Kasbiy psixologiyadan ma’ruzalar 1-mavzu
Muayyan fikrlarni jamlagan holda
Download 85.11 Kb.
|
1 МАЪРУЗА СИРТКИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sotsializatsiya
- 1) faoliyat sohasi
- Shaxs faolligi. F
Muayyan fikrlarni jamlagan holda shaxsga quyidagicha ta’rif berish mumkin. «Shaxs o‘z menligini anglagan, o‘zgalar bilan o‘zaro munosabatlarga kirisha oladigan tabiat va jamiyatga faol ta’sir o‘tkaza oladigan har qanday individ».
Yuqorida bayon qilingan nazariyalar va psixolog olimlarning fikrlaridan kelib chiqib, psixologiyada «shaxs» masalasini tushunish bo‘yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin. jamiyatning a’zosi hisoblangan va ong egasi bo‘lgan har bir individ shaxsdir; shaxs hamma vaqt muayyan, faqat o‘ziga xos bo‘lgan murakkab individual sifatlar va xususiyatlar egasidir. Bu sifatlar va xususiyatlar shaxs xulqida, boshqa shaxslar bilan munosabatlarida, irodasi va xulq-avtorida, xislatlarida, qobiliyatlari, mayllari va qiziqishlarida ifodalanadi; odam shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, balki u ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shaxs sifatida shakllanadi. shaxs psixologiyasini aniq tarixiy sharoitlardan, u mansub bo‘lgan jamiyatdan, jamiyatda egallagan mavqeidan kelib chiqqan holda o‘rganish mumkin. Muxandisxodimlari faoliyatida shaxs muammosini psixologik jihatdan chuqur o‘rganishni taqozo etadi, ya’ni mamlakatimizda yashab mehnat qilayotgan shaxslarning psixologiyasini o‘rganib, jamiyatda barqarorlikni ta’minlashga kelib taqaladi. Bu har ikki tendentsiya uchun ham ustuvor vazifa hisoblanadi. Sotsializatsiya – bu individning ijtimoiy muhitga qo‘shilishi, ijtimoiy ta’sirlarni o‘ziga singdirishi va aktiv ravishda muloqot sistemasiga kirib borishi jarayonidir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, bir tomondan, shaxs aktiv ravishda ijtimoiy ta’sirlarni qabul qiladi, ikkinchi tomondan esa, ularni hayotda o‘z xulq-atvorlari, munosabatlarida namoyon etadi. Shaxs sotsializatsiyasi yoki shakllanishining o‘z sohasi, bosqichlari va muassasalari mavjud. Shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi: 1) faoliyat sohasi, ya’ni umri mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita jalb etilgan bo‘lib, bu jarayonda faoliyatlar katalogi kengayib, boyib boraveradi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarni, malaka va ko‘nikmalarni, bilimlarni talab etadiki, ularni ko‘niktirish yo‘lidagi aktivligi unda o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi; 2) muloqot sohasi, ayniqsa maktabgacha yosh davrdagi va o‘smirlik davrlaridagi muloqot sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni paydo qiladiki, buning natijasida u faol hayotiy mavqega ega bo‘ladi, jamiyatda o‘z o‘rnini tasavvur qilishga erishadi; 3) o‘z-o‘zini anglash sohasi, ya’ni «Men» obrazining yil sayin o‘zgarib borishi jarayoni bo‘lib, avval o‘zini boshqalardan farqliligini, o‘zicha mustaqil harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini anglash, so‘ngra esa o‘z-o‘zini baholash, anglash, nazorat qilish xususiyatlari rivojlanadiki, ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismidir. Shaxs faolligi. Faoliyat insonni shaxs sifatida rivojlanishining asosi, uning ijtimoiy mavjudot sifatida mavjudligining asosiy omili hisoblanadi. Faoliyatni o'zlashtirish, uning murakkablashishi, yaxshilanishi inson asab tizimi rivojlanishining muhim shartidir. Shaxs o`zining faoliyati tufayli tevarak-atrofdagi olam bilan faol munosabatda bo`ladi. Shaxsning faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga ko`rsatadigan ta`siri tushuniladi. Tashqi muhit bilan faqat odamlar emas, hayvonlar ham o`zaro munosabatda bo`ladilar. Lekin hayvonlar tashqi muhitga moslashib yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashibgina qolmasdan, uni o`zgartirishga ham qodirlar. Download 85.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling