Kasbiy ta ‟ lim metodologiyasi


Zamonaviy darsning maqsadlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/132
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1601786
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   132
Bog'liq
gYaipbvK3WAivGAlgd0xzIhh2XRbzs0A3xxJv2ZB (1)

Zamonaviy darsning maqsadlari 
Aristotel ezgulik hamma joyda ikkita shartga: har qanday faoliyatning 
pirovard maqsadini to„g„ri belgilashga va unga erishishning tegishli vosita va 


80 
usullarini tanlashga bog„liqligi haqida gapirgan edi. Darsni muvaffaqiyatli
o„tkazish uchun avvalo darsni tashkil qilish bo„yicha pedagog ifaoliyatining 
maqsadini, u nimaga erishmoqchi ekanligini aniqlab olish, keyin maqsadga 
erishishga yordam berish vositani belgilash, so„ngra esa maqsadga erishish uchun 
qanday xarakat qilish usulini aniqlab olishi zarur. 
Maqsad nima? amaliy jihatdan ta‟riflanganda, maqsad-bu taxmin 
qilinadigan, oldindan biror ob‟ektni / bu o„rinda o„quvchilarni / o„zgartirish 
bo„yicha rejalashtirilayotgan faoliyat natijasidir. 
Pedagog qachon va qanday maqsadlarni o„z oldiga qo„yadi? Gap dars haqida 
ketayotgan ekan, darsga tayyorlanish vaqtida uning maqsadi uchta konkret 
maqsadga «taqsimlanadi»: ta‟lim berish /o„qitish/, tarbiyalash va rivojlantirish. 
Ta‟lim berish, tarbiyalash va rivojlantirish birligi prinsipini M.I. Maxmutov 
triada prinsipi, ya‟ni ta‟limning barcha bosqichlarida yaqqol sezilib turadigan va 
bir-biri bilan bog„langan uchta prinsip deb ataydi. CHunonchi darsga tayyorgarlik 
ko„rish bosqichida bu prinsip talablari shunday ifodalanadiki, pedagog o„quv 
materialini taxlil qilar ekan, o„qitish jarayonida ta‟lim berish, tarbiyalash va 
rivojlantirishning o„zaro bog„liqligi va birligini ta‟minlashga intiladi. 
I. Ta‟limning maqsadi o„quvchilarda yangi tushunchalar va xarakat 
usullarini, ilmiy bilimlar tizimi va boshqalarni shakllantirishni ko„zda tutadi. 
Maqsadni aniqlashtirish zarur. Umumiy ravishda ta‟lim maqsadining quyidagi
turlarini tavsiya qilish mumkin. 
Ta’lim maqsadini turlari quyidagilardir: yangi tushunchani shakllantirish, 
o„quvchilarning qonunlarni, xususiyatlar, belgilar va xossalarini bilib olishlarini 
ta‟minlash; xarakat qilishning yangi usulini o„rgatish; malakalar (qanday) hosil 
qilish, xarakat qilishning ma‟lum usullarini mustahkamlash; o„quvchilarni namuna 
bo„yicha topshiriqlarni bajarishga yoki yangi vaziyatda bilimlarni qo„llay bilishga 
o„rgatish; dunyoqarash g„oyalari va muammolarini ajratib ko„rsatish hamda turli 
darajada ularni o„zlashtirishda yordam berish; o„quvchilarni voqealarga sinfiy 
(estetik) nuqtai nazardan baho berishga o„rgatish; ularni muayyan xulosaga olib 
kelish; fanlarni o„zlashtirishga erishish va boshqalar. 
Ta‟limning aytib o„tilgan maqsadlarini aniqlashtirish zarur. Buning uchun, 
eng avvalo, o„quv dasturi talablarini, o„quvchilar bilimi va ko„nikmalarining 
mazmuni va hajmini, ularning o„qishga bo„lgan munosabatlarini xisobga olish 
zarur. Boshqacha qilib aytganda, ta‟limning maqsadlari mazkur predmetning 
ob‟ektiv imkoniyatlariga, pedagogik protsessni metodik jihatdan ta‟minlashga 
/didaktik vositalar, ta‟limning texnik vositalari va boshqalar/ o„quvchilarning olgan 
dastlabki ta‟lim darajasiga muvofiq qilishi zarur. 
Eng asosiysi – hozirgi zamon ishlab chiqarishning ilmiy asoslarini, uni 
intensivlashtirishning etakchi yo„nalishlarini chuqur o„rganib chiqish, bunda ba‟zi 
korxonalarining spetsifikasini hisobga olish zarur, shuni ham ta‟kidlab o„tamizki, 
ta‟lim maqsadini har bir darsda har xil qo„yish shart emas, bu maqsadga bir necha 
dars davomida erishish mumkin.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling