Kerakli masalliqlar: 400 gr qaymok, 3 l suv, 5-6 dona makkajuxori dumbuli, 2 dona
piyoz, 300 gr oshqovoq, tuz.
Tayyorlash usuli: qozonga 3 l suv quying. Makkajuxori dumbulidan oling va pustini
arching, ikkiga bulib qaynab turgan suvga soling. Boshqa idishga qaymoq solib eriting, Qaynab
yog`i ajralgandan so`ng yupqa to`g`ralgan piyoz solib bir oz aralashtiring va uni dumbul
qaynayotgan qozonga quying. Ustiga esa to`g`ralgan oshqovoq pallalarini solib, meyoriga
yetgunicha pishiring. Tuzini rostlab, 10 daqiqaga dam yediring. Dasturxonga tortishda dumbul
va oshqovoqni likopchalarga suzing, kosalarga esa sho`rvani qo`ying.
Do'stlaringiz bilan baham: |