutsa, ikkinchisi – narsa va xodisalarning o‘ziga xos bo‘lgan jozibadorlik, rangi yoki boshqa xususiyatlari tufali ongimizning bevosita o‘sha tomonga jalb etilganligidir. Masalan,biror bir asar ustida ishlash jarayonida rassom talabaning natura bilan ishlash jarayonidagi diqqatining turg‘unligi asarning talab darajasida ishlashiga yordam beradi Diqqatga xos bo‘lgan xususiyatlarga uning tanlovchanligi (inson uchun aynan manfaatli va ahamiyatli bo‘lib ko‘ringan jihatlarga diqqatning jalb etilishi), uning barqarorligi (bir predmet yoki faoliyat turida muayyan muddat diqqatning ushlab turilishi), diqqatning bo‘linishi (biror narsa va xodisani kuzatish mobaynida diqqatning yana bir boshqa bir yoki undan ziyod narsalarga ham bo‘linishi), hajmi (bir vaqtning o‘zida diqqatning bir qancha ob’ektlarga xos xususiyatlarni kuzata olishi va saqlashi), ko‘chuvchanligi (bir ob’ektdan boshqasiga diqqatning ko‘chib turishi) kabilar kiradi. Download 73.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling