Kasbiy soha xodimlarining xulq atvor madaniyati


Download 0.84 Mb.
bet2/6
Sana20.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1634983
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Safarova Sarvinoz 114-guruh falsafa

To’g’rilik-odamlar bilan odob-axloq asosiga qurilgan munosabatni, xushfe’llikni, to’g’rilik esa har qanday vaziyatda o’zini tuta bilishni anglatadi.
Xushmuomalalik- xulq-atvorning kundalik xususiyati bo’lib, odamlarni hurmat qilishni anglatuvchi axloqiy qadriyatdir.
Xushmuomalalik-bu xulq madaniyatining elementar talabi, odamlar bilan mehr-oqibat asosida qurilgan muloqotning sharti, har qanday kishiga, agar u yordamga muhtoj bo’lsa, yordam qo’lini cho’zish, nazokat doirasida ko’zga tashlanadigan xislatlardir.
Xushmuomalalik- mehmonxona xodimlarining madaniyatliligi haqida dalolat beradigan eng muhim xislatlardan biridir.
Kamtarlik- yutuqlarini pesh qilmaslik, manmanlikdan xoli bo’lish, vazminlikni bildiradigan sifatdir. Shu bilan birga, o’ta kamtarlik ham manmanlikka kiradi. Iste’dodli odam o’z iste’dodini yashirsa ham, iste’dodi ko’rinib turadi.Kamtarlik tortinchoqlik degani emas. Tortinchoq odam o’zini yetarli darajada baholay olmaydi. Bunday odamlarni tez-tez maqtab turish, ularga dadillik beradi, o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi.
Madaniyatli tadbirkor- vazirni ham, kompania prezidentini ham, odddiy farroshni ham bir xil ravishda hurmat qilishi shart. Bu samimiy hurmat inson tabiatining asosiy qismiga aylanishi kerak. Axloqiy xulq asosida quyidagi axloqiy baho yotish kerak: ishbilarmon hamkor-yaxshi odam.
Ishbilarmonlik etiketi mijozlar bilan bo’lgan muloqotda maxsus xulqni talab qiladi. Mijozlarga ko’rsatilayotgan har qanday xizmat turidan xulqqa oid kasbiy nozik alomatlar bor.
Eng muhim tamoyil: mijoz-ofisning eng qadrdon va kutilgan mehmonidir.
Ishbilarmonlik doirasida obro’-e’tibor
katta ahamiyatga ega. Yaxshi obro’ qozonish juda
qiyin, lekin uni yo’qotish juda ham oson.
Obro’ qozonishda hamma narsa muhim: nutq
madaniyati, kiyinish, xulq-atvor, ofis interyeri va
h.k. Bundan har bir o’zini hurmat qiladigan kompaniya uchun etikaning asosiy qoidasi kelib chiqadi.
Shuning uchun ham har bir zamonaviy tadbirkor faoliyatining asosiy tamoyillari yana biri bu: Tavakkal qila bilish va omadga ishonish, qarorlar qabul qilishda ma’suliyatdan qo’rqmay o’z zimmasiga olish.
Odamlar bilan muomala qilish sana’ti ham har bir kishidan katta mahoratni talab qiladi. Har qanday lavozimga nomzod deb qaralayotgan odamdan bunday fazilat bo’lishi va bu fazilat har qanday sharoitda namoyon bo’ishi maqsadga muvofiqdir. Siz mehmonxonada, restoranda, kutubxonada yoki laboratoriyada ishlashingizdan qat’iy nazar, eng muhimi-o’z fikringizni aniq va ravshan ifoda eta olishingizdir. Bu esa sizning muvaffaqiyatingizga zamin yaratadi.
Har bir odam o’z fikrini og’zaki yoki yozma ravishda ifodalay bilishi lozim. Sizning o’z individualingizni saqlab qolishga intilishingiz va o’zingiz tanlab olgan hamkorlaringiz bilan ishlashni xohlashingiz-sizning “jamoaning yaxshi o’yinchisiga” aylanishingizga olib keladi. Nomzodning bo’lajak lavozimga ishga o’tish maqsadida suhbatda ishtirok etishining samaradorligi uning kommunikativligi va shaxslararo muomala qilish qobiliyatlarining rivojlanganligiga bog’liqdir.
Kommunikatsiya

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling