Kasbiy ta‟lim fakulteti mehnat ta‟limi va chizmachilik kafedrasi
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
sut bo'cha
esa 28,5—35,0 %ni tashkil etadi.
Shuningdek, germetik berkitilgan, quyultirilgan sutning 1 gramida ichak tayoqchasi bakteriyalari bo‗lishiga yo‗l qo‗yilmaydi. Bankasi shishib ko‗tarilgan (bombai). teshilgan, oqib chiqqan jeyfefi bo'lgan, zanglagan, temir, yem-xashak hidi yaqqol sezilib turadigan konservalar sotuvga chiqarilmasligi kerak. Quruq sut. Quruq sut tarkibida ko‗p miqdorda qimmatli oqsil moddalari, kalsiy va В guruh vitaminlari mavjudligi uchun yuqori ozuqaviy ahamiyatga ega. Quruq sutlarni ishlab chiqarish tabiiy sut tarkibidagi suvning 95-97 %ni bug'latish yo'li bilan mahsulotdan chiqarib yuborishga asoslangandir. Sut tarkibidagi suv miqdorini belgilangan darajagacha kamaytirish mikroorganizmlarning yashash sharoiti uchun noqulay sharoit tug‗diradi. Ular bu sharoitda uzoq muddat saqlanganda, qirilib ketadi. Quruq sut me‘yorlashtirilgan, yog'i olinib pasterizatsiya qilingan sutdan uni vakuum-apparatlarda quyultirib, keyin esa namligini 4 -7 %ga kelguncha quritish yo‗li bilan olinadi. Quritishning ikki xil usuli mavjud: purkash (issiq havo massasiga) va issiq barabanlar sirtiga surkab, ya‘ni plyonka hosil qilib quritish. Purkash usuli bilan quritilgan sut yuqori ta‘m va eruvchanlikka egadir. Bu usulda sut mayda zarrachalar holida issiq havo bilan to‗qnashadi. Natijada, yuqori darajada namlikni tutib turish xususiyatiga egabo'lgan havo sutdagi suv bug'larini o‗ziga singdirib, uning tarkibidagi suvning keskin kamayishini ta'minlavdi. Natijada, sut kukunlari hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan kukunlar sovitilib, germetik idishlarga joylanadi. Plyonka usulida esa pasterizatsiya qilingan va quyultirilgan sut maxsus quritish moslamalariga yupqa qilib surkaladi, natijada, uning yuzasidagi harorat sutning tezda qurishini ta‘minlaydi. Keyin esa qurigan yupqa sut qatlami metall pichoqlar yordamida qirib olinib, sovitiladi hamda maydalanadi. Bu usul bilan, asosan, yog'sizlantirilgan sutlar quritiladi. Hozirgi vaqtda quritilgan qaymoq va prostokvasha mahsulotlari ham ishlab chiqarilmoqda. Quritilgan tabiiy
sut organoleptik ko'rsatkichlari, eruvchanligi va bakteriyalarining umumiy miqdori bo'yicha oliy va 1 -navlarga bo'linadi. Savdo shaxobchalarida sotish, umumiy ovqatlanish kor - xonalarida foydalanish va sut mahsulotlari ishlab chiqar ish uchun xomashyo sifatida faqat purkash usuli bilan tayyorlangan sutlargina ishlatiladi. Purkash usuli bilan olingan oliy navli quruq sutning ta‘mi va hidi toza, pasterizatsiyalanganga o'xshash, plyonka hosil qilish asosida quritilganlari esa qaynatilgan sutga monand bo‗ladi. Quritilgan sutlar mayda tolqon holida, osongina sochilib ketadigan konsistensiyaga egadir. Purkab quritilgan sut oq -sariq aralash, plyonkali quritilganlariniki esa oq-qo‗ng‗ir ranglarda bo‗ladi. Quritilgan sutlarda namlik 4-7 %ni, yog' miqdori 25 % ni, nordonliligi esa 20-22°T ni tashkil etadi.
Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling