Kerakli masalliqar: 250 oq juxori, 1 kosa qatiq, 350 f lahm go`sht, 2-3 dona piyoz
(qiymasiga), 2 dona piyoz (jizga), 1 shox jambil, kashnich, tuz.
Tayyorlash usuli: qozonda qo`y yog`ini eriting, jizzasini olib, yog`ni dog`lang va piyoz
solib, jizlang. Go`shtni mayda to`g`rab, qiyma qiling. Unga xal qa shaklida to`g`ralgan piyoz,
tuz va murch sepib, yaxshilab mijg`ilang, ulardan kattaligi yongoqday keladigan teftellar yasang.
Piyoz jizlangandan so`ng qozonga 3 l suv quyib, tayyorlab qo`yilgan oq jo`xorilarni soling,
qaynab chiqqandan so`ng teftellarni va jambilni tashlang va 1 soat davomida miltillatib
pishiring. Tayyor taom 5-7 daqiqa davomida cho`mich bilan shopirib turiladi, shundan so`ng
taomga tuzi. qatiqni qo`shing. Dasturxonga tortishda kosalarga qo`yib, yuziga kashnich to`g`rab
seping.
Do'stlaringiz bilan baham: