Kasbiy ta‟lim fakulteti mehnat ta‟limi va chizmachilik kafedrasi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/101
Sana09.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#264536
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   101
Bog'liq
sut bo'cha

%gae ba,  saxaroza  37,0—43,5   %,  quruq  ―rrroddaning  umumiy  miqdori  e sa  


 

28,5—35,0  %ni tashkil etadi.  

Shuningdek,  germetik  berkitilgan,  quyultirilgan  sutning  1  grani-  mida  ichak 

tayoqchasi bakteriyalari bo‗lishiga yo‗l qo‗yilmaydi.  

ш 

Bankasi  shishib  ko‗tarilgan  (bombai).  teshilgan,  oqib  chiqqan  jeyfefi  bo'lgarr, 

zanglagan,  mog'diyTcuyindi,  temir,  yem-xashak  hidi  yaqqol  sezilib  turadigan 

konservalar sotuvga chiqarilmasligi kerak.  

Quruq sut.  Quruq  sut  tarkibida  ko‗p  miqdorda  qimmatli  o qsil  moddalari,  kalsiy  va 

В guruh  vitaminlari  mavjudligi uchun  yuqori ozuqaviy  ahamiyatga ega. Quruq sutlarni 

ishlab  chiqarish  tabiiy  sut  tarkibidagi  suvning  95—97  %ni  bug'latish  yo'li  bilan 

mahsulotdan  chiqarib  yuborishga  asoslangandir.  Sut  tarkibidagi  suv  miqdorini 

belgilangan  darajagacha  kamaytirish  mikroorganizmlarning  yashash  sharoiti  uchun 

noqulay sharoit tug‗diradi. Ular bu sharoitda uzoq muddat saqlanganda, qirilib ketadi.  

Quruq  sut  me‘yorlashtirilgan,  yog'i  olinib  pasterizatsiya  qilingan  sutdan  uni  

vakuum-apparatlarda quyultirib, keyin esa namligini 4 —7 %ga kelguncha quritish yo‗li 

bilan  olinadi.  Quritishning  ikki  xil  usuli  mavjud:  purkash  (issiq  havo  massasiga)  va 

issiq barabanlar sirtiga surkab, ya‘ni plyonka hosil qilib quritish.  

Purkash  usuli  bilan  quritilgan  sut  yuqori  ta‘m  va  eruvchanlikka  egadir.  Bu  usulda 

sut  mayda  zarraehalar  holida  issiq~havo  bilan  to‗qnashadi.  Natijada,  yuqori  darajada 

namlikni  tutib  turish  xususiyatiga  egabo'lgan  havo  sutdagi  suv  bug'larini  o‗ziga 

singdirib,  uning  tarkibidagi  suvning  keskin  kamayishini  ta'minlavdi.  Natijada,  sut 

kukunlari hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan kukunlar sovitilib, germetik idishlarga joylanadi.  

Plyonka  usulida  esa  pasterizatsiya  qilingan  va  quyultirilgan  sut  maxsus  quritish 

moslamalariga  yupqa  qilib  surkaladi,  natijada,  uning  yuzasidagi  harorat  sutning  tezda 

qurishini ta‘minlaydi. Keyin esa qurigan yupqa sut qatlami metall pichoqlar yordamida 

qirib  olinib,  sovitiladi  hamda  maydalanadi.  Bu  usul  bilan,  asosan,  yog'sizlantirilgan 

sutlar  quritiladi.  Hozirgi  vaqtda  quritilgan  qaymoq  va  prostokvasha  mahsulotlari  ham 

ishlab chiqarilmoqda.  

Quritilgan tabiiy  sut organoleptik ko'rsatkichlari, eruvchanligi  va  bakteriyalarining 

umumiy  miqdori  bo'yicha  oliy  va  1-navlarga  bo'linadi.  Savdo  shaxobchalarida  sotish, 

umumiy  ovqatlanish  kor-  xonalarida  foydalanish  va  sut  mahsulotlari  ishlab  chiqarish 

uchun xomashyo sifatida faqat purkash usuli bilan tayyorlangan sutlargina ishlatiladi.  

Purkash  usuli  bilan  olingan  oliy  navli  quruq  sutning  ta‘mi  va  hidi  toza, 

pasterizatsiyalanganga  o'xshash,  plyonka  hosil  qilish  asosida  quritilganlari  esa 

qaynatilgan  sutga  monand  bo‗ladi.  Quritilgan  sutlar  mayda  tolqon  holida,  osongina 

sochilib  ketadigan  konsistensiyaga  egadir.  Purkab  quritilgan  sut  oq -sariq  aralash, 

plyonkali  quritil-  ganlariniki  esa  oq-qo‗ng‗ir  ranglarda  bo‗ladi.  Quritilgan  sutlarda 

namlik 4—7 %ni, yog' miqdori 25 %ni, nordonliligi esa 20—22°T ni tashkil etadi.  


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling