Sutli jo`ja oshi
Sutli jo`ja oshi parhez taom bo`lishi bilan birga lazzatli va to`yimlidir. Bundan tashqari,
sutli jo`ja oshqozon va ichaklarni yaxshi tozalaydi.
Kerakli masalliqlar: 3 l sut, 1 stakan oq jo`xori, 200 gr oshqovoq,, 50 gr sariyog`, tuz.
Tayyorlash usuli: o q jo`xori donini sovuq suvda bir necha bor yuvganingizdan so`ng 1
soat ivitib qo`ying. So`ng suvini to`kib tashlab tovonchaga solib maydalang. Maydalaganda don
sirtidagi ko‘piklari ajralib chiqadi.
Qobiq ajratilmasa jo`xori yaxshi pishmaydi. Juxorini sovuq, suv quyilgan qrzonga past
olovga 30-35 daqiqa qo`ying. Don shisha boshlagach, suvini to`king va sut quyib, qaynatishda
davom ettiring. Ustiga katta kubik shaklida to`g`ralgan oshqovoq, soling. Oq juxori to`la burtib
chiqlanda va oshqovoq ezila boshlaganda biling-ki, juja tayyor. Ana endi tuzni rostlang.
Dasturxonga tortishdan 7-10 daqiqa oldin olovdan olib, bir oz dam yediring va kosalarga solib,
yuziga 1 choy qoshiq, sariyog` soling.
Do'stlaringiz bilan baham: |