Kasbiy psixologiyadan ma’ruzalar 1-mavzu


Kasbiy psixologiyasining asosiy vazifalari quyidagilardir


Download 85.11 Kb.
bet3/22
Sana01.11.2023
Hajmi85.11 Kb.
#1737887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
1 МАЪРУЗА СИРТКИ

Kasbiy psixologiyasining asosiy vazifalari quyidagilardir:
1. Odam funksiyasini «odam-mashina» tizimida taxlil qilish, operator faoliyati strukturasi klassifikatsiyasini o‘rganish;
2. Odam-operator axborotlar almashinish jarayonlarini o‘rganish (odamning axborotlarni qayta ishlash jarayonining asosiy 4 bosqichini o’z ichiga oladi: axborotni qabul qilish, qayta ishlash, qaror qabul qilish, boshqarish ta‘sirini amalga oshirish);
3. Operator ish o‘rinlarini tashkil qilish prinsiplarini ishlab chiqish;
4. «Odam-mashina» tizimi samaradorligiga psixologik omillarning ta‘sirinio‘rganish;
5. «Jamoa-mashina» tizimida operatorlarni tanlash va tayyorlash prinsip va metodlarini ishlab chiqish. (Kasb tayyorligi kuyidagilarni o’zichiga oladi:kasb ta‘limi, jamoani shaqllantirish, trenirovka –mashk qilish);
6. «Jamoa – odam – mashina» tizimini muhandislik – psixologik loyihalash va baholash; 7. Muhandislik – psixologik ishlamalarining iqtisodiy samarasini aniqlash; kasb tanlashga yo’llash. Kasb ta‘limi psixologiyasining asosiy muammosi – shaxsning kasbga yaroqliligini aniqlash, uni tayyorlash, mehnat faoliyatiga yo’llash masalalaridir. Bular professiografiyadan boshlanadi.
Kasbiy ta‘limning muhim vazifalaridan biri kasbiy tayyorgarlik bo’lib,
bunda tayyorgarlik ikki xil ko’rinishda amalga oshiriladi: mustaqil o’rganish (qo’shimcha ta‘lim yoki mustaqil ta‘lim) va maxsus kasbiy ta‘lim muassasalarida ta‘lim olish orqali. Kasbiy ta‘limning muvaffaqiyatini belgilaydigan muhim psixologik jarayon ―ma‘lum bir kasbga tayyorgarlik‖holati hisoblanadi. Bu holat emotsional va motivatsion tayyorgarlikni ham nazarda tutadi.


2. Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlaridan foydalanishni shakllantirish, genetik metodlar, praksimetrik metodlar, psixosamatik metodlar. Eksperimental metodlar haqida tushuncha.
Kasb psixologiyasini metodlarini tushuntirishdan avval metod nima va undan qanday foydalaniladi degan savolga javob berib ko‘ramiz. Metod yunoncha so‘z bo‘lib, tekshirish, izlanishning yo‘li, usuli kabi ma’nolami anglatadi. Metod - bu bilimga erishish usuli, olimning ma’lum tarzda tartibga solgan, ongli va izchil faoliyatidir. Har bir fan o‘z predmetini o‘rganish uchun ma’lum bir usullardan foydalanadi. Bu usullar o‘ziga xos yo‘lni tashkil etadi.
Kasb psixologiyasi bir butun fan sifatida juda keng masalalami qamrab oladi. Bularga yosh­lami kasb tanlashlari, ulami mehnat sharoitlariga moslashishlari, kasbni egallay olishlari, o‘z tanlagan kasbini ustasi va yuqori darajadagi mahoratni ko‘rsata olishlari va shu jumladan kasb egalarini shu kasbdan ketishlari kabi ko‘plab masalalami qamrab oladi. Bu esa kasb psixologiyasida metodni har bir ko‘rsatilgan davrda o‘ziga xos holda tanlab olishni talab qiladi. Buni tushunish uchun shuni ko‘z oldimizga keltirishimiz kerakki, kasb tanlash va undan o‘z hayoti davomida foydalanish insonni butun umrini qamrab oladi. Insonni hayot faoliyati davomidagi kasb bilan bog‘liq jarayonlarni ko‘pgina olimlar o‘rganib har biri o‘ziga xos holda ulami tasniflashgan.
Umuman olganda psixologiyani izlanish metodlari - bu faoliyatni o‘ziga xos ravishda tashkil etish natijasida psixik jarayonlarni mexanizmlarini, qonunlarini o‘rganish asosida yangi ob’yektiv bilimlami olishga qaratilgan usullardir. Kasbiy psixologiyaning usullari asosan ikki metodologik tamoillarga asoslanadi:
*subyektiv – o’zini o’zgartirishga qaratilgan kasbiy shakllanishga erishishni ta’minlovchi tamoyilga asosan olib bori­shi;
*obyektiv - kasbni egallashni tashqi belgilarini o‘rganish asosida psixik hodisalami bilish maqsad qilinadi.
Izlanish usullarining ikki shakli mavjuddir:

  • Longityud yoki uzoq davom etadigan izlanish;

  • Ko‘ndalang kesim asosidagi izlanish.

Longityud izlanish shaxsni yoki guruhni aynan bir xil parametrlar asosida uzoq va har doim kuzatishga asoslanadi. Longityud kasbiy shakllanishni individual yolini o‘rganib, undagi o‘ziga xos alohida tomonlami, kasbiy biografiyaning o‘ziga xos rivojlanish tomonlarini, kasbiy obro’ga ega bolish jarayonlarini ochib beradi. Longityud usulida o’z – o’zini kuzatish, psixobiografiya, panelli izlanishlar ishlatiladi. Panel - bu bitta ijtimoiy obyektni ma’lum vaqt ichida qayta - qayta o‘rganish usuli hisoblanadi.
Ko‘ndalang kesim asosidagi izlanishga esa har xil o’rganilayotgan guruhlarni taqqoslash nazarda tutiladi. Bu metod asosida o‘rganilayotgan ob’yektni ko‘proq qismini qamrab olish mumkin. Ko‘ndalang kesim asosidagi izlanishlarda so‘rov usullari, testlar, eksperimentlar tadbiq etiladi.
2. Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlaridan foydalanishni shakllantirish, genetik metodlar, praksimetrik metodlar, psixosamatik metodlar. Eksperimental metodlar haqida tushuncha.
Rossiyalik psixolog E. F. Zeer kasbiy psixologiyaning izlanish metodlari sifatida beshta guruh usullarini ko‘rsatadi.
Birinchi - shaxsni kasbni egallash bilan bog‘liq psixologik xususiyatlami ta’riflab berish. Buning uchun longityud, so‘rov usullari (anketa, intervyu), psixo-biografiya ma’qul deb hisoblanadi. Zeer E. F. bulami genetik usulga tegishli deb belgilaydi.
Kasbni psixologik mazmunini o‘rganish, faoliyat mahsulotlarini o‘rganish, mehnat usul­larini o‘rganish, hujjatlami tahlil qilish, so‘rovli kuzatish, professografiya kabilar orqali bilish mumkin. Bu guruh usullari proksimetrik usullar deyiladi. Ulami kasb psixologiyasi uchun guruhlashni katta ahamiyati bo‘lib, ko’p qirrali metodlami tizimlashtirishga yordam beradi. Jadval: [21, 17. ]


Download 85.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling