Eston pishlog`i tez yetilishi bilan boshqa pishloqlardan farq qiladi. U ta‘mi,
konsistensiyasi va boshqa ko'rsatkichlari bo'yicha Gollandiya pishlog'idan farq qilmaydi.
U silindrsimon shaklda ishlab chiqariladi.
Minsk pishlog`i massasi 3-4 kg, to'g'ri burchakli g'o'la shaklida bo'ladi. Yetilish
muddati bir oy, ta‘mi Litva pishlog'i ta‘miga o'xshaydi.
Chedder turkumidagi pishloqlar. Tayyorlash texnologiyasi boshqa turkumdagi
pishloqlardan shu bilan farq qiladiki, massa qoliplar ga solinishidan oldin chedderizatsiya
(bijg'itiladi) qilinadi, ya‘ni yetiltiriladi. Chedderizatsiyaning mohiyati shundan iboratki,
sut kislotasining hosil bo'lishi tezlashadi va sut oqsiliga ta‘sir etib, uni yumshoq hamda
qayishqoq qiladi.
Kislotali bijg'ishni tezlashtirish uchun kameralarda harorat 30°C atrofida bo'lishi
kerak. Chedderizatsiya 1-2 soat davom etadi, keyin pishloq massasi maydalanadi, tuz bilan
aralashtiriladi, qoliplarga sotmib, presslashga yuboriladi.
Chedder pishlog'i kichik va katta massalarda chiqariladi. Kichigini 2,5-4 kg kattasi esa
16-22 kg tashkil etib. to'g'ri burchakli g'o'la shaklida bo'ladi. Uning ta‘mi nordonroq, salgina
o'tkirroq mazaga ega bo'lishi mumkin. Xamiri qayishqoq g'ovaklari kam, ozroqqina
bo'shliqlari bo'ladi. Chedder pishlog'ining tarkibida 50 % yog', 44 % suv, tuz miqdori 2,5
%ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |