1.9 Sut mahsulotlaridan tayyorlangan taomlar
Sutli suyuq taomlar don mahsulotlari, makaron mahsulotlari, sabzavotlar solib
pishiriladi. Sutli suyuq; taomlar yangi sutdan, suv qo`shilgan sutdan, quyultirilgan yoki
quruq sut kukunidan ham tayyorlanadi.
Sut tarkibida kalsiy moddasi ko`pligi sababli makaron mahsulotlari, guruch va boshqa
yormalar sutning o`zida qaynatilsa, yaxshi pishmaydi, shu sababli ularni 5-7 daqiqa suvda
qaynatib, so`ngra sutda pishiriladi. Agar sutga suv qo`shilgan bo`lsa, mahsulotlarni oldin
qaynatib o`tirmay solinaveradi. Sutli suyuq oshlarga kerakli tuz, shakar pishish oldidan solinadi,
dasturxonga tortishda yuziga sariyog solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |