Kasbiy psixologiyada bilish jarayonlari reja


Diqqatning asosiy xususiyatlari


Download 73.4 Kb.
bet4/6
Sana23.04.2023
Hajmi73.4 Kb.
#1383022
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYADA BILISH JARAYONLARI

8.4 Diqqatning asosiy xususiyatlari
Diqqatning barqarorligi, uncha-muncha ta’sirlarga chalg‘imasligi, uning muhim xususiyatlaridan hisoblanadi, diqqatning shu xususiyati tufayli odam o‘z diqqatini uzoqroq vaqt davomida biron-bir narsa yoki ish ustida to‘plab tura oladi.
Narsalar, raqamlar va harflar surati tushirilgan plakatni juda qisqa vaqt ichida (bir lahza) namoyish qilinsa, ayrim kishilar bu ob’ektlardan ko‘proq qismini payqab oladi boshqa kishilar esa kamrog‘ini. Bu kishilardan birinchisida diqqat ko‘lami (hajmi), ya’ni bir yo‘la idrok qilingan narsalar miqdori katta, ikkinchi xil kishilarda esa diqqat ko‘lami kichikroqdir. Agar idrok qilinuvchi ob’ektlar biron yo‘sinda o‘zaro bir-biri bilan bog‘lansa (masalan, harflar birikib, so‘zni tashkil qilsa), odam payqab oluvchi ob’ektlar miqdori ko‘proq bo‘ladi.
Juda ko‘p hollarda birining o‘z diqqatimizni bir narsaga emas, balki bir necha narsa ustida to‘planishimizga va bir yo‘la ikki-uch ishni bajarishimizga to‘g‘ri keladi. Masalan o‘qituvchi darsda yolg‘iz bir o‘quvchini emas, balki 30-40 bolaning hammasini diqqat-e’tibori doirasida tutishi, ularning ishini va xulqini kuzatib borishi, o‘quvchining javobini e’tibor bilan tinglashi, uning doskaga nimani yozayotganini ko‘zdan kechirish, uning ishini baholashi, darsning umuman borishini, vaqtni, mo‘ljaldagi rejaning bajarilishini kuzatib turishi kerak va hokazo. Bir necha narsani yoki turli xildagi ishlarning bajarilishini baravariga ko‘ra olish qobiliyati diqqatning lohida xususiyati, uning taqsimlanishi hisoblanadi.
Yolg‘iz o‘qituvchilik ishi emas, balki boshqa ko‘pgina kasb-hunarlar ham odamdan o‘z diqqatini taqsimlay olish malakasiga ega bo‘lishni talab etadi. Shofyor, uchuvchi, dispecherning ishi va boshqa ko‘pgina ishlar shular jumlasiga kiradi. O‘qituvchining tushuntirilishlarini yozib borar ekan, o‘quvchi ham o‘z diqqatini bo‘la bilishi kerak, zotan o‘qituvchi aytgan jumlalarni yozib berish bilan bir vaqtning o‘zida uning yana ayta boshlangan gaplarini eshitib turishga ham to‘g‘ri keladi.
Diqqatni taqsimlash odamning bir yo‘la bajarilishi zarur bo‘lgan amallardan aqalli bittasini puxta bilishi katta ahamiyatga egadir. Odatda odam o‘z diqqatini bita ish ustida to‘plab turadi, qolgan boshqa amallar deyarli avtomatik ravishda bajariladi.
Odatda buyuk olimlar, yozuvchilar, ixtirochilar, yaxshi pedagoglar umuman ijod qiluvchi kishilar diqqat-e’tiborliliklari bilan ajralib turadilar.
Mashhur tabiyatshunos Charlz Darvin o‘zi haqida shunday deb yozgan edi: «Oddiy odamlardan ustunligim shundaki, boshqalar e’tibor bermaydigan narsalarni ko‘ra olaman va ularni sinchiklab kuzatish qobiliyatiga egaman». O‘ziga qarashli laboratoriyalardagi barcha tajribalarni hamisha juda diqqat bilan kuzatib borgan I.P.Pavlov ham o‘zi haqida shunday gaplarni ayta olishi mumkin edi. Shu boisdan bo‘lsa kerak, Pavlov ayrim eksperimentlarning natijalari va tafsilotlarini shu eksperimentlarni bevosita o‘tkazgan xodimlariga qaraganda ko‘pincha yaxshiroq bilgan.
Yozuvchilardan L.N.Tolstoy A.P.Chexov, A.M.Gorkiy, K.G.Paustovskiy va boshqalar tevarak-atrofdagi kishilarni diqqat-e’tibor bilan o‘rganishda katta qobiliyat egasi bo‘lishgan. Ular biron odam bilan bir marta uchrashganlaridan keyinroq uning juda nozik tasvirini chizib bera olganlar.
Umuman hamma narsaga emas, balki muayyan narsa va hodisalarga nisbatan diqqat-e’tiborlilik shaxsning yo‘nalishidan dalolat beradi. Diqqat-e’tiborlilik odamning barcha psixik jarayonlariga muayyan tus beradi. Uni ma’lum darajada yaxlit shaxs sifatidagi qiyofasini ham belgilaydi. Bir xil odam borki hamma narsaga juda qiziquvchan, tezda o‘qib oluvchan, topqir bo‘ladi, boshqa bir odam aksincha, butun diqqat-e’tiborini Aniq sohaga yo‘naltiradi, uchinchi xil odam esa goh u ish bilan, goh ish bilan umrini o‘tkazadi. Shularni ko‘rib biz ular xarakter iva temperamentining ko‘pgina tomonlari shaxsiy fazilat bo‘lmish diqqat-e’tiborlilikning rivojlanishi bilan boliqligi haqida xulosa chiqara olamiz.
Nihoyat, bu xususiyat odamning axloqiy sifati ham bo‘lishi mumkin, zotan bu sifat odamlarga diqqat-e’tibor bilan munosabatda bo‘lishda, izchilikda, boshqa odamlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishda, mehribonlikda, boshqa odamning fazilatlarini, talablarini, manfaatlarini, ehtiyojlarini tushunishda ifodalanadi. Aksincha, ba’zan odamning o‘zgalarga nisbatan bag‘ritosh, bemehr bo‘lishining sababi shundaki, u o‘zgalarning holatini sezmaydi vash u tufayli ularga ham hamdardlik qila olmaydi, xolos.

Download 73.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling