Kerakli masalliqlar: 2 l sut, 200 gr un, 0,5 stakan guruch, 50 gr sariyog `(ichiga solish
uchun), tuz.
Tayyorlash usuli: unni sariyog` yoki eritilgan qo`y yog`ida jazlab olib, qaynayotgan
sutga qo`shing. Boshqa idishda guruch qaynatib olib, atalaga qo`shib yuboring. Kosalarga solib,
yuziga 2 choy qoshiq sariyog` soling va dasturxonga torting.
Sutli umoch
Kerakli masalliklar: 1,5 l sut, 1 stakan oq un, 50 gr sariyog`, tuz.
Tayyorlash usuli: 0,5 choy qoshiqda olingan tuzni yarim stakan issiq suvda eriting.
Namakobni laganchadagi unga qo`shib xamir qoring. Ulardan kattaligi nuxatday keladigan
zuvalachalar yasang va qaynayotgan tuzli sutga solib pishiring. Dasturxonga tortishda ularni
kosalarga solib, yuziga 2 choy qoshiq sariyog` soling.
Sutli moshxo`rda
Bu tansiq taom xalq tabobatida qonni va safroni tozalash, asablarni mustahkamlash va ko`zni
ravshan qilish sifati bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, u juda to`yimli va chanqoqbosdi
xususiyatiga ham ega Kerakli masallar: 2 l sut, 200 gr mosh, 250 gr guruch, 50 gr sariyog`,
tuz.
Do'stlaringiz bilan baham: |